Samarqand davlat universiteti



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə43/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

E`tiborga molik jihati:O`yindan avval kerakli bilimlar berilishi.

So`z” o`yini


Maqsad: Bolalar lug`at boyligini oshirish, nofaol lug`atni faollashtirish.
O`yin sharti: boshqalar aytgan so`zni takrorlamaslik.
O`yining borishi: Tarbiyachi biror so`z aytib o`yinni boshlab beradi. Masalan: qo`yosh-deydi. Bola esa –osmon deydi,keyingi bola –ko`z…


Didaktik o‘yinlar. Nutq o`stirish mashg`ulotlarida didaktik o‘yinlardan foydalanish. Dunyo tarbiyashunoslik ilmida bolalarning etakchi faoliyati o‘yin ekani va o‘yinlarning maktabgacha yoshdagi davrda muhim sanalishi har jihatdan asoslab berilgan. O‘yinlarning didaktik shakli maktabgacha ta’lim amaliyotida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Didaktik o‘yinlar jarayoni zamirida tarbiyalanuvchilarga ta’lim berish, olam va odam sirlarini anglatish, mustaqil mulohaza yuritishga undash hamda shular asnosida ma’naviy to‘kislik sari yuz burgan shaxsni shakllantirish maqsadi yotadi. Maktabgacha ta’lim jarayonini o‘yinlar ko‘magida tashkil etish masalasi ham pedagogika ilmida alohida o‘rganilgan11. Bevosita bolalarning o‘yinlariga bag‘ishlangan tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, o‘yinlar nafaqat maktabgacha yoshidagi bolalarning, balki boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarining ham asosiй ish faoliyatlaridan biri bo‘lib, ular ta’limning har ikkala bosqichi tarbiyalanuvchilarining shaxs sifatida shakllanishlariga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim bosqichida tashkil etilgan o‘ĭinlar tarbiyalanuvchilarda bir qator fazilatlarning tarkib topishi garovidir.
Bolalarning yoshlari ulg‘ayib mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari ularning atrofdagi narsa va hodisalar ko‘magida bilimi ortib, dunyoqarashi kengayib boradi. Maktabgacha yoshdagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida ular bilan bevosita amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu narsa xarakterliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining qo‘lidan keladigan ishlar bilangina emas, balki kattalarga mansub bo‘lgan, o‘zining kuchi etmaydigan, haddi sig‘maydigan voqea-hodisalar bilan ham amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi. Bu ulardagi tezroq katta bo‘lish istagining tashqi ko‘rinishidir.
O‘йinlar bolalarning jismoniй, aqliy, axloqiй, mehnat va estetik tarbiyasida, ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasining shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. O‘йinlar maktabgacha ta’limda amalga oshiriladigan mashg‘ulotlar, ularning kundalik haёtidagi kuzatishlari bilan uzviй bog‘liq bo’lib, ta’limiй-tarbiyaviй ahamiyat ham kasb etadi. O‘yinlarning rang-barangligi, har birining o’z mazmuni va tashkil etish yo‘siniga, bu jarayonda foydalaniladigan jihozlarning turlari hamda o‘rniga ko’ra ham xilma-xillik kasb etadi. Bular, o‘z navbatida, o’йinlarni turkumlashtirishni taqozo etadi. Didaktik adabiyotlarda o‘йinlarni ikki katta guruhga bo’linishi ta’kidlanadi: ijodiĭ va qoidali o’ĭinlar.

Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə