289
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING YOSH DAVRLARI VA
O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Kamardinova Shaxlo Baxtiyor qizi
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
e-mail: kamardinovashaxlo@gmail.com
https: //doi.org/10.5281/zenodo.6636001
Maqolada Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning rivojlanish yoshi va o’ziga
xos xususiyatlarinig ahamiyati yoritilgan. Bunda Maqolada Maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarning rivojlanish yoshi va o’ziga xos xususiyatlar haqida
muhum tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar: Maktabgacha ta’lim yoshi, tarbiyalanuvchi, tarbiyalash, yoshga
bog’liq xususiyatlari, yosh davrlari, psixologik xususiyatlari.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan
anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb
ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi
tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola
rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga
olish muhimdir. Chunki bola organizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik
taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida xilma-xil bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan
Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash
zarurligini uqtirib o’tganlar.
Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil
yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, ko’rish
va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki
vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki
tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga tez
kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, tarbiyachi ularni
bilishi zarur.
Asosiy qisim: Bolaning individual – o’ziga xos xususiyatini bilish uchun
temperamentning umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish
metodikasini bilish muhim. Temperament – lotincha “temperamentum”, ya’ni
“qismlarning bir-biriga munosabati” ma’nosini anglatib, shaxsning individual
psixologik xususiyatlari majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham
mavjud. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli
ravishda quyidagi davrlarga bo’linadi:
Go’daklik (1 yoshgacha);
Ilk yosh (1-2 yosh);
290
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Ilk yosh guruhi (2-3 yosh);
Kichik yosh (3-4 yosh);
O’rta yosh (4-5 yosh);
Katta yosh (5-6 yosh);
Maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh).
Ilk yosh davri bolalarining rivojlanishidagi o’ziga xosliklar. Insonning rivojlanish
davri ona qornidan boshlanadi. Bola ona qornida to’qiz oy mobaynida juda tez
rivojlanish jarayonini va murakkab taraqqiyot davrini o’taydi. Bu davrda ham
bola ma’lum darajada tashqi muhit ta’sirida bo’ladi. Shuning uchun ham bu
ta’sirning ijobiy bo’lishini ta’minlash lozim. Go’dakning vazni tug’ilgan paytda
3,5 kg, bo’yi 50 sm bo’lgan bo’lsa, uch oylik davrida uning vazni taxminan 5 kg,
bo’yi 60 sm, 6 oylik bo’lganda esa taxminan 7 kg, bo’yi 64 sm bo’ladi.
Bir yoshgacha bo’lgan davrda bolaning rivojlanishi asosan oila muhiti ta’sirida
bo’lib, u ona suti bilan oziqlanishi lozim. Bola bu davrda nutqqa ega bo’lmasa
ham nutqni tushunish, anglash, harakatlarni idrok etish, oila a’zolarini tanish
qobiliyatiga ega bo’ladi. Shuning uchun ham go’daklik davridan boshlab uch
yoshgacha bo’lgan davrda bolaning nutqi va tafakkuri jadal rivojlanadi. Bola bir
yoshgacha bo’lgan davrda dastlabki so’zlarni ayta boshlaydi. Bu davrda kattalar,
asosan, oila a’zolari go’dakni to’g’ri parvarish qilishni yo’lga qo’yishlari lozim.
“Bola tushunmas ekan” deb, unga befarq bo’lmasliklari, atrof-muhitdagi
buyumlarning nomini to’g’ri talaffuz qilib, ularning nutqini to’g’ri rivojlantirish
uchun keng yo’l ochishlari kerak.
Oilada bolani tarbiyalashda ota-ona bilan bola o’rtasida qalban yaqinlikka
erishish lozim. Ota-onalar hech qachon tarbiyani o’z holiga tashlab qo’ymasligi,
ya’ni bolaning ilk yoshligidan bu jarayonga kirishish talab etiladi. Chunki, bola
oilada birinchi hayotiy tajribani o’rganadi, kuzatadi va o’zini turli xil vaziyatlarda
qanday tutish kerakligini o’rganadi. Biz bolani nimaga o’rgatsak uni aniq, hayotiy
misollar bilan mustahkamlashimiz zarur, ya’ni bola kattalar aytgan gaplariga
amal qilishlari, shaxsan tarbiyaning samaradorligini ta’minlaydi.
Ilk yosh guruh (2-3 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bu davr o’ziga
xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo’lgan davr mobaynida
bolaning nutqi va o’zgalar tomonidan aytilgan so’zlarni tushunish qobiliyatlari
jadal rivojlangan bo’lsa, 2-3 yoshga kelib, o’zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni
boshlanadi, bola musiqa, badiiy so’z ta’siriga tez beriladi.
Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she’rlar aytish hamda
raqsga tushishni o’rgatish lozim. Ularda kattalarga jo’r bo’lib qo’shiq aytish,
musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his etish ko’nikmasi shakllanadi.
291
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida o’zaro muloqotga
kirishish ko’nikmalari shakllana boshlaydi. Ta’lim- tarbiyaviy ishlar bolalarda
shakllana boshlagan xuddi ana shu ko’nikmalarni rivojlantirishga va ularni
malakalarga aylantirishga yo’naltirilmog’i lozim.
Kichik guruh (3-4 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola 3 yoshga
qadam qo’yganda jismoniy o’sishi bir qadar sekinlashadi. Bu davrda uning
og’irligi 14-15 kg., bo’yi 90-95 smga yetadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab
tizimi taraqqiy etadi. Tayanch harakat organlari takomillashib boradi. 3 yoshli
bolalar qisqa muddat davomida o’z hatti-harakatlarini idora qilish ko’nikmasiga
ega bo’ladilar. Ulardagi mustaqillik ortib boradi, hissiyot hamda sensor idroki
rivojlanib boradi. Jamoa bo’lib o’ynash ko’nikmalari shakllanadi. O’yin asosida
amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati kengayadi. Tasviriy
faoliyat hamda qurish-yasash faoliyatining dastlabki ko’rinishlari namoyon
bo’ladi. Uch yoshli bolalarning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi
mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz
qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o’yin faoliyati yetakchi rol o’ynaydi.
Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va rivojlantirishga keng
yo’l ochadigan ta’limiy mashg’ulotlar tizimini belgilab berishga yo’naltirilgan.
O’rta guruh (4-5 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola to’rt yoshga
yetgach, uning jismoniy o’sishi bir muncha jadallashadi, bu davr mobaynida
bo’yi 105-108 sm gacha o’sadi, og’irligi esa 18-19 kg bo’ladi. Bu davrda bolaning
miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar po’stlog’ining faoliyati takomillashib
boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy-sifat o’zgarishlar
sodir bo’ladi, ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash
ko’nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha
teran, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo’ladi. Barcha harakat va
faoliyatlarni o’zi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yoshda bola nihoyatda
serharakat, o’yinqaroq, o’ta qiziquvchan bo’ladi. U har qanday tadbirga bajonidil
qatnashadi. Shuning uchun ham ularni to’g’ri ovqatlantirish, o’z vaqtida uxlatish,
salomatligini muhofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq
kayfiyatda bo’lishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Ular bilan olib
boriladigan mashg’ulotlarning mazmunini xuddi mana shunga yo’naltirish
maqsadga muvofiqdir.
Katta guruh (5-6 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bu davrda bolaning
bo’yi bu davrda 7-8 sm ga o’sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq
rivojlanadi, og’irligi 20-22 kg ni tashkil etadi. Bolalarning umurtqa suyaklari
qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham
suyaklarning to’g’ri o’sishini ta’minlashga alohida e’tibor berish kerak. Ularning
292
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari
hali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo’ladi. Olti yoshga yetganda miya
po’stlog’ining asab katakchalari rivojlanib, og’irligi va tashqi ko’rinishidan
kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq, nutqi
ravon bo’lishini ta’minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo’lgan
taqdirda uning oldini olish choralarini ko’rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning
so’z boyligining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim. Ularning nutqidagi
so’zlar bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini to’la qondirishi kerak. Bu davrda
bolalarning matematik tafakkuri, hisoblash ko’nikmalarini rivojlanishi lozim.
Dastlabki iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qilish
qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.
Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola
hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko’lami kengayadi va aniqlashadi,
uning jismida harakatlarning o’zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar
o’zini idora qilish va o’z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’la
boshlaydi. Bu yoshdagi o’g’il bolalarda mustaqil faoliyat ko’rsatish,
tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi.
Bu davrda bolaning bo’yi 120sm ga yetadi, og’irligi 22-24 kg bo’ladi. Bu yoshda
bola chiniqadi, qiziquvchanbo’ladi, o’z salomatligini nazorat qila oladi. Uning
idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila
boshlaydi. Bolalarda gigienik malakalar shakllana boradi.
Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo’lgan
ta’lim olishga o’qishga ishtiyoq uyg’otish lozim. Bu o’rinda bolalarni ruhan ta’lim
jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki o’quv elementlarini
o’rgatish lozim.
Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u
jismonan, ruhan hamda aqliy jihatdan ta’lim olishga tayyor bo’lishi kerak.
Bolalarni maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining
xulosalariga tayanish lozim. Shu bilan bir qatorda maktabning moddiy-texnik
bazasi olti yoshli bolalarga ta’lim berish imkoniyatiga ega bo’lishi shart.
Tarbiyachining pedagogik-psixologik bilim darajasi, axloq-odobi va shaxsiy
sifatlari olti yoshli bolalarga ta’lim va tarbiya berish uchun loyiq bo’lganda, u
olti yoshli bolalarni o’qitish huquqiga ega bo’ladi. Shuning uchun ham 6-7 yoshli
bolalar, ularni qabul qiladigan maktablar hamda bu bolalarni o’qitadigan
o’qituvchilar pedagogikpsixologik nuqtai nazardan alohida-alohida diagnostika
qilinishi va shundan keyingina ta’lim jarayoniga kiritilishi kerak.
293
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Xulosa: Demak, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida
rivojlanishining yoshiga bog’liq xususiyatlar juda ko’p va ahamyatli. Bolaning
rivojlanishida qanday rivojlanayotganligi yoshiga yarasha vazni, bo’yi, psixologik
xarakteri, qobilyati, tashqaridagi ma’lumotlari qay darajada qabul qilishi,
nuqtining o’sishi, so’z boyli bularning hammasi juda katta ahamiyat kasb etadi.
Bola tug’ilganidan to maktabgacha ta’lim yoshiga yetguniga qadar har
tomonlama me’yor jihatidan rivojlanishi kuzatuv ostida bo’lishi lozim. Chunki ,
har tomonlama sog’lom bola davlatimiz kelajagi demakdir.
Dostları ilə paylaş: |