21
II bob. STATISTIK KUZATISH.
REJA:
2.1.
Statistik kuzatish, uning mohiyati va asosiy shakllari.
2.2. Statistik kuzatishning turlari va usullari.
2.3. Statistik kuzatishning rejasi, uning dastur-uslubiy va tashkiliy
masalalari
2.4. Statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va nazorat.
Nazorat turlari.
2.1. Statistik kuzatish, uning mohiyati va
asosiy shakllari
Statistik kuzatish har qanday statistik tadqiqot ishlarining dastlabki,
birinchi bosqichidir.
Statistik kuzatish deb
, ijtimoiy hayot xodisa va jarayonlari to‘grisidagi
ma’lumotlarni muntazam ravishda rejali, ilmiy asosda to‘plashdir.
Statistik kuzatish tamoyillarga to‘liq amal qilish har tomonlama to‘liq va
ishonchli ma’lumotlarning hosil qilinishiga imkon beradi.
Kuzatishdan to‘g‘ri va ishonchli ma’lumotlar olinsagina, ijtimoiy-iqtisodiy
hodisalar holati va o‘zgarishi to‘g‘risida to‘g‘ri xulosalar qilish mumkin bo‘ladi.
Agarda kuzatish davrida noaniq va to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar olinsa, bu
ma’lumotlar asosida qilingan natijalar va xulosalar noaniq yoki noto‘g‘ri bo‘lib,
salbiy oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun ham statistik kuzatishni o‘tkazishda
quyidagi ilmiy talab va tamoyillarga asoslanish lozim:
-
statistik kuzatish ma’lumotlarini bir-biri bilan bog’langan va bir butunlikda
bo’lgan voqyea-hodisalar bo’yicha qayd qilish zarur. Masalan, ishlab
chiqarish korxonasining mahsulot hajmini o’rganish lozim bo’lsa, bu
mahsulotni ishlab chiqarish uchun xom ashyoning yetarli ta’minlanganligi,
asbob-uskunalarning borligi, tajribali mutaxassis xodimlarning mavjudligini
ham o’rganish (ma’lumotlar olish) kerak bo’ladi;
-
kuzatishdan olinadigan ma’lumotlar zamon (vaqt) va makonda (hududda)
taqqoslama bo’lishi kerak;
-
kuzatishdan olingan ma’lumotlar voqea-hodisalarni
real ifodalash,haqqoniy
va ishonchli bo’lishi lozim;
-
o’rganilishi lozim bo’lgan voqea-hodisalar to’g’risidagi ma’lumotlar yagona
(bir xil) dastur va metodologiya (uslub) bilan kuzatishdan o’tkazilgan bo’lishi
shart. Boshqacha bo’lsa ularni taqqoslab bo’lmaydi, xulosalar chiqarish ham
qiyinlashadi;
-
kuzatish o’tkazishning hozirgi zamon talablaridan biri ma’lumotlarni
olishning tezkorligi (operativligi) va qayta ishlanishidir. Boshqaruv xodimlari
22
to’g’ri qarorlar qabul qilish va tegishli choralar ko’rish uchun xodisalar
to’g’risida haqqoniy va tezkor ma’lumotlar lozim bo’ladi.
Demak, statistik kuzatishda: ishonchlilik, xolislik, beg’arazlik, dolzarblik,
qulaylik, oshkoralik va tezkorlik kabi asosiy tamoyillarga rioya qilinishi lozim
bo’ladi.
Statistik kuzatish bir qator belgilariga qarab; jumladan tashkiliy shakllari,
kuzatish turlari, ma’lumotlar manbalari va ma’lumotlarni to‘plash
usullariga
qarab tasniflanadi, (1-qarang).
Statistik kuzatishning ob’ekti (ya’ni statistik to‘plam), birligi, to‘plam
belgilari singari asosiy tushunchalarni to’liq tasavvur qilish muhimdir.
Statistik kuzatishning ob’ekti, ya’ni statistik to‘plam deb, kerakli
ma’lumotlar to‘plash lozim bo‘lgan ko‘plab hodisa va jarayonlarga aytiladi.
Statistik kuzatish obyektini to’g’ri aniqlash
va chegaralarini belgilash
muhimdir.
Mazkur to‘plamning elementlari statistik kuzatishning birliklari deb
aytiladi.
Masalan, statistik kuzatish ob’ekti aholi bo‘lsa,
statistik kuzatish birligi
bo‘lib esa, ko‘zda tutilgan maqsadga qarab, alohida oila yoki shaxs bo‘lishi
mumkin.
Statistik kuzatishning har birligining xususiyatlari (harakterli
tomonlari
yoki boshqa xususiyatlari)ni ifodalovchi aniqlanishi, o‘rganishi lozim bo‘lgan
miqdoriy tasvirini ko‘rsatuvchi tushuncha
Dostları ilə paylaş: