Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


“Statistika” atamasi lotincha «Status» so‘zidan olingan bo‘lib



Yüklə 5,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/202
tarix27.06.2022
ölçüsü5,08 Mb.
#90152
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   202
173 Statistika U Hudayberdiyev Oquv qollanma 2019-1

7. “Statistika” atamasi lotincha «Status» so‘zidan olingan bo‘lib, 
……………… ma’nosini anglatadi. 
A.
Hodisaning holati, ahvoli 
B.
Davlat. 
C.
Ma’lumotlar jamlanmasi. 
D.
Barcha javoblar to’g’ri.
8. Statistik to‘plamni tashkil qiluvchi har bir element nima deyiladi.? 
 
A.
To’plam birligi. 
B.
Qator. 
C.
Ma’lumot. 
D.
To’plam. 
9. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat statistikasi to‘g‘risida»gi qonuni 
(yangi tahrirda) qachon qabul qilindi. ? 
A.
2002 – yil 12- dekabr. 
B.
1997 –yil 25 –may . 
C.
1996 –yil 7 – iyun. 
D.
1992 –yil 1 –mart. 


20 
 
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarda va Toshkent shahrida – 
..........faoliyat yuritmoqda. 
A.
Statistika qo’mitasi. 
B.
Statistika boshqarmasi. 
C.
Statistika bo’limlari. 
D.
Barcha javoblar to’g’ri. 
 
 


21 
II bob. STATISTIK KUZATISH. 
 
REJA: 
 
2.1. Statistik kuzatish, uning mohiyati va asosiy shakllari.
2.2. Statistik kuzatishning turlari va usullari. 
2.3. Statistik kuzatishning rejasi, uning dastur-uslubiy va tashkiliy 
masalalari 
2.4. Statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va nazorat. 
Nazorat turlari. 
2.1. Statistik kuzatish, uning mohiyati va
asosiy shakllari 
Statistik kuzatish har qanday statistik tadqiqot ishlarining dastlabki, 
birinchi bosqichidir. 
Statistik kuzatish deb
, ijtimoiy hayot xodisa va jarayonlari to‘grisidagi 
ma’lumotlarni muntazam ravishda rejali, ilmiy asosda to‘plashdir. 
Statistik kuzatish tamoyillarga to‘liq amal qilish har tomonlama to‘liq va 
ishonchli ma’lumotlarning hosil qilinishiga imkon beradi. 
Kuzatishdan to‘g‘ri va ishonchli ma’lumotlar olinsagina, ijtimoiy-iqtisodiy 
hodisalar holati va o‘zgarishi to‘g‘risida to‘g‘ri xulosalar qilish mumkin bo‘ladi. 
Agarda kuzatish davrida noaniq va to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar olinsa, bu 
ma’lumotlar asosida qilingan natijalar va xulosalar noaniq yoki noto‘g‘ri bo‘lib, 
salbiy oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun ham statistik kuzatishni o‘tkazishda 
quyidagi ilmiy talab va tamoyillarga asoslanish lozim: 
-
statistik kuzatish ma’lumotlarini bir-biri bilan bog’langan va bir butunlikda 
bo’lgan voqyea-hodisalar bo’yicha qayd qilish zarur. Masalan, ishlab 
chiqarish korxonasining mahsulot hajmini o’rganish lozim bo’lsa, bu 
mahsulotni ishlab chiqarish uchun xom ashyoning yetarli ta’minlanganligi, 
asbob-uskunalarning borligi, tajribali mutaxassis xodimlarning mavjudligini 
ham o’rganish (ma’lumotlar olish) kerak bo’ladi; 
-
kuzatishdan olinadigan ma’lumotlar zamon (vaqt) va makonda (hududda) 
taqqoslama bo’lishi kerak; 
-
kuzatishdan olingan ma’lumotlar voqea-hodisalarni real ifodalash,haqqoniy 
va ishonchli bo’lishi lozim; 
-
o’rganilishi lozim bo’lgan voqea-hodisalar to’g’risidagi ma’lumotlar yagona 
(bir xil) dastur va metodologiya (uslub) bilan kuzatishdan o’tkazilgan bo’lishi 
shart. Boshqacha bo’lsa ularni taqqoslab bo’lmaydi, xulosalar chiqarish ham 
qiyinlashadi; 
-
kuzatish o’tkazishning hozirgi zamon talablaridan biri ma’lumotlarni 
olishning tezkorligi (operativligi) va qayta ishlanishidir. Boshqaruv xodimlari 


22 
to’g’ri qarorlar qabul qilish va tegishli choralar ko’rish uchun xodisalar 
to’g’risida haqqoniy va tezkor ma’lumotlar lozim bo’ladi.
Demak, statistik kuzatishda: ishonchlilik, xolislik, beg’arazlik, dolzarblik, 
qulaylik, oshkoralik va tezkorlik kabi asosiy tamoyillarga rioya qilinishi lozim 
bo’ladi.
Statistik kuzatish bir qator belgilariga qarab; jumladan tashkiliy shakllari, 
kuzatish turlari, ma’lumotlar manbalari va ma’lumotlarni to‘plash usullariga 
qarab tasniflanadi, (1-qarang).
Statistik kuzatishning ob’ekti (ya’ni statistik to‘plam), birligi, to‘plam 
belgilari singari asosiy tushunchalarni to’liq tasavvur qilish muhimdir.
Statistik kuzatishning ob’ekti, ya’ni statistik to‘plam deb, kerakli 
ma’lumotlar to‘plash lozim bo‘lgan ko‘plab hodisa va jarayonlarga aytiladi. 
Statistik kuzatish obyektini to’g’ri aniqlash va chegaralarini belgilash 
muhimdir. 
Mazkur to‘plamning elementlari statistik kuzatishning birliklari deb 
aytiladi.
Masalan, statistik kuzatish ob’ekti aholi bo‘lsa, statistik kuzatish birligi 
bo‘lib esa, ko‘zda tutilgan maqsadga qarab, alohida oila yoki shaxs bo‘lishi 
mumkin. 
Statistik kuzatishning har birligining xususiyatlari (harakterli tomonlari 
yoki boshqa xususiyatlari)ni ifodalovchi aniqlanishi, o‘rganishi lozim bo‘lgan 
miqdoriy tasvirini ko‘rsatuvchi tushuncha 

Yüklə 5,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə