Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar



Yüklə 5,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/202
tarix27.06.2022
ölçüsü5,08 Mb.
#90152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   202
173 Statistika U Hudayberdiyev Oquv qollanma 2019-1

Xulosa qilib aytganda,
statistikaning vazifasi ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy 
xodisa va jarayonlarning hajmini, tarkibini, dinamikasini va unga ta’sir etuvchi 
asosiy omillarni o‘rganish, shuningdek mamlakatning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy 
taraqqiyot istiqbollarini belgilab berishdan hamda mamlakatni, uning regionlari 
va tarmoqlarini, alohida korxona, firmalar va tashkilotlarni boshqarish uchun 
zarur bo‘ladigan ilmiy asoslangan ma’lumotlar bilan boshqaruv organlarini va 
raxbar xodimlarni ta’minlab berishdan iboratdir. 
1.4. O‘zbekistonda statistikaning tashkil etilishi 
Statistika o‘z ob’ektlarini o‘rganadigan fan bo‘lib qolmasdan, amaliy 
faoliyatda ham mavjud. Mustaqillikning dastlabki yillaridan har bir firma, 
korxonalardan ya’ni barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan boshlab, tuman, 
viloyat va mamalakat miqyosida barcha iqtisodiy-ijtimoiy voqea, xodisalar 
to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va ularni saqlash statistika 
organlariga yuklatilgan. Statistika ishlarini tashkil etishni yaxshilash va uning 


16 
ma’lumotlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tegishli 
me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 5 avgustdagi 
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 
istiqbolni belgilash va statistika davlat komitetini tashkil etish to’g’risida”gi PF-
449-sonli farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat kommiteti tashkil 
etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 15 maydagi O’zbekiston 
Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo’mitasini Makroiqtisodiyot 
va statistika vazirligiga aylantirish to’g’risida”gi PF-1870-sonli farmoniga asosan 
O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tashkil etilgan.
2002 yil 12 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat statistikasi 
to‘g‘risida»gi qonuni (yangi tahrirda) qabul qilindi. Bu qonunda Davlat statistika 
organlarining asosiy vazifalari ijtimoiy-iqtisodiy xodisalar, jarayonlar, hamda 
ularning natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, 
to‘plash, saqlash, umumlashtirish va tahlil etish bilan bir vaqtda davlat organlari, 
yuridik shaxslar, davlat muassasalari, xalqaro tashkilotlar, shuningdek 
jamoatchilikni belgilangan tartibda statistika ma’lumotlari bilan ta’minlash ham 
yuklatilgan. Demak statistika organlari yuqoridagi sub’ektlarni o‘z vaqtida, 
ijtimoiy-iqtisodiy voqealarni real ifodalaydigan ma’lumotlar bilan ta’minlab 
turishi lozim. Statistik ma’lumotlar asosida, korxonalar, firmalar, hududlar, 
mamlakat iqtisodiy xolatlari o‘rganiladi va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash 
istiqbollari belgilanadi. 
2002 yil 24 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. 
Karimovning “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika 
vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi. Bu Farmonga 
asosan Respublika Iqtisodiyot vazirligi va alohida O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat statistika qo‘mitasi tashkil etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarda va Toshkent shahrida – 

Yüklə 5,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə