Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar



Yüklə 5,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/202
tarix27.06.2022
ölçüsü5,08 Mb.
#90152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202
173 Statistika U Hudayberdiyev Oquv qollanma 2019-1

Statistik kuzatish
- tadqiqot qilinayotgan xodisa va jarayonlar to‘g‘risida 
ilmiy tuzilgan dastur asosida ommaviy ma’lumotlarni to‘plash usulidir. Kuzatish 
statistikaning boshlanishidir. O‘rganilayotgan xodisa va jarayonlar kuzatiladi va 
kerakli ma’lumotlar to‘planadi. Statistik kuzatish uchun ma’lum darajada 
tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Statistik kuzatish maqsadi va vazifalar, kuzatish 
ob’ekti, dasturi va usullari ishlab chiqiladi. Bu to‘g‘risida keyingi maxsus 
mavzularda so‘z yuritiladi.


13 
Statistikaning keyingi bosqichi kuzatish natijasida kuzatish birliklaridan 
olingan ma’lumotlarni jamlash va guruhlashdir. 
Jamlash - bu kuzatishdan olingan ma’lumotlarni reja asosida ayrim belgilari 
bo‘yicha yig‘ishdir (to‘plashdir). 
Guruhlash - ma’lumotlarni bir yoki bir necha belgilari bo‘yicha guruhlarga 
ajratib to‘plashdir. 
Guruhlash natijasida kuzatishdan olingan juda ko‘p xodisa va jarayonlar 
ma’lum tizimga (sistemaga) keltiriladi. Ulardan statistik tahlil va xulosa 
qilinuvchi axborotlar olinadi.
Statistikaning tub mohiyatidan kelib chiqadigan vazifalaridan biri - bu 
o‘rganilayotgan xodisa va jarayonlarning umumlashgan tasvirini berishdan iborat. 
Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarga: 
- mutloq ko‘rsatkichlar; 
- nisbiy ko‘rsatkichlar; 
- o‘rtacha ko‘rsatkichlar kiradi.
Statistikada umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar muhim ahamiyatga ega 
bo‘lib, ularning mohiyati keyingi mavzularda alohida yoritiladi. . 
1.2. Statistika fanining boshqa fanlar bilan 
 o‘zaro bog‘liqligi 
Ijtimoiy - iqtisodiy xodisalarni juda ko‘p fanlar o‘rganadi. Statistika bu 
fanlar bilan o‘zaro aloqada. Statistika falsafa fanining kategoriyalariga 
asoslanadi. Falsafaning makon va zamon, sabab va oqibat, miqdor va sifat va 
boshqa kategoriyalari statistika uchun metodologik asos hisoblanadi. Shuning 
uchun ham statistika barcha xodisa va jarayonlarni ma’lum makon va zamonda 
o‘rganadi, ulardagi miqdor, miqdoriy o‘zgarishlar natijasida sifat o‘zgarishlar 
kelib chiqadi, ushbu o‘zgarishlar sababli, oqibat, yakuniy natija paydo bo‘ladi deb 
o‘rgatadi. 
Statistika matematika fani bilan uzviy bog‘liq. Xodisa va jarayonlar 
to‘g‘risidagi statistik to‘plamdagi birliklar qancha ko‘p bo‘lsa, umumiy belgilar 
shunchalik aniq ko‘rinadi. Shuning uchun ham statistika katta sonlar qonuniga 
asoslanadi, kuzatish ma’lumotlarini guruhlashda matematik usullardan keng 
foydalanadi. 
Statistika - ayniqsa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Iqtisodiy 
nazariyadan: ijtimoiy mahsulot, milliy daromad, qiymat, foyda, mehnat, ish haqi, 
mehnat unumdorligi va shu kabi iqtisodiy kategoriyalar mohiyatini va iqtisodiy 
qonunlarni bilib oladi, ularni ommaviy xodisa va jarayonlarni o‘rganishda 
qo‘llaydi. 
Statistika - buxgalteriya hisobi va operativ - texnik hisob bilan yagona xalq 
xo‘jaligi hisobi tizimini tashkil etadi. Operativ - texnik hisob ayrim olingan xodisa 
va jarayonlar to‘g‘risida ma’lumotlar oladi. 


14 
Buxgalteriya hisobi esa korxonalar (tashkilotlar) mablag‘lari, ularni tashkil 
etuvchi manbalar va faoliyat natijalarini hujjatlar asosida uzluksiz ravishda
hisobga olib boradi. 
Xalq xo‘jaligining bu hisob turlari ma’lumotlari bir- birini to‘ldiradi, 
natijada mamlakatni va hududlarni boshqarish uchun yetarli darajada axborotlar 
ta’minlanadi. 
Statistika iqtisodiy tahlil fani bilan ham bog‘liq. Iqtisodiy tahlilda statistika 
ma’lumotlaridan, uning usullaridan foydalanib, kerakli ko‘rsatkichlar aniqlanadi 
va ulardan tegishli xulosalar qilinadi. 
Menejment uchun statistika axborotlar ta’minoti manbai hisoblanadi. 
Statistik ma’lumotlar asosida tegishli boshqaruv qarorlari qabul qilinadi. 
Menejment ham o‘z navbatida statistikaga qaysi yo‘nalishlarga e’tibor berish 
zarurligini, qaysi ko‘rsatkichlarni o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi. 
Statistika fani biznes - reja fani bilan uzviy bog‘lanishda. Biznes - reja 
tuzishda statistika ma’lumotlaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa ommaviy 
xodisalarning o‘zgarishlarini statistik tahlil qilish ma’lumotlari, reja 
ko‘rsatkichlari o‘sish darajalarini belgilashda foydalaniladi. 
Statistika moliya va kredit fani bilan ham uzviy aloqada. Moliya fanining 
asosiy vositalar, aylanma mablag‘lar, foyda kabi asosiy tushunchalari iqtisodiy 
statistikada o‘rganiladi. Bu ko‘rsatkichlarning makon va zamonda qanday 
o‘zgarayotganligini statistika ko‘rsatib beradi. 
Shunday qilib, statistika fani falsafa va barcha iqtisodiy fanlar bilan 
chambarchas, uzviy bog‘lanishda. Ular bir - birlarini to‘ldiradi, ijtimoiy - iqtisodiy 
xodisa va jarayonlarni yanada chuqurroq o‘rganishga xizmat qiladi. 

Yüklə 5,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə