Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Vaqt omiliga asosan statistik kuzatish uzluksiz va uzlukli



Yüklə 5,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/202
tarix27.06.2022
ölçüsü5,08 Mb.
#90152
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   202
173 Statistika U Hudayberdiyev Oquv qollanma 2019-1

Vaqt omiliga asosan statistik kuzatish uzluksiz va uzlukli
bo‘lishi mumkin. 
Uzlukli statistik kuzatish o‘z navbatida davriy va vaqt-vaqti bilan o‘tkazib 
turiladigan statistik kuzatishlarga bo‘linadi. 
Uzluksiz (joriy) kuzatish uzluksiz ravishda fakt sodir bo‘lishi bilan qayd qilinishi 
tushuniladi va u o‘rganilayotgan xodisa va jarayonlar to‘g‘risida to’liq ma’lumot 
to‘plash imkonini beradi.
Joriy kuzatishga misol qilib, mahsulotlarning ishlab chiqarilishi hisobi, tayyor 
mahsulotlarning sotilishining hisobi va hokazo shu singarilarni aytish mumkin. 


27 
Uzlukli kuzatish ma’lum vaqt oralig‘ida (davriy) yoki vaqti -vaqti bilan, unga 
zaruriyat tug‘ilgan hollarda o’tkazilib turilishi mumkin. 
Davriy uzlukli kuzatish xodisalar to’g’risidagi ma’lumotlar ma’lum davr (vaqt) 
o’tgandan keyin olinadi. Misol: BMT mamlakatlar aholisini har o’n yilda bir marta 
yoppasiga kuzatishdan (ro’yxatdan) o’tkazishni tavsiya etgan. 
Masalan, tovar qoldiqlari qayta baxolanish paytiga qayta hisobga olinadi. 
To‘planadigan ma’lumotlar manbaiga qarab: bevosita,
hujjatli va so‘roq 
orqali o‘tkaziladigan kuzatishga bo‘linadi. 
Bevosita kuzatish, o‘rganiladigan hodisalar belgilarini qayd qiluvchilar 
tomonidan o‘lchash, sanash, qarab chiqish natijasida faktlarni aniqlash asosida amalga 
oshiriladi. 
Masalan: inventarizatsiya natijasida tovar qoldiqlarini aniqlash va hokazo shu 
singarilar. 
Hujjatli kuzatish ma’lumotlar manbai sifatida turli hujjatlardan foydalanish 
asosida amalga oshiriladi. Ma’lumki korxonalar faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tuzish 
uchun, buxgalteriya hisobining hujjatlaridan foydalaniladi. 
So‘roq orqali kuzatish esa so‘roq qilinayotgan shaxslarning javoblari asosida 
olinadigan ma’lumotlar orqali amalga oshiriladi. Kuzatishning bu turi axolini 
ro‘yxatga olish, turli sotsiologik va ko‘pchilik fikrini o‘rganish singari tadbirlarga 
xosdir. Statistik kuzatish usullari bo‘yicha ham, ya’ni statistik ma’lumotlarni to‘plash 
usuli bo‘yicha ham farqlanadi. 
Kuzatishning hisobot, ekspeditsion, o‘z-o‘zini qayd qilish va anketa orqali 
kuzatish usullari qo‘llaniladi. 
Hisobot usuli turli tashkilot, korxona va muassasalar belgilangan muddatlarda 
topshiriladigan hisobotlarga asoslangandir. 
Ekspeditsion usulning mohiyati shundaki, har bir kuzatish birligiga
maxsus shaxslar - hisobchilar (qayd qiluvchi)lar yuboriladi. Ular maxsus 
formulyarlarda kuzatiladigan xodisalar to‘g‘risida ma’lumotlarni qayd qiladi. 
O‘z - o‘zini qayd qilish usuliga muvofiq maxsus xodimlar tomonidan tegishli 
blankalar bilan ta’minlanadi va ularni to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. 
Blankalarni esa o‘zlari to‘ldiradilar. 
Anketa orqali kuzatishda esa, ma’lum doiradagi shaxslarga maxsus anketalar 
(so‘roqnomalar) beriladi yoki matbuotda e’lon qilinadi. Bu anketalar savollariga 
javoblar yozish ixtiyoriy bo’lib, ko’pincha u-bu hodisalarga jamoatchilik fikrini 
aniqlashda ko’p qo’llanadi. 
Statistik kuzatishning turi va usullarining tanlash bir qancha omillarga 
bog‘liqdir, ulardan eng muhimlari, kuzatish maqsadlari va vazifalari, kuzatilayotgan 
ob’ekt xususiyatlari, natijalarining aniqlanish muddati, maxsus kadrlarning mavjudligi, 
ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan texnik vositalarning 
mavjudligi va shu singarilardir. 

Yüklə 5,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə