Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Statistik guruhlashning mohiyati



Yüklə 5,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/202
tarix27.06.2022
ölçüsü5,08 Mb.
#90152
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   202
173 Statistika U Hudayberdiyev Oquv qollanma 2019-1

3.2. Statistik guruhlashning mohiyati
 vazifalari va turlari 
 
Statistik kuzatishdan olingan tarqoq ma’lumotlar har bir hodisa va jarayonlarni 
ifodalaydi. Kuzatish to‘plamdagi hodisa va jarayonlarning muhim tamonlarini, o‘ziga 
xos xususiyatlarini o‘rganish uchun ularni muxim belgilariga qarab guruhlarga ajratish 
lozim. 
Demak, statistik guruhlash deb hodisa va jarayonlarni har tamonlama, chuqur 
o‘rganish uchun kuzatish to‘plami ma’lumotlarini muxim belgilariga qarab guruhlarga 
ajratishdir. 
Masalan korxonalarni mulkchilik asosiga ko‘ra davlat, jamoa, aksiyadorlik, 
qo‘shma, xususiy; korxonalar guruhlarga kattaligiga qarab (kichik, o‘rta va yirik); 
samaradorlik darajasiga qarab (yaxshi, o‘rta va qoloq) guruhlarga ajratish mumkin. 
Ma’lumotlarni guruhlashda eng avvalo guruhlash belgisi va oralig‘i aniqlab 
olinadi. Guruhlash belgisi deyilganda guruhlash uchun asos qilib olingan belgi 
tushuniladi. Guruhlash uchun asos qilib kuzatish oldiga maqsad va vazifa qilib 
qo‘yilgan hodisa va jarayonlarning mohiyatini to‘liq ifodalab beruvchi, zamonaviy 
ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmunini yoritib bera oladigan belgilar olinadi. 
Guruhlash belgilari ifodalanishiga qarab, miqdoriy va sifat (atributiv) belgilar 
bo‘lishi mumkin. 
Miqdoriy belgilar – bu son bilan ifodalanuvchi belgilardir. Sifat belgisi - 
o‘rganilayotgan ijtimoiy - iqtisodiy xodisalar son jihatdan ifodalash mumkin 
bo‘lmagan faqat mazmun yoki sifat jihatdan bir-biridan farq qiluvchi belgilarga 
aytiladi. Masalan aholining millati, jinsi, kasbini ifodalovchi belgilar - sifat belgilaridir.
Alternativ belgi – ikki qarama-qarshi, biri-birini taqozo qilmaydigan belgilardir. 
Hodisa va jarayonlarning o‘zaro bog‘lanishini aniqlashda omil belgi va natijaviy 
belgini farqlash lozim. Omil belgi hodisa va jarayonlar o‘zgarishiga ta’sir etuvchi 
belgidir. Natijaviy belgi - hodisa va jarayonlarning o‘zgargan holatini ifodalaydi. 
Omilli belgi asosida tuzilgan guruhlashda hodisa va jarayonlar bu omil bilan natija 
qanday bog‘liqlikda ekanliklarini aniqlaydilar. Agarda omil belgi ko‘rsatkichi ortishi 
bilan natijaviy belgi miqdori (ko‘rsatkichi) ortib borsa, ular o‘rtasidagi bog‘lanish 
to‘g‘ri, agarda omil belgi ortishi bilan natijaviy belgi miqdori kamayib borsa - belgilar 
o‘rtasidagi bog‘liqlik teskari bog‘lanish hisoblanadi. masalan, mehnat unumdorligi va 


37 
mahsulot tannarxi o‘rtasidagi bog‘lanish - teskari bog‘lanishga misoldir. Chunki 
mehnat unumdorligi (omil belgi) o‘sishi bilan mahsulot tannarxi (natijaviy belgi) 
pasayib boradi. 
Statistik ma’lumotlar bir belgi yoki maqsadga muvofiq bir nechta belgilar 
asosida guruhlanishi mumkin. Ikki va undan ortiq belgilari bo‘yicha guruhlashlar 
kombinatsion (aralash) guruhlashlar deyiladi. 
Statistik ma’lumotlarni guruhlashda dastlab guruhlash oralig‘ini aniqlab olish 
lozim. Guruhlash teng oraliqli va tengsiz oraliqli bo‘lishi mumkin. Bu kuzatilgan 
hodisa va jarayonlar mohiyatidan, guruh soni va belgi xususiyatlariga bog‘liq. 
Teng oraliq deyilganda barcha guruhlar uchun bir xil oraliq miqdori tushuniladi 
va u quyidagicha aniqlanadi. 
i =
Xmax − Xmin
n
bu yerda: i – oraliq kattaligi (miqdori)
Xmax - guruhlash belgisining eng katta miqdori (varianti); 
Xmin - guruhlash belgisining eng kichik miqdori (varianti); 
n - guruhlar soni. 
Ko‘pincha guruhlar soni aniq bo‘ladi. Bu kuzatish maqsadi va vazifasidan kelib 
chiqib, ularni to‘liq amalga oshirish uchun kerakli sonda bo‘lishi lozim. Agarda 
guruhlarning optimal sonini aniqlash lozim bo‘lsa, unda Sterdjess formulasidan 
foydalanamiz. 
n = 1 + 3,322 lg N: bu yerda N–to‘plamdagi birliklar soni 
Teng yoki teng bo‘lmagan oraliqlar yopiq va ochiq ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. 
Agar oraliqlar miqdori “dan - gacha” aniq bo‘lsa, bunday guruhlar yopiq oraliq 
ko‘rinishidagi; agarda “gacha” dan boshlanib, “undan yuqori” bilan tugasa, ochiq 
oraliq ko‘rinishidagi guruhlash bo‘ladi. 
Teng oraliqli 
Yopiq oraliqli 
Guruhlashga misol 
Tengsiz oraliqli, 
Ochiq oraliqli 
Guruhlashga misol 
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish 
hajmi bo’yicha guruhlash 
Guruh talabalarini reyting ballari 
bo’yicha guruhlash 
20,0 – 30,0 mln. so’m 
30,1 – 40,0 mln. so’m 
40,1 – 50,0 mln. so’m 
50,1 – 60,0 mln. so’m 
To 55 balgacha
56 baldan – 70 balgacha 
71 baldan – 85 balgacha 
86 baldan va undan yuqori 
Statistik to‘plam ko‘rsatichlarini hisoblash uchun oraliqlarini “yopiq” holatga 
o‘tkazish lozim. Buning uchun ochiq oraliq miqdoriga yonidagi yopiq oraliq farqi asos 
qilib olinadi yoki guruh belgisi mazmunidan kelib chiqqan holda yopiladi. Statistik 
guruhlashlar zamon (vaqt), makon (hududiy) va qanday vazifalarni hal qilishiga qarab 
turlarga bo‘linishi mumkin. 


38 
Rejalashtirilgan maqsad va vazifani hal qilish nuqtai nazaridan guruhlash: 
tipologik, tuzulmaviy (tarkibiy) va analitik bo‘lishi mumkin. 
Ijtimoiy-iqtisodiy xodisa voqealarning bir xil tipdagi o‘zgarishi bo‘yicha 
guruhlanishi tipologik guruhlashga kiradi. Xalq xo’jaligini tarmoqlar bo’yicha, faoliyat 
yurituvchi sub’ektlarni mulk shakli bo’yicha, avtomobillarni tiplari bo’yicha guruhlash 
tipologik guruhlashga misol bo’ladi. 
Kuzatilgan to‘plam tarkibini o‘rganishda, bir xil tipdagi hodisalarni biror belgisi 
bo‘yicha hissalarini aniqlashda tuzilmaviy (tarkibiy) guruhlashdan foydalaniladi. 
Masalan: Shahar va qishloq joylarida yashaydigan aholilar hissasini aniqlash, YaIM 
hajmini tashkil etuvchi tarmoqlar hissasi. 
Iqtisodiy hodisa va jarayonlar doimo bir-biri bilan bog‘liqlikda bo‘ladi. Hodisa 
va jarayonlar belgilarini o‘zaro bog‘liqligi, qanchalik aloqadorligi analitik 
guruhlashlardan foydalanib aniqlanadi. Bunda natijaviy belgiga bir yoki bir nechta 
omilli belgining ta’sirini aniqlash mumkin. Mahsulot hajmi bilan tannarx yoki foyda 
ko’rsatkichlari, talab va baho (narx) o’rtasidagi bog’lanishlar analitik guruhlash 
asosida aniqlanadi.
Ma’lumotlarni guruhlash bir belgi bo’yicha bo’lsa, oddiy guruhlash hisoblanadi. 
Agar guruhlash ikki va undan ko’proq belgilar bo’yicha bajarilsa kombinatsion 
guruhlash deyiladi. Keyingi paytlarda bir vaqtda bir necha belgilari bo’yicha guruhlash 
ko’p qo’llanilmoqda. Bunday guruhlash ko’p o’lchovli guruhlash deyiladi. Ko’p 
o’lchovli guruhlashlar maxsus dastur asosida kompyuterlarda bajarilgani ma’qul. 
Guruhlashda taqsimot qatorlari tuziladi. Taqsimot qatorlari deb hodisa va 
jarayonlarning biror belgi bo‘yicha ma’lum bir tartibda taqsimlanishiga aytiladi. Har 
qanday taqsimot qatori 2 elementdan: belgilar va belgilar sonidan iborat bo‘ladi. 
Atributiv belgilari bo‘yicha tuzilgan qator atributiv taqsimot qatori deyiladi. Miqdor 
belgilari bo‘yicha tuzilgan taqsimot qatorlari variatsion qatorlar deyiladi. Miqdor 
belgilarning variatsiyalari diskret (uzlukli) va uzluksiz bo‘lishi mumkin. 
Guruhlashda belgi faqat butun sonlar bilan ifodalanadigan bo‘lsa bunday 
gurhlashda diskret (uzlukli) qatorlar tuziladi. Masalan, oilalarni bolalar soniga qarab 
guruhlash. 
Statistik amaliyotida ma’lumotlarni ikkilamchi guruhlash ham mavjud. Oldingi 
guruhlangan ma’lumotlar asosida yangi guruhlarni tuzish ikkilamchi guruhlash 
deyiladi. Ikkilamchi guruhlash dastlabki guruhlash oraliqlarini yiriklashtirish va 
umumiy yig‘indiga nisbatan ayrim guruhlarning salmog‘ini aniqlash yo‘llari bilan 
amalga oshiriladi. 
Umuman, kuzatish ma’lumotlarini guruhlash statistikaning muxim usullaridan 
bo‘lib, ommaviy hodisalarning xususiyatlarini ochib berishda katta ahamiyatga ega. 
Ayniqsa hozirgi paytda kuzatish ma’lumotlarini qayta ishlashda hozirgi zamon mikro 
EHMlaridan foydalanib, to‘plamni ko‘p belgilari bilan guruhlashni qo‘llash yaxshi 
natijalar beradi. 

Yüklə 5,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə