Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Statistik kuzatish to’planadigan ma’lumotlar manbaiga qarab qanday turlarga



Yüklə 5,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/202
tarix27.06.2022
ölçüsü5,08 Mb.
#90152
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   202
173 Statistika U Hudayberdiyev Oquv qollanma 2019-1

9.Statistik kuzatish to’planadigan ma’lumotlar manbaiga qarab qanday turlarga 
bo‘linadi? 
A.
bevosita kuzatishga; 
B.
hujjatli kuzatishga; 
C.
bevosita, hujjatli va so‘roq orqali kuzatishga; 
D.
barcha javoblar to‘g‘ri; 
10.Statistik kuzatishning rejasi nimalarni qamrab oladi? 
A.
dastur - uslubiy masalalarni
B.
tashkiliy masalalarni; 
C.
dastur - uslubiy va tashkiliy masalalarni; 
D.
barcha javoblar to‘g‘ri; 
 
 


35 
III bob. STATISTIK KUZATISH MA’LUMOTLARINI
JAMLASH VA GURUHLASH. 
 
REJA: 
 
3.1. Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash. 
3.2. Statistik guruhlashning mohiyati, vazifalari va turlari
3.3. Statistik jadvallarning tuzilishi, turlari va ularga qo‘yiladigan talablar. 
3.1. Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash 
Statistik kuzatish natijasida o‘rganilayotgan xodisalarning har biri to‘g‘risida 
juda ko‘p ma’lumotlar to‘planadi. Lekin bu ma’lumotlar biror belgi bo‘yicha tartibga 
keltirilmaganligi sababli hodisalar to‘g‘risida umumiy xulosalar qilishga imkon 
bermaydi. Shuning uchun navbatdagi vazifa ma’lumotlarni jamlash, bir tizimga 
keltirish va qayta ishlashdir. Bu bosqich har qanday statistik tadqiqotning ikkinchi 
bosqichi bo‘lib, statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruhlash deb yuritiladi. 
Statistikada jamlash tor va keng ma’noda tushiniladi. Tor ma’noda jamlash 
deganda kuzatishdan olingan ma’lumotlarni biror belgisiga qarab guruhlamasdan
to‘plamning umumiy yig‘indisini (yakunini) hisoblanish tushuniladi. Masalan, 
Respublika bo‘yicha terilgan paxtaning umumiy miqdori, o‘rilgan g‘alla maydoni, 
institut bo‘yicha o‘qiydigan barcha talabalar soni va hokazo. 
Kuzatish ma’lumotlarini maxsus dastur asosida muhim belgilariga qarab 
guruhlarga ajratib o‘rganish keng ma’noda jamlashdir. Bunda eng avvalo, to’plam 
ma’lumotlari kuzatish maqsadidan kelib chiqib, guruhlarga ajratiladi, keyinchalik har 
bir guruh bo’yicha umumiy yig’indilar hisoblanadi. Keng ma’nodagi jamlashda 
to’plam bo’yicha olingan ma’lumotlar tuzilgan jadvallarda ko’rsatiladi. Masalan, 
terilgan paxtani qo‘lda va mashinada terilgan guruhlarga ajratish, talabalarni kurslarga, 
mutaxassisliklarga, kunduzgi va sirtqi belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratib o‘rganish. 
Ma’lumotlarni 
jamlash-tashkil 
etilishiga 
qarab 
markazlashgan 
va 
markazlashmagan jamlashlarga bo‘linadi. Markazlashgan jamlashda kuzatishdan 
olingan barcha ma’lumotlar bir joyda to‘planadi, hamda qo‘yilgan maqsad va vazifaga 
qarab guruhlanadi va qayta ishlanadi. 
Markazlashmagan jamlashda boshlang‘ich kuzatish ma’lumotlari dastlab 
joylarda (tuman, viloyat) statistika organlarida qayta ishlanadi, keyinchalik markazga 
- Davlat statistika organlariga yuboriladi. Har ikkala usulning ham salbiy va ijobiy 
tamonlari mavjud. Ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda qayta ishlanganda, hozirgi 
yuqori unumli texnikadan samarali foydalanish, hamda yagona uslubiy yandoshishga 
imkon yaratadi, lekin mahalliy, xududiy ko‘rsatkichlarni hisoblash cheklanadi, 
kuzatish ma’lumotlarini taqqoslash, tekshirish uchun qiyinchilik tug‘uladi. 
Markazlashtirilmagan jamlashda kuzatish xatolarini to‘g‘rilash yengillashadi, 
xududiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi, lekin kuzatish materiallari tarqoq holda bo‘ladi. 


36 
Amaliyotda kuzatishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, har ikkala usuldagi 
jamlash qo‘llanadi. 
Kuzatish ma’lumotlarini to‘plash va qayta ishlash qo‘lda yoki mashinada 
bajarilishi mumkin. Qo‘lda uncha katta bo‘lmagan kuzatish to‘plam ma’lumotlari 
yig‘iladi va qayta ishlanadi. Jamlash qo‘lda bajarilganda ko‘p mehnat va vaqt 
sarflanadi. 
Ma’lumotlarni yig‘ish va jamlash mashinada bajarilganda qisqa vaqt va kam 
mehnat sarflanadi. Hozirgi sharoitda Respublikamizda barcha statistika organlari 
mikro EHMlar bilan ta’minlangan va statistik ishlar zamonaviy kompyuterlar 
yordamida olib boriladi. 

Yüklə 5,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə