Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


“Statistik kuzatish” bobi bo‘yicha



Yüklə 5,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/202
tarix27.06.2022
ölçüsü5,08 Mb.
#90152
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   202
173 Statistika U Hudayberdiyev Oquv qollanma 2019-1

 
“Statistik kuzatish” bobi bo‘yicha 
TAYANCH IBORALAR 
 
Statistik kuzatish - ijtimoiy xayot xodisa va jarayonlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni muntazam ravishda, rejali, ilmiy asosda to‘plash (yig‘ish)dir. 
Statistik kuzatishning ob’ekti (statistik to‘plam) - kerakli ma’lumotlar 
to‘planishi lozim bo‘lgan ko‘plab hodisa va jarayonlar majmui. 
Kuzatish birliklari - to‘plam elementlaridir. 
To‘plam belgisi - statistik kuzatishning har birligining xususiyatlarini
ifodalovchi aniqlanishi (o‘rganilishi) lozim bo‘lgan miqdoriy tasvirini ko‘rsatuvchi 
tushunchadir. 
Sifat (atributiv) belgilar - hodisa va jarayonlarning mohiyatini ifodalovchi 
ko‘plab tushunchalardan tashkil topgan belgilardir. 
Miqdoriy belgilar - mohiyati son jihatdan ifodalanishi mumkin bo‘lgan 
belgilardir. 
Hisobot birligi - kuzatish birligi to‘g‘risida ma’lumotlar keladigan manbadir. 
Hisobot - davlat statistika organlari belgilagan muddatda korxona va 
muassasalardan olib turadigan, oldindan tasdiqlangan shakldagi statistik kuzatish 
shaklidir.
Yalpi (to‘liq) kuzatish - o‘rganilayotgan to‘plamning barcha birliklarini qamrab 
oluvchi statistik kuzatish turidir. 
Qisman kuzatish - o‘rganilayotgan to‘plamni faqat bir qismi qamrab oladigan 
statistik kuzatish turidir. 
Tanlab kuzatish - tasodifiy usulda ajratilgan to‘plam birliklarining qismining 
kuzatilishidir. 
Asosiy massivni kuzatish - o‘rganilayotgan to‘plam birliklarining eng muhim 
belgilarini qamrab oladigan qisman kuzatishdir. 
Monografik kuzatish - maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan qandaydir to‘plam 
aloxida birliklarini chuqurroq va har tomonlama o‘rganish imkonini beruvchi qisman 
kuzatishdir. 
Bevosita kuzatish - o‘rganiladigan xodisalar belgilarini qayd qiluvchilar 
tomonidan o‘lchash, sanash, qarab chiqish natijasida aniqlashdir. 
Hujjatli kuzatish - ma’lumotlar manbai sifatida turli hujjatlardan foydalanishga 
asoslangan kuzatishdir. 
So‘roq orqali kuzatish - so‘roq qilinayotgan shaxslarning javoblari asosida 
olinadigan ma’lumotlar orqali amalga oshiriladigan kuzatishdir. 


32 
Statistik kuzatishning dasturi - kuzatish jarayonida javob olinishi lozim bo‘lgan 
savollar majmuidir. 
Reprezentativlik (vakillik) xatosi - tanlab olingan to‘plam bilan bosh to‘plam 
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqdir. 

Yüklə 5,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə