Tovar qiymatining shakllanishida mehnatning o‘rni



Yüklə 101,71 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü101,71 Kb.
#161380
  1   2   3
Ahmadov Otanazar 66

REJA:

  • Mehnat unumdorligi
  • Qiymatning mehnat nazariyasi
  • Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi.

1. Mehnat unumdorligi

  • Mehnat unumdorligi ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o’lchanadi. Mehnat unumdorligining o’zgarishi tovar birligi qiymatining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Mehnat unumdorligi o’ssa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mehnat unumdorligi ‘asaysa, tovar birligining qiymati oshadi.
  • Mehnat unumdorligiga bir qator omillar ta’sir qiladi. Bu omillar mehnat qurollarining rivojlanishi darajasi va samaradorligi, ishchining malaka darajasi, fan va texnikaning taraqqiyoti darajasi, fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish darajasi, ishlab chiqarishning to’planuv darajasi, tabiiy sharoitlardir.

Mehnat intensivligi

  • Mehnatning intensivligi deganda ish vaqti birligi davomida ishchi kuchi sarfi orqali aniqlanuvchi mehnat jadalligining darajasi tushuniladi. Mehnatning jadallik darajasini aniqlashda ish kunining davomiyligi yoki bir soat vaqt birligi sifatida qabul qilinadi.
  • Muayyan ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida individual intensivlik ishchining yoshi, uning mahorat darajasi, jismoniy va aqliy qobiliyatlariga bog’liq bo’ladi. Mehnatning o’rtacha intensivligi – bu umumlashma tushuncha bo’lib, alohida shaxs, alohida korxona va tarmoq, mamlakatning turli hududlarida mavjud bo’lgan individual miqdorlardan tarkib topadi.

2.Qiymatning mehnat nazariyasi. 

  • Bu nazariyaning asoschilari bo’lib Uilyam Petti, Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi.U.’etti – qiymatning mehnat nazariyasining dastlabki asoschisi bo’lib, u qiymatning manbai mehnat hisoblanishini, aynan mehnat sarfi tovar qiymati miqdorini belgilab berishini ko’rsatib o’tgan. Biroq, U.Petti tovarning iste’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni ko’ra olmagan. U tovarning qiymati faqat qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mehnat orqali yaratiladi, deb hisoblagan.
  • A.Smit o’zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqotlar» (1776 y.) nomli asarida tovarning iste’mol va almashuv qiymatini farqlab bergan. U tovar qiymatining yagona manbai bo’lib moddiy ishlab chiqarishning har qanday sohasida sarflangan mehnat hisoblanadi, degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga, tovar qiymatining miqdorini har qanday mehnat emas, balki jamiyat uchun zarur bo’lgan o’rtacha mehnat belgilab berishini ko’rsatib o’tgan.
  • D.Rikardo qiymatning yagona mezoni bo’lib tovar ishlab chiqarishga sarflangan hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mehnat hisoblanishini isbotlab bergan. U tovarning iste’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni aniq ko’rsatib, har qanday ishlab chiqarishda tovarning qiymati sarflangan mehnat orqali aniqlanishini ta’kidlagan.

Yüklə 101,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə