Role of labor education in the development of preschool children



Yüklə 253,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü253,97 Kb.
#135276
  1   2
4043-Article Text-9882-1-10-20211201 (6)



MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIDA MEHNAT 
TARBIYASINING TUTGAN O`RNI 
РОЛЬ ТРУДОВОГО ОБРАЗОВАНИЯ В РАЗВИТИИ 
ДОШКОЛЬНЫХ ДЕТЕЙ
ROLE OF LABOR EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF 
PRESCHOOL CHILDREN
 
Maktabgacha ta’lim o’qituvchisi 
Norqo’ziyeva M.A talaba 
Sanaqulova Sitora Ravshan qizi
Annotatsiya

Ushbu 
maqolada 
Maktabgacha 
yoshdagi 
bolalar 
rivojlanishida mehnat tarbiyasining mazmuni. Mehnat har qanday moddiy va 
manaviy boyliklarning asosiy manbai. Mehnat faolyatini egallash–bu birinchi 
navbatda mehnat jarayonini uning tarkibiy qismlari bilan birgalikda egallab 
olishining mazmuni yoritilgan. 
Аннотация:
В статье рассматривается содержание трудового 
воспитания в развитии дошкольников. Труд - главный источник любого 
материального и духовного богатства. Занятие трудовой деятельностью - это, 
прежде всего, содержание занятия трудовым процессом вместе с его 
составляющими.
Resume:
The article examines the content of labor education in the 
development of preschoolers. Labor is the main source of any material and 
spiritual wealth. Employment in labor activity is, first of all, the content of 
employment in the labor process, together with its components.
Ключевые слова:
Воспитание, труд, деятельность, воспитатель, 
ребенок, отношение, интеллигент, культурный человек, прославляет, 
государственная служба, родитель, долг, ответственность, детская площадка, 
флорист, строитель, художник, работа.
Key words:
Education, labor, activity, educator, child, attitude, intellectual, 
cultured person, glorifies, public service, parent, duty, responsibility, playground, 
florist, builder, artist, work.


Mehnat ijtimoiy taraqqiyotning manbayi,barcha moddiy va ma’naviy 
ehtiyojlarni qondirishning asosiy shart-sharoitlaridir,ushbu bilan birga inson 
xayotiy faolyatining asosiy shakllaridir, kishi xayotining mazmuni va xar bir 
jamiyat azosining vazifasi, shaxs taraqqiyotining asosidir. Mehnat qadimdan 
jamiyatning axloqiy prinsipi xisoblanib kelingan.Mehnat–faqat shaxsiy moddiy 
faravonlik manbaigina emas, balki xalqqa xizmat qilish, vatanimiz gullab 
yashnashi va uning qudratini oshirishning asosi xamdir. 
Madaniyatli kishi mehnatsevar bo`lib yetishadi. Mehnatni sevmaydigan va 
qadrlamaydigan odamdan madaniyatli kishi chiqmaydi. Insonning ongliligi, 
tarbiyalalanganligi avvalo mehnatga bo`lgan munosabatida ko`rinadi. 
Mehnat insonni ulug`laydi go`zallikga chorlaydi.Mehnatsiz turmush 
mazmunsiz o`tadi. Mehnat qilmaydigan inson hayoti zerikarlidir.U ma’naviy 
qashshoq, jismoniy zaif bo`ladi. Uzoq umur ko`rish siri ham mehnatdadir. Mehnat 
qilmasang, xatto buyuk istedod xam so`nadi, mehnat har qanday qobilyatni 
rivojlantiradi.Terlab-pishib qilingan mehnat erta hosil beradi, mehnatdan qobilyat, 
qobilyatdan iste’dod, undan esa daxolik paydo bo`ladi. Xammasining zamirida 
sidqi dildan qilingan mehnat yotadi.Mehnat baxt timsoli ekanligi xammaga 
ayon.Inson yaralgandan buyon mehnat faolyati bilan shug`ullanib kelgan.Mehnat 
har qanday moddiy va manaviy boyliklarning asosiy manbai. 
Inson hayotida mehnatning ahamiyati hamma vaqt barcha xalqlarning eng 
asl farzandlari–mutafakkirlari, olimu-fozillarning diqqat markazida bo`lgan. 
Mehnat jarayonida insoniy xislatlarning faol namayon bo`lishi uchun eng qulay 
sharoitlar yaratadi va har bir kishida ma’naviy qoniqish hosil qiladi. 
Har bir bola maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab mehnatda ishtirok etish 
izarur.Bolalar boqchasida,oilada bajariladigan uncha murakkab bo`lmagan har bir 
topshiriq uning kundalik vazifasiga aylanishi kerak. Bola mehnatning ahamiyati va 
mohiyatini tushunib yetishish uchun pedagog kattalarning mehnati, bolalarning 
o`zlari bajaradigan mehnat turlarini kuzatish yuzasidan ekskursiyalar uyushtiradi. 
Bolalar 
quruvchilarning 
mehnatini 
kuzatishyapti, 
deylik.Qurulish 
maydonchasiga katta-katta bloklar keltirilib, ular ko`tarma kran bilan tushuriladi. 


Keyin bolalar g`isht teruvchilar, duradgorlar, suvoqchilar, tom yopuvchilar
bo`yoqchilar mehnatini kuzatadi. 
Bolalarning qurilish bilan tanishish davomida bilib olgan barcha tasavvur 
va tushunchalari ularnig ko`z oldida ajoyib bino bunyod etgan kishilar mehnatining 
go`zalligi namayon bo`ladi. Mana, tarbiyachi bolalar diqqatini chinni buyumlarga 
gul soluvchi kishilar mehnatiga jalb etadi. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda 
moxirona chizgan rasmlari natijasida chinni idishlarning har xil jilo berib 
turlanishidan zavqlanib “ularning qo`llari gul ekan”, deydilar. Bularning barchasi 
bolalarda kishilar mehnatiga muhabbat uyg`otadi.Pedagog bolalarni mehnatining 
moddiy boylik keltiruvchi tomonini xam estetik tomondan ham ko`ra bilishga 
o`rgatadi. Bolalarning eng oddiy mehnat qurollari, materiallarga ishlov berish 
usullari bilan tanishtirish kerak.Har bir bola oilada bolalar mehnatida o`z ulushi 
borligini his eta bilishi lozim.Mehnatning aqliy tomondan rivojlantirishdagi 
ahamiyati shundaki ,mehnat jarayonida ular borliqni faol anglay boshlaydilar. 
Maktabgacha yoshdan boshlab bolalarga mehnat tarbiyasini berish ularni estetik va 
jismoniy jihatdan ham rivojlantiradi. 
Yosh avlodga berish masalasi hozirgi davrda eng dolzarb mavzu 
hisoblanadi.Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning o`ziga xos xususiyatlarni 
etiborga olib tashkil etiladi, unga to`g`ri rahbarlik qilgandagina yetarli natijaga 
erishish mumkin. 
Maktabgacha yoshidagi bolalarning o`ziga xos tomonlari ko`pgina olimlar 
tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda keng o`rganib chiqilgan. Bolalar 
mehnatining muhim belgisi ularning ma’lum maqsadga yo`naltirilganligi.Kichik 
maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnati inson jarayonga oid xarakat bo`lib,u 
faqat kattalarning rahbarligi natijasida amalga oshirilishi mumkin. Tarbiyachi 
bolalarni o`z faolyatlarini taxminiy rejalashtirib olishlariga o`rgatishi va ular 
faolyatiga rahbarlik qilib olishi lozim. Shunday qilib maktabgacha ta’lim yoshi 
davrida mehnat va o`yin o`zaro bog`liq holda kechadi, biroq har qanday holda ham 
bolalar mehnatini o`yinga aylantirish, ularning farqini yo`qqa chiqarish noto`g`ri 
bo`lar edi. Tarbiyachilar va ota–onalar ta’sirida asta –sekin bolalar bolalar mehnati 


o`z vazifasi, mazmuni, metodi va tashkil etillishi bilan mustaqil faolyat sifatida 
ajratib boriladi. Mehnatda uning beradigan samarali bo`ladi. Mehnat qilish 
muntazam tarzda bo`lib unda hamma bolalar ishtirok etsa va kattalar mehnati bilan 
tanishtirib borilsa, u tarbiya vositasiga aylanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalar qutidagi mehnat turlariga jalb qilinadi: o`z-o`ziga xizmat qilish, xo`jalik va 
maishiy mehnat, tabiat quchog`idagi mehnat va qo`l mehnati. 
O`z–o`ziga xizmat qilish bu bolalar mehnatining bir turi bo`lib ,unda 
bolalar ilk yoshdan boshlab mustaqil ovqatlanishga, yuvunishga, kiyinish va 
yechinishga, o`yinchoqlarni yechintirib qo`yishga o`rgatiladi. O`z-o`ziga xizmat 
qilsh jarayonida bolalarda mustaqillik ma’lum maqsad bilan xarakat qilish kabi 
sifatlar shakllanadi, bolalar qo`llaridan kelgan ishni o`zlarib ajarishga o`rganadilar. 
O`z-o`ziga xizmat bolalarda oddiy mehnat turlariga nisbatan qiziqish uyg`otadi, 
batartiblikka, intizomli bo`lishga, xulq-odobga o`rgatadi. Bolalar xo`jalik va 
maishiy mehnatga bolalar boqchasida va oilada jalb etiladi. Uning mazmuni har xil 
bo`ladi :xona va bog’cha maydonchasini yig`ishtirish ,stolni bezatish va stoldagi 
idish tovoqlarni yig`ishtirish, choy idishlarini qo`g`irchoq kiyimlarini, mayda 
narsalarni 
yuvish, 
mashg`uotga 
kerakli 
narsalarni 
tayyorlab 
qo`yish, 
mashg`ulotdan keyin stol ustidagi narsalarni yig`ishtirib qo`yish va boshqalar. 
Tabiatdagi mehnat bolalarning har tomonlama rivojlanishida muhim 
ahamiyatga ega bo`lib o`simlik va hayvonlar, yil fasllari va jonsiz tabiat 
to`g`risidagi bilimlar manbai,bolalarda mehnatsevarlikni,tabiatga ehtiyotkorlik 
bilan munosabatda bo`lish ruhida tarbiyalash vositasidir. Shu bilan birga bolalar 
mehnatning bu turi bilan tuproqni yoqishga tarbiyalash va o`g`itlash,ko`chatni 
o`tkazish, o`simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi bir qancha mehnat malaka 
va ko`nikmalarini egallab oladilar. Mehnatning asosan ochiq havoda tashkil etilishi 
bolalar organizmini chiniqtiradi, ularning sog`ligini mustahkamlaydi. 
Qo`l mehnati–mashg`ulotlar ,o`yinlarda mehnat faoliyati uchun zarur 
bo`lgan o`yinchoq va qurulmalarni tayyorlash bo`yicha bolalar mehnatidir. Qo`l 
mehnatini bajarish orqali bola natijaga erishadi-narsa buyum vujudga 
keladi.Bolalar yopishtirish, qirqish, bo`yash arralash, mix qoqishni, tikish va 


shunga o`xshash oddiy mehnat malaka va ko`nikmalarni egallab oladilar. Ularda 
ijodkorlik, topog`onlik, zexnlilik xislatlari o`sadi.Bolalarda mehnat faolyatini 
shakllantirish mehnat faolyati –xar xil mehnat jarayonlaridan tashkil topgan, xar xil 
mehnat turlarni birlashtiruvchi keng tushunchadir.Mehnat jarayoni–mehnat 
faoliyatning o`ziga xos bo`lagi bo`lib, uning tarkibida esa mehnat faolyatining 
hamma tarkibiy qismlari, mehnatning maqsadi, material va mehnat qurol 
aslahalari, biron natijani yuzaga keltirish maqsadiga erishish uchun sarf qilingan 
mehnat xarakatlari, mehnat sabablari va mehnat tahsili yaqqol ko`zga tashlanadi. 
Mehnat faolyatini egallash–bu birinchi navbatda mehnat jarayonini uning 
tarkibiy qismlari bilan birgalikda egallab olishdir.Shunga qarab bolalarning mehnat 
tarbiyasi vazifalari belgilanadi va ular quyidagilardan iboratdir: 
1. Bollarni bo`lajak mehnat faolyati oldidan maqsad qo`yishga o`rgatish. 
2. Mehnat jarayonini, mehnat faolyatini eng oddiy rejalashtirib olishga 
o`rgatish. 
3. O`z ish joyini tayyorlab olishga ,mehnat madaniyatiga o`rgatish. 
4. Mehnat malakasini va ko`nikmalarini o`rgatish. 
5. Bajarilgan mehnatning natijasi, sifati va ahamyati qancha vaqtda 
bajarilganligiga qarab o`zining va boshqalarning to`g`ri baholashga o`rgatish . 
6. Mehnat faolyati sabablarini shakllantirish . 
7. Jamoa mehnat faolyati vaqtida bolalarda ijobiy munosabatlarni 
shaklantirish.

Yüklə 253,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə