Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar



Yüklə 5,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/202
tarix27.06.2022
ölçüsü5,08 Mb.
#90152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202
173 Statistika U Hudayberdiyev Oquv qollanma 2019-1

 
 


10 
I BO’LIM.
STATISTIKANING NAZARIY ASOSLARI 
 
I bob. STATISTIKANING PREDMETI VA 
USULLARI 
 
 
REJA: 
1.1. Statistika fanining predmeti va usullari.
1.2. Statistika fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
1.3. Statistika fanining bozor iqtisodiyoti sharoitidagi asosiy vazifalari.
1.4. O‘zbekistonda statistikaning tashkil etilishi
1.1. Statistika fanining predmeti va usullari 
 
Ijtimoiy-iqtisodiy xodisalarni ifodalashda statistika juda ko‘p ishlatiladi. 
Iqtisodchi - mutaxassislar esa korxonalar, tashkilotlar faoliyatida statistik 
ko‘rsatkichlardan muntazam foydalanishadi. Aslida “Statistika” atamasi lotincha 
«Status» so‘zidan olingan bo‘lib, hodisaning holati, ahvoli ma’nosini anglatadi. 
Bu so‘z asosida bir qancha shunga o‘xshash so‘zlar paydo bo‘lgan. Jumladan, 
italyancha “Stato” so‘zi ham undan kelib chiqqan bo‘lib, “davlat” ma’nosini 
bildiradi. Statistika so‘zi ham davlat to‘g‘risidagi bilimlar, ma’lumotlarni 
anglatadi. Keyinchalik statistika deganda ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarning turli 
tomonlarini ifodalaydigan ma’lumotlar tushuniladi. Lekin statistika so‘zini 
dastlab fanga nemis olimi Gotfrid Axenval kiritgan. U 1746 yilda Germaniya 
universitetlaridagi o‘qitiladigan “Davlatni yuritish” fanini “Statistika” deb 
atashni taklif etgan. 
Hozirgi vaqtda statistika so‘zi bir necha ma’noda ishlatiladi. Statistika 
deganda ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarni turli tomonlama o‘rganadigan mustaqil 
fan, xalq xo‘jaligi bo‘yicha iqtisodiy ma’lumotlar to‘plovchi davlat statistika 
organlarini, hamda ijtimoiy - iqtisodiy hodisa, voqealarni ifodalovchi turli 
ma’lumotlar, raqamlarni tushuniladi. 
Ijtimoiy - iqtisodiy xodisalar deganda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq voqea, xodisalar tushuniladi. Ma’lumki tabiat va jamiyat uzviy birlikda, 
bir - biri bilan bog‘liqlikda. Mavjud moddiy dunyodagi har bir xodisa miqdor va 
sifat tomonlariga ega, lekin ular yagona birlikda namoyon bo‘ladi. Sifat deganda 
xodisaning mohiyati, rivojlanish qonun va qonuniyatlari bilan bevosita bog‘liq 
muhim belgilari, xususiyatlari tushuniladi. Miqdor deyilganda xodisaning 
xususiyatlari, belgisining yuzaga chiqish (tashqi belgisi) soni va darajasi 
tushuniladi. 


11 
Tabiiy xodisalarning sifat tomonlarini maxsus tibbiyot fanlari: odam 
organizmining tuzilishini - anotomiya, hayvonot dunyosini - zoologiya kabi fanlar 
o‘rganadi. Iqtisodiy xodisalarning sifat tomonini - iqtisodiy fanlar: iqtisodiy 
nazariya, tarmoqlar iqtisodi kabi fanlar o‘rganadi. Ijtimoiy xodisalarning 
miqdoriy tomonini statistika o‘rganadi. Ijtimoiy- iqtisodiy xodisalar murakkab va 
ko‘pqirrali bo‘lib, vaqt (zamon) mobaynida ham miqdor, ham sifat jihatdan 
o‘zgarib turadi. Statistika ijtimoiy - iqtisodiy hodisalar miqdorini aniq vaqt va joy 
sharoitida qanday o‘zgarayotganligini o‘rganadi. Statistika - yaratilgan yalpi 
mahsulot, milliy daromad, milliy boylik, mehnat resurslari, mehnat unumdorligi 
kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning miqdoriy o‘zgarishini sifat tomonlari bilan 
bog‘liq holda o‘rganadi. 
Ijtimoiy xodisalar madaniy, ta’lim - tarbiya sohasidagi xodisalarni ham o‘z 
ichiga oladi. Madaniy muassasalar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, maktablar, 
kutubxonalarda sodir bo‘ladigan jarayonlarning miqdoriy tomoni va ulardagi 
o‘zgarishni ham statistika o‘rganadi. 
Ijtimoiy taraqqiyot tabiiy resurslarga: yer maydoni, o‘rmon xo‘jaligi, tabiiy 
boyliklari, ulardan foydalanish darajasini ham statistika o‘rganadi. 
Statistika tabiiy xodisalarni: zilzila, suv toshqini va boshqa tabiiy ofatlarni 
ijtimoiy hayot bilan bog‘liqlikda o‘rganadi. 
Ijtimoiy hayotni siyosiy va mafkuraviy hodisalarsiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Saylovlar, saylovda qatnashganlar soni, ovozlar taqsimoti
namoyishlar va shu kabilar statistika ob’ekti hisoblanadi. 

Yüklə 5,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə