Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Demak statistika fanining predmeti



Yüklə 5,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/202
tarix27.06.2022
ölçüsü5,08 Mb.
#90152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202
173 Statistika U Hudayberdiyev Oquv qollanma 2019-1

Demak statistika fanining predmeti 
ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy xodisa 
va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat ko‘rsatkichlari bilan uzviy 
bog‘liqlikda ma’lum makon va zamonda o‘rganishdir. Statistika ayrim 
hodisalarni emas, balki ommaviy hodisalarning miqdoriy tomonlarini ularning 
sifat tomonlari bilan chambarchas bog‘liq holda ma’lum makon va zamon 
chegarasida o‘rganadi. 
Ijtimoiy hodisalar deganda 
aholining soni, harakati, sog‘ligi (sog‘liqni 
saqlash tizimi), aholining ish bilan bandligi bilan bog‘liq hodisalar tushuniladi.
 
Ijtimoiy hodisalar madaniy, ta’lim - tarbiya sohasidagi hodisalarni ham o‘z ichiga 
oladi. Madaniy muassasalar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, maktablar, 
kutubxonalarda sodir bo‘ladigan jarayonlarning miqdoriy tomoni va ulardagi 
o‘zgarishni ham statistika o‘rganadi. 
Iqtisodiy hodisalar
deganda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, 
ayirboshlash va iste’mol bilan bog‘liq voqea, hodisalar tushuniladi. Sanoat, 
qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqa tarmoq korxonalari va firmalaridagi faoliyat 
hodisalardir. 
 
Statistika ommaviy hodisalarni statistik to‘plam orqali o‘rganadi. 
Statistik 
to‘plam
- ma’lum bog‘lanishdagi bir xil sifatga ega bo‘lgan, lekin shu bilan bir 
vaqtda har biri o‘ziga xos individual belgilari mavjud bo‘lgan hodisalardir. 
Masalan, sanoat ishlab chiqarishini o‘rganmoqchi bo‘lsak, biror davrdagi juda 
ko‘p sanoat korxonalarining ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini: mahsulot ishlab 
chiqarish hajmi, xodimlar soni, asosiy vositalar qiymati va shu kabilarni 
o‘rganamiz. Lekin bu ko‘rsatkichlar sanoat korxonalarida umumiy belgilar 


12 
bo‘lgani bilan, ular har bir korxonalarning xususiyatlaridan kelib chiqib, har 
xildir.
Statistik tadqiqot to‘plamdagi har bir birlikni (elementni) o‘rganishdan, 
undagi belgilarni qayd qilishdan boshlanadi. Demak, statistik to‘plamni tashkil 
qiluvchi har bir element 

Yüklə 5,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə