Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Statistika fanining bozor iqtisodiyoti sharoitidagi



Yüklə 5,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/202
tarix27.06.2022
ölçüsü5,08 Mb.
#90152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202
173 Statistika U Hudayberdiyev Oquv qollanma 2019-1

 
1.3. Statistika fanining bozor iqtisodiyoti sharoitidagi
asosiy vazifalari 
O‘zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyoti sharoitiga o’tishi va shu 
munosabat bilan milliy iqtisodiyotda yuz bergan tub o‘zgarishlarning sodir 
bo‘lishi statistika zimmasidagi ma’suliyatni yanada oshiradi. Statistika oldida 
turgan vazifalar mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan vazifalar bilan uzviy bog‘liq 
bo‘lib, bu vazifalar jumlasiga quyidagilar kiradi. 
- ko‘rsatkichlar tuzilishini bozor munosabatlari talabiga javob beradigan 
tarzda takomillashtirish
- milliy iqtisodiyot tarmoqlaridagi barcha hisobotlarni bozor 
munosabatlariga moslash, tartibga solish va ularning aniqligini ta’minlash; 
- statistikaning analitik funksiyasini oshirish; 
- xo‘jalik yuritishning turli shakllarini, mulkchilikning ko‘p qirraligini 
ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqarish
- iste’mol bozoridagi ishlab chiqarish vositalari va qimmatbaho qog‘ozlar 
bozoridagi mutanosiblikni, hamda inflyatsiya jarayonini tavsiflovchi 
ko‘rsatkichlarni ishlab chiqarish; 


15 
- davlat byudjetini holatining va banklar faoliyatini, korxona, firmalar va 
axoli daromadi va ko‘rsatkichlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqarish; 
- mamlakatning xorijiy davlatlar bilan bo‘ladigan munosabatlarini, ular 
faoliyatida korxonalarning qatnashish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni 
ishlab chiqarish; 
- mamlakat axolisining soni va tarkibini, axolining takror ishlab 
chiqarilishini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlarni, sog‘lomlik darajasi, umr 
uzunligi, sog‘lom avlodning yuzaga kelishi va shu singari demografik 
ko‘rsatkichlarni aniqlash; 
- iqtisodiy resurslar, ularning tarkibi va dinamikasi, tarmoqlar va SOHAlar 
bo‘yicha taqsimlanishi, ulardan samarali foydalanish natijalarini aniqlash; 
- iqtisodiy jarayonlarning asosiy yakunlari, mahsulot jami va tarkibi
iqtisodiy o‘sish darajasi, iste’mol va jamg‘arish, iqtisodiyot tarmoqlari va 
sektorlari orasidagi nisbatni o‘rganish; 
- daromadlarning hosil qilinishi, taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, 
ulardan foydalanish; 
-ijtimoiy SOHAning rivojlanishi,xalq maorifi va sog‘liqni saqlash, 
iqtisodiy o‘sish bilan ijtimoiy rivojlanish oralig‘idagi bog‘lanishni o‘rganish; 
- uy - joy kommunal xo‘jaligi va xizmatlar, turar joy fondlari, axolining uy 
- joy bilan ta’minlanganlik darajasi, kommunal xizmatlar va yaratilgan 
qulayliklarni o‘rganish; 
- investitsiya jarayoni, uning hajmi va tarkibi, moliyalashtirish manbai va 
uning samaradorligini o‘rganish; 
- moliyaviy operatsiyalar, muomaladagi naqd pul miqdori, ajratilgan 
ssuddalar hajmi, sug‘urta faoliyati, fond bozori, qimmatbaxo qog‘ozlar bilan 
bo‘ladigan muomalalar va shu singarilarni o‘rganish; 
- tashqi iqtisodiy faoliyat natijalarini o‘rganish va hokazo shu singarilardan 
iborat. 

Yüklə 5,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə