Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Statistik kuzatishning dasturi deb



Yüklə 5,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/202
tarix27.06.2022
ölçüsü5,08 Mb.
#90152
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   202
173 Statistika U Hudayberdiyev Oquv qollanma 2019-1

Statistik kuzatishning dasturi deb,
kuzatish jarayonida javob olinishi lozim 
bo‘lgan savollar majmuiga aytiladi. 
Kuzatish dasturining mazmuni statistik tadqiqotlar ob’ekti va vazifalari bilan 
belgilanadi. Undan tashqari qayd qilinishi lozim bo‘lgan belgilar ro’yxati bilan 
tasvirlanadi. Kuzatish dasturiga kiritiladigan belgilar muxim bo‘lishi lozim. 
Statistik kuzatish dasturining savollari va unga javoblar statistik kuzatishning 
asosiy instrumenti - statistik formulyar (ro‘yxatga olish varaqasi, anketa, shakl, va 
hokazo shu singari) larda aks ettiriladi. 
Amaliyotda formulyarlarning ro‘yxatli va yakka holdagi (individual) turlari 
qo‘llaniladi. 


29 
Ro‘yxatli formulyarlarga bir qancha kuzatish birliklarining natijasi yoziladi, 
yakka holdagi formulyarlarga esa, har qaysi kuzatish birligi alohida to‘ldiriladi. 
Statistik formulyarlarga yo’riqnoma yozilib, unda formulyarlarning to‘ldirilish 
tartibi atroflicha bayon qilib beriladi. 
Statistik kuzatishning rejasida bir qator tashkiliy masalalar ham o‘rin oladi.
Statistik kuzatishning tashkiliy 
masalalari 
Kuzatish 
organi 
Kuzatish vaqti 
va muddati 
Kuzatish joyi 
Kadrlarni 
tanlash va 
tayyorlash 
 
 
2.4-chizma. Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari 
 
Ular jumlasiga kuzatish organi, joyi, usullari kiradi. Statistik kuzatishning 
tashkiliy rejasiga ruyxatga oluvchi kadrlarni tayyorlash, ularga yo‘l - yo‘riqlar berish, 
to‘g‘ri bajarilishi ustidan nazorat qilish masalalari ham kiradi.Undan tashqari 
kuzatishning vaqti, mablag‘lar manbai singari masalalar ham rejalashtiriladi. 
Kuzatish organi – bu statistik kuzatishni tashkil qiladigan va bevosita 
o’tkazadigan tashkilotdir. Mamlakat miqyosidagi kuzatishlar rejasini O’zbekiston 
Respublikasi Davlat statitsikasi qo’mitasi tegishli vazirliklar bilan birgalikda tuzadi va 
o’tkazadi.
Statitsik kuzatish vaqti va muddati deyilganda kuzatish qachon (qaysi vaqtda) 
va qancha muddatda o’tkazilishi tushuniladi. Misol: Mamlakatda aholini yoppasiga 
ro’yxatdan o’tkazish 1989 yil o’tkazilgan bo’lib, muddati 12-19 yanvar kunlari 8 kun 
belgilangan. Bu muddatda kuzatilayotgan voqea-hodisalarda o’zgarishlar bo’ladi. 
Shuning uchun kuzatishda kritik payt (moment)ni belgilash lozimdir. Kritik payt 
(moment) kuzatishda voqea-hodisalarni ma’lum muddatda (soat, kun va shu kabilar) 
qayd qilib (ro’yxatga olib), ma’lumot yig’ishdir. 1989 yil aholini ro’yxatga olishda 11 
yanvardan 12 yanvarga o’tar kechasi soat 24
00
kuzatishning kritik payti (momenti) deb 
belgilangan. Shu muddatdan keyin tug’ilganlar va o’lganlar ro’yxatda qayd (hisobga) 
olinmagan. 
Kuzatish joyida kuzatish qayerda o’tkazilishi tushuniladi. Kuzatishga 
tayyorgarlik jarayonida kuzatish o’tkazuvchi kadrlar tanlanadi va ular bilan maxsus 
mashg’ulotlar olib boriladi.

Yüklə 5,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə