Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Statistik jadvallarning tuzilishi, turlari va



Yüklə 5,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/202
tarix27.06.2022
ölçüsü5,08 Mb.
#90152
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   202
173 Statistika U Hudayberdiyev Oquv qollanma 2019-1

3.3. Statistik jadvallarning tuzilishi, turlari va 
ularga qo‘yiladigan talablar 


39 
Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruhlash statistik jadvallarda 
amalga oshiriladi. Statistik jadvallar gorizantal qatorlar va vertikal ustunlardan iborat 
shakldir. Qatorlar va ustunlar kesishgan katakchalarga statistik ma’lumotlar 
joylashtiriladi. Eng avvalo statistik jadvalning maketi tuziladi. Unda jadval qanday 
ko‘rinishga ega bo‘lishi, nechta qator va ustunlar bo‘lishi belgilab olinadi. Ma’lumotlar 
tahlil qilishga o’ng‘ay bo‘lishi lozim.
Statistik jadvallar boshqa turdagi jadvallardan farq qiladi. Birinchidan, statistik 
jadvallarda ijtimoiy-iqtisodiy voqea-hodisalarni kuzatishdan olingan ma’lumotlar 
tartibga keltirilib, qayta ishlanib, jamlari chiqarilib, jadvallarga joylashtiriladi; 
ikkinchidan statistik jadvallar tegishli qoidalarga rioya qilib tuziladi, uchinchidan 
statistik jadvaldagi ma’lumotlar ixcham, tushunarli bo’lganligi sabbali, iqtisodiy 
tahlilga asos bo’ladi.
Demak, ommaviy hodisa va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rinarli, 
tushunarli va ixcham tarzda tegishli qator va ustun katakchalarga tartib bilan yozish 
statistik jadval deyiladi. 
Har bir statistik jadval ega va kesimdan tashkil topadi. Jadval egasi bo‘lib, 
o‘rganilayotgan ko‘rsatkich hisoblanadi va gap nima ustida borayotganligini anglatadi. 
Jadval kesimi esa jadvalning egasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar bo‘ladi. Ko‘pincha 
jadval egasi qatorlarda, kesimi esa - ustunlarda ko‘rsatiladi. (ayrim hollarda teskarisi 
bo‘lishi ham mumkin.) 
Statistik jadvallar egasining tuzilishiga qarab: oddiy, guruxli va kombinatsion 
(aralash) jadvallarga bo‘linadi. 
Statistik kuzatish ob’ekti, xududi yoki boshqa hodisalar ega bo‘lib tuzulgan 
jadvallar oddiy statistik jadvallar deyiladi. Bunday jadvallarda qo‘shimcha ishlar kam 
bo‘lib, jadvalga ma’lumotlar kuzatish materiallaridan olinadi. Masalan, (3.1-jadvalga 
qarang) 

Yüklə 5,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə