Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Oldingi oyoq muskullarini tuzilishi mavzusidagi laboratoriya darsinining



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə25/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Oldingi oyoq muskullarini tuzilishi mavzusidagi laboratoriya darsinining
(2 soat)


PASPORTI


Darsning maqsadi: 1. Gavda muskullarini guruhlarga bo’lib olish.
2. Oldingi oyoq muskullarini hayvonlarning quritilgan va fiksasiyalangan murdasidan o’rganish.
3. Gavda, oldingi oyoq muskullarining boshlanish va tugash (birikish) joylarini aniqlash.
4. Tirik hayvonda gavda, oldingi oyoq muskullarining joylashish sohalarini aniqlash.
Ko’rgazmali asbob-uskunalar va jihozlar: hayvon skeleti, gavda va boshning quritilgan va ho’l preparatlari, tirik hayvon, pinset, skalpel, rasm, ishlanma.
Mashg’ulotning o’tkazilish tartibi:
1. Gavda muskullarini tirik xayvonlarda nomi va topografiyasini o’rganish.
2. Oldingi oyoq bo’g’imlariga ta’sir qiluvchi muskullarning nomi va topografiyasini o’rganish.
3. Oldingi oyoq bo’g’imlariga ta’sir qiluvchi muskullarning nomi va topografiyasini o’rganish.
4. Oldingi oyoq muskullarini topografiyasini tirik hayvonda o’rganish.


Adabiyotlar:

  1. Dilmurodov N.B. «Hayvonlar anatomiyasi» fanidan amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2014.

  2. Victoria Aspinall. Veterinary anatomy and Physiology. Textbook. New-York, 2015.

  3. H.E.Konig, H.G.Liebich. Veterinary Anatomy of Domestic Mammals. Textbook and Colour Atlas. New-York, 2007.

  4. Юдичев Ю.Ф. и др. «Анатомия домашних животных». Омск, 2003.

5.www. Ziyo.net.uz.
6.email: zooveterinariya@ mail.ru


Tuzuvchilar:
Dosent N.B.Dilmurodov
Katta o’qituvchi G’.X.Eshmatov
Assistent G.Sh. Raxmanova


Darsni maqsadi: Talaba gavdada har bir muskulni topografiyasini mustaqil o’rganadi. Uni aniqlab bo’lgandan so’ng, ba'zi muskullarni topografiyasi va funktsiyasini tirik hayvonda (o’rganadi) kuzatadi.
Kurgazmali qurollar: Rasm, quruq prеparat, gavda, anatomik instrumеntlar, vivariydagi hayvonlar.
Darsni mazmuni: Talaba mustaqil ravishda har bir muskulni prеparovka qiladi. Prеparovka natijasida talaba muskul qorinchasini, boshlang’ich va oxirgi paylarni aniqlaydi. Muskullar qisqarganda va bo’shashganda muskul qorinchalarining holatini aniqlaydi hamda kuzatadi. Muskullarni bo’g’imlar harakatiga ta’siri ham kuzatiladi (oyoq muskullarida).
Talaba muskullarni gavdadan o’rganib bo’lgandan so’ng, tirik hayvonda topografiyaqini aniqlaydi. Xususan, umurtqa pog’onasi, ko’krak dеvori, diafragma chеgarasi, qorin dеvori muskullari, chaynovchi va mimika muskullari harakati.
Oyoq muskullarini topografiyasi, bo’g’imlarga ta’siri. Oldingi oyoqda – еlka, tirsak, bilakuzuk va barmoq bo’g’imini yozuvchi, bukuvchi muskullar, еlkani ikki boshli, uch boshli va еlka kamari muskullari; orqangi oyoqda – tos–son, tizza, tovon va barmoq bo’g’imlariga ta’sir etuvchi muskullar gruppasi, son sohasidagi muskullar gruppasi, axilli payi va uni hosil qiladigan muskullar topografiyasi aniqlanadi.
Darsni nihoyasida o’qituvchi muskullar tizimiga hulosa qiladi.


Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə