Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə33/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Topshiriq va savollar:.
Teri hosilalariga qaysi organlar kiradi ?
Barmoq uchi organlarga qaysi organlar kiradi? Yumshoq tovonni tuzilishi.
Tuyoqni tuzilishi. Bir tuyoqli hayvonlar tuyog’ining morfologiyasi.
Teri hosilalarini hayvonlardagi farq qiluvchi belgilari. Shoxni tuzilishi.


Mavzu: Hazm organlar tizimini anatomik tarkibi. Lab, lunj, tishlar, milk, tanglayning tuzilishi.

Darsning maqsadi: Qishloq xo’jalik va uy hayvonlarini xazm organlarini anatomik tuzilishi, lab, lunj, milk, tanglay, tilning topografiyasi va tuzilishini o’rganish.
Ko’rgazmali qurollar: Rasm, sxema, mulyaj, ho’l va quruq preparatlar.
Darsning mazmuni: Hazm organlari eng muhim va murakkab tuzilgan sistema bo‘lib hayvon organizmining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. SHuning uchun ham sodda hayvonlar hazm organlarining tuzilishi ancha oddiy bo‘ladi. Hayvonlar rivojlanib borgan sari, hazm organlari ham murakkablashib boradi. Suvda yashovchi umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning hazm organlari nafas olish organlari bilan juda ham bog‘liq bo‘ladi, chunki ular yonma – yon joylashadi. Nafas olish organlari quruqlikda yashovchi hayvonlarda ovqat hazm qilish organlarining boshlanish joyidan kelib chiqadi. Bu har ikkala organ ko‘krak, qorin va tos bo‘shliqlarida joylashadi. Ovqat hazm qilish organlarning hajmi katta bo‘lib, organizmda murakkab protsess – moddalar almashinuvi uchun xizmat qiladi.
Ovqat hazm qilish sistemasi to‘rtta katta bo‘limga: 1) bosh bo‘lim; 2) oldingi bo‘lim; 3) o‘rta bo‘lim va 4) keyingi bo‘limlarga bo‘lib o‘rganiladi.
Bosh bo‘limga og‘iz bo‘shlig‘i – carum oris va uning atrofidagi organlar: lab, lunj, tish, milklar, til, qattiq va yumshoq tanglay, so‘lak bezlari va halqum kiradi. Bu organlar ovqatni olib, yutishga tayyorlaydi.
Lab - labia yuqorigi va pastki bo‘lim - labium superioret inferior dan iborat bo‘lib, ular bir – biri bilan qo‘shilishi natijasida og‘iz teshigi - rima oris ni hosil qiladi. YUqorigi va pastki labning bir – biriga qo‘shilgan joyi - comissura labiorum bo‘lib, bu joy burchak - angulus oris hosil qiladi. Lablarning shakli har xil hayvonlarda turlicha bo‘lib, harakati ham har xildir. Masalan, bir tuyoqli va kavsh qaytaruvchi mayda hayvonlar labi harakatchan, qoramol va cho‘chqalarniki esa kam harakat bo‘ladi. Ularning bunday bo‘lishi anatomik tuzilishiga bog‘liq, qoramollarning yuqori labida burun – lab yaltirog‘i (ko‘zgusi) bo‘ladi.
Lunj - bucca tuzilishi jihatdan labga o‘xshash bo‘lib, teri muskul, shilimshiq pardadan iborat. Lunjlar og‘iz bo‘shlig‘ining yon devori hisoblanadi. Ularning orqa qismi oxirgi jag‘ tishlargacha etib boradi. Lunjlarga bir qancha yuz bo‘limi muskullari kelib birlashadi. Ularning shilimshiq pardasi ko‘p qavatli epiteliy bilan qoplangan. Lunjda so‘lak bezlari - glandula bucalis bo‘lib, ular shilimshiq pardaga hamda muskullarga yaqin joylashadi va doim suyuqlik ishlab chiqaradi. Bular yuqori va pastki so‘lak bezlaridan iborat. Lunjning 3, 4, 5 – jag‘ tishlari ro‘parasida quloq orqasi so‘lak bezining chiqarish yo‘li ochiladi. Qoramol va otlarning lunji boshqa hayvonlarnikiga qaraganda ancha qalin bo‘ladi
Tish - dentis, dens, odontos juda qattiq organ bo‘lib. murakkab vazifani bajaradi. Hayvonlarda tish bo‘lib, ular yashash sharoitiga qarab, butun evolyusiya davrida bir qancha shakl o‘zgarishlariga uchragan. Paleontologlar tishlarning shakl o‘zgarishlarini o‘rganib, hayvonlarning ibtidoiy tarixini izoxlab beradilar. Ibtidoiy tishlar juda ojiz, konus shaklida bo‘lib, terining plakoid tangachalaridan kelib chiqqan. Tishning mezenxima hajayralari ko‘p qavatli epiteliy to‘qimalaridan so‘rg‘ich shaklida ko‘tarilib chiqadi. So‘rg‘ichsimon o‘simtani epidermis hosil qiluvchi hujayralar o‘rab oladi va ular emaloblast deyiladi. So‘rg‘ichsimon o‘simtaning ichki qismida ham shunga o‘xshash epiteliy hujayralari bo‘lib, ular dentinoblast deyiladi.
Ana shu moddalardan tishning ustki – emal qatlami va ichki – dentin qismi paydo bo‘ladi. Kelajakda paydo bo‘ladigan tish o‘simtasining ildiz qismi sement moddasi bilan qoplanadi. Dastlab chiqqan tishlar juda kuchsiz bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘ida tartibsiz joylashadi. Bunday holatni suvda yashovchi hayvonlarda ko‘rish mumkin, chunki ular suvda erigan yumshoq moddalarni ushlash uchun xizmat qiladi. Tishlarning tez – tez almashinuvi polifiodantizm deyiladi.
Suv hayvonlari quruqlikka chiqib, dag‘al oziq iste’mol qilishi natijasida yuqori labi rivojlanadi hamda tishlari murakkablashib mustahkamladi va og‘izda tartib bilan joylashadi. Tishlarning soni kamayadi, ustki qismi eyiladigan bo‘lib qoladi.
Tishlar funksiyasiga, tuzilishi va joylashishigi qarab, kurak tish, qoziq tish va oziq tishga bo‘linadi.
Kalta koronkali tishlar – konus shaklidagi qadimgi tishlar murakkablashib, ularda milkdan chiqib turadigan qism, ya’ni koronka paydo bo‘ladi. Tish ildizi va koronkasi oralig‘ida qalinlashgan joy bo‘ladi.
Konus shaklidagi (gaplodont) tishlar oziqni mahkam tutish uchun xizmat qiladi. YUzasida uchta do‘ngchasi va bitta ildizi bo‘lgan (protodont) tishlar oziqni og‘izda tutib turadi. Ezuvchi yuzasida bir – biriga teng uchta do‘ngi va ikkita ildizi bo‘lgan (trikondont) tishlar oziqni maydalaydi. Uch tuberkulyar tishlarning uchta do‘ngchasi bir – biriga teng bo‘lib. uchburchak shaklda joylashadi. Bunday tashqari, 4 – 5 – 6 do‘ngchali tishlarham uchraydi. Bunday tishlar cho‘chqalarda va yirtqich hayvonlarda bo‘ladi.
Uzun koronkali tishlarning ustki yuzasi burmasi bo‘lib, ular burmali (lofodont) tishlar deyiladi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar tishning konusi, koronkasi va ezuvchi yuzasi oy shaklida egik bo‘lib, ular chuqurchali (selenodont) tishlar deyiladi. Bularning yuzasida ham sement moddasi bo‘ladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ining old tomonidagi tishlar kurak tishlar – dentis incisiva deyiladi, ular oziqni kesib olish uchun xizmat qiladi. Kurak tishlar oddiy tuzilgan, ya’ni bitta ildiz va koronkadan iborat. Kurak tish hayvonlarda 6 ta bo‘lib, I harfi bilan belgilanadi.
Oziq, ya’ni yirtqich tishlar - dentis canini ancha rivojlangan, bo‘yi uzun, o‘tkir, ildizi bitta bo‘ladi. Bu tish oziqni yirtib yorish uchun, yovvoyi cho‘chqa kabi ba’zi hayvonlarda himoya vazifasini bajaradi. Bu tish jag‘ning har tomonida bo‘lib, S harfi bilan belgilanadi. Jag‘ tishlar har tomonda 6 tadan bo‘lib, ikkiga (kichik va katta tishlarga) bo‘linadi.
Kichik jag‘ tishlar - dentis praemolaris yuzasi notekis bo‘lib, ular oziqni ezib beradi. Kichik jag‘ tishlar og‘iz bo‘shlig‘ining oldingi tomonida 3 tadan joylashgan, ular P harfi bilan belgilanadi.
Katta jag‘ tishlar - dentis molaris keng va yaxshi rivojlangan, ular oziqni chaynab, maydalab beradi. Katta jag‘ tishlar har tomonda 3 tadan joylashgan bo‘lib, M harfi bilan belgilanadi.
Hayvonlarda tishlar soni turlicha bo‘ladi, ularni aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi:

Sut tishlar Doimiy tishlar


Kavsh qaytaruvchilarda
Otlarda (ayg‘irlarda)
Cho‘chqalarda
Itlarda
Mushuklarda
Til - lingua (glossa) – muskul organ bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘idajoylashadi. Til harakatchan bo‘lib. oziqni chaynashda, mazasini bilishda va yutishda, suv ichishda muhim rol o‘ynaydi. Tilning atrofini bir qancha organlar: tish, lunj, lablar, tanglay chegaralab turadi.
Tilni harakatga keltirishda, asosan, ikki xil muskul: tilning o‘z muskuli va til osti suyagining muskuli qatnashadi. Tilning ustki yuzasini o‘rab turadigan shilimshiq parda ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan, ustki tomondagi epiteliy muguzlashgan bo‘ladi.
Hayvonlar tili quyidagi qismlarga bo‘linadi: a) tomoqqa yaqin joyda tubi - radix linguae, b) tanasi - corpus linguae, tananing ustki yuzasi - dorsum linguae va ikki yon qismi bor; v) uchki qismi - apex lingual bo‘ladi. Tilning ustki tomondagi shilimshiq pardadan bir qancha so‘rg‘ich bo‘rtib chiqadi, ular ipsimon, zamburug‘simon, konussimon, novsimon va bargsimon bo‘ladi. Ipsimon va konussimon so‘rg‘ichlar kavsh qaytaruvchilarda mexanik funksiya bajarib, qolganlari oziqning ta’mini bilish uchun xizmat qiladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə