Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə34/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Ipsimon so‘rg‘ichlar - papillae filiformes tilning butun ustki yuzasi, qisman, yon tomonlarida joylashib, juda mayda va ko‘p, baxmal tukiga o‘xshash bo‘ladi.
Konussimon so‘rg‘ichlar - papillae conicae til ildizida joylashadi.
Zamburug‘simon so‘rg‘ichlar - papillae fungeformes tilning ipsimon so‘rg‘ichlari orasida joylashadi.
Novsimon so‘rg‘ichlar - papilla valatae s. cercum vallatae tilning ildiz qismida joylashib, anchagina yirik bo‘ladi.
Bargsimon so‘rg‘ichlar - papillae foliatae anchagina ko‘tarilgan, yaxshi rivojlangan va bir qancha taramlarga bo‘lingan bo‘ladi. Til ildizining shilimshiq pardasi ichida suyuqlik ishlab chiqaradigan bezlar - glandula salivales lingualis bo‘lib, ularning teshiklari yaxshi ko‘rinib turadi. Teshiklar oralig‘ida bodomsimon chuqurchalar – fassuculae tonsillaris bo‘lib, ular devorida limfoid hujayralar to‘plami bor, bular til bodomi - tonsilla lingualis ni hosil qiladi.
Til har xil hayvonlarda turlicha bo‘ladi.
Qattiq va yumshoq tanglay
Qattiq tanglay – palatum durum tanglay suyagiga yopishgan bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘ining gumbazi holatida joylashadi. Qattiq tanglayning shilimshiq pardasi ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Uning o‘rtasidan tanglay choki o‘tadi. Tanglayning shilimshiq pardasi bir qancha ko‘ndalang g‘ovlar hosil qiladi. Har xil hayvonlarda ularning soni turlicha, masalan, kavsh qaytaruvchi 15 – 20, cho‘chqalarda 20 – 22, itlarda 9 tagacha, otlarda 16 – 18 ta bo‘ladi.
Yumshoq tanglay - palatum molle, ya’ni tanglay pardasi - velum palatinum muskul pardasidan iborat bo‘lib, qattiq tanglaydan hiqildoq tomonga osilib tushib turadi. Uning orqa qismi tanglay yoyi - arcus palatinus tomoni esa qisqa yoriqcha – isthmus francium hosil qiladi. Yumshoq tanglayning shilimshiq pardasi tilning ustki tomoniga o‘tib, tanglay – til yoyi - arcus glossapalatinus ni hosil qiladi. YUmshoq tanglayning shilimshiq pardasi ko‘p qavatli epiteliy bilan qoplangan. Bu pardada seroz (suyuqlik) bezlari bo‘lib, ular doim suyuqlik chiqarib, parda ustini namlab turadi. Yumshoq tanglay harakatlanishida quyidagi muskullar qatnashadi.
Cho‘chqalarda tanglay pardasi kalcha va yo‘g‘on, bodomcha toq va bir qancha bodomchasimon chuqurchadan iborat. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda tanglay pardasi hiqildoq usti tog‘ayigacha etib boradi, bodomcha anchagina katta bo‘ladi. Otlarda tanglay pardasi ancha uzun bo‘lib. Til ildizigacha etib boradi. SHuning uchun ham otlar og‘zi orqali nafas ololmaydi. Otlarda juft va toq bodomchalar bo‘ladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə