Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Mavzu: Qizilo’ngach, oshqozon, jigar va oshqozon osti bezining tuzilishi



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə36/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Mavzu: Qizilo’ngach, oshqozon, jigar va oshqozon osti bezining tuzilishi

Darsning maqsadi: qishloq xo’jalik hayvonlarida qizilo’ngach, bir va ko’p kamerali oshqozonni tuzilishi, oshqozon tiplari va topografiyasini rasm, mulyaj va ho’l preparatlardan foydalangan holda turli hayvonlardagi tafovutini, ko’p kamerali oshqozonda qat qorinni tuzilishi hamda qizilo’ngach ariqchasini o’rganish, jigar va oshqozon osti bezining tuzilishi o’rganish.


Ko’rgazmali qurollar: rasm, mulyajlar va ho’l preparatlar.
Darsning mazmuni: Qizilo’ngach – oesophagus - uzun nay shaklidagi organ bo’lib, halqum va oshqozon orlag’ida joylashadi hamda ovqatni oshqozonga o’tkazib beradi. Qizilo’ngach bo’yin, ko’krak va qorin bo’limlariga bo’linadi. Qizilo’ngachni devori 3 qavatdan iborat: ichki shilimshiq – ko’p qavatli yassi epiteliy to’qimasi bilan qoplangan; o’rta muskul – kavshovchi va itlarda ko’ndalang-targ’il, ot va cho’chqada qisman silliq muskul to’qimasidan tuzilgan; tashqi zardob qatlam – bo’yin qismi biriktiruvchi to’qima – adventitsiya, ko’krak - qorin qismi zardob parda bilan qoplangan.




Qizilo’ngach va kekirdakning joylashish tartibi
qizilo’ngachning bo’yin qismi, 1*-uning burmasi, 2- ko’krak bo’limi, 3- hiqildoq, 4-kekirdak, 5- diafragma, 6-kekirdak tarmoqlangan joy
Oshqozon – ventriculus, gaster s. stomachus - ichak nayini kengayishidan
hosil bo’ladi. Oshqozon bir va ko’p kamerali bo’ladi.
Bir kamerali oshqozon - oddiy xaltachadan iborat bo’lib, cho’chqa, ot, it, yirtqich hayvonlar, laboratoriya hayvonlari va odamlarda uchraydi. Bir kamerali oshqozon devori boshqa naysimon organlar singari uch qavatdan iborat. Ichki shilliq pardasini to’qimalari va bezlariga ko’ra 3 xil tipda bo’ladi: qizilo’ngach tipidagi (bezsiz) oshqozon - devori ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan, bezlar bo’lmaydi, exidna va o’rdakburunda bo’ladi; ichak tipidagi (bezli) oshqozon – ichki devori silindirsimon epiteliy bilan qoplangan bo’lib, devorlarida ko’p miqdorda bezlar bo’ladi, go’shtxo’r hayvonlar - it, yirtqich hayvonlar va odamlarda bo’ladi; aralash (qizilo’ngach – ichak) tipidagi oshqozonni yarmida bezlar mavjud, yarmi bezsiz –qishloq xo’jalik hayvonlari va o’txo’r hayvonlarda uchraydi.
-Ko’p kamerali oshqozon – kavsh qaytaruvchi hayvonlarda uchraydi va to’rtta kameradan iborat bo’ladi: katta qorin, to’r qorin, qat qorin va shirdon qorin.
Katta qorin - rumen - juda hajmdor bo’lib, yuqorigi va pastki yarim xaltalar - saccus rumenis dorsalis et. ventralis dan iborat. Bu xaltalar bir – biridan chuqur burmalar bilan chegaralanib turadi.
To’rqorin – reticulum – yumaloq bo’lib, katta qorinning kardiya qismiga yaqin turadi. To’rqorin katta qorindan ariqcha orqali ajralib turadi, uning ichki tomonida katta qorin va to’rqorin tasmasi – sulcus et pile rumino reticularis bo’ladi. To’rqoringa katta qorindan teshik – ostium ruminoreticularis ochiladi. Qizilo’ngachdan to’rqorin tomon qizilo’ngach ariqchasi – sulcus oesophageus o’tadi.
Qatqorin – omasum – to’rqorindan keyin joylashgan kamera bo’lib, u katta yoshdagi kavsh qaytaruvchi hayvonlarda sharga o’xshash, lekin ikki tomoni silliq, mayda kavsh qaytaruvchilarda esa oval shaklda bo’ladi. Qatqorinning shilimshiq pardasida qavat – qavat bir qancha varaqchalar bor, ular uzun, o’rtacha, kalta va juda kalta bo’ladi. Bu varaqchalar muguzlashgan mayda tuk bilan qoplangan. Varaqchalar oralig’ida bo’shliqlar bo’lib, ular doim harakatlanib turishi natijasida ovqat eziladi.
Shirdon – abomasum - ko’p kamerali oshqozonning to’rtinchi bo’limi va asosiy oshqozondir. Bu kameraning shilimshiq pardasida juda ko’p bez bo’ladi, ular ferment va kislotalar ishlab chiqarib, ovqatni shimilishga tayyorlaydi
Jigar – hepar - organizmdagi eng katta bez bo’lib, ovqat hazm qilishda ishtiroq etadigan murakkab organdir. Uning rangi qizil – qo’ng’ir, tuzilishi murakkab – naycha shaklda, tig’iz konsistentsiyali bo’ladi. Jigar qorin bo’shlig’ining o’rta qismida, diafragma bilan oshqozon oralig’ida joylashadi. Uning ikkita yuzasi, ya'ni oldingi qavariq, diafragmaga qaragan – facies diaphragmatica va orqaga bukilgan, oshqozon – ichak tomonga qaragan visseral yuzasi – facies visceralis bo’ladi.
Hayvonlar jigari bir necha bo’lakka: o’ng bo’lak – lobus hepatis dextra va chap bo’lak – lobus hepatis sinistra ga bo’linadi, bu bo’laklarni uzunasiga o’tgan o’yiq ajratib turadi. Har ikkala bo’lak o’rtasida oraliq bo’lak – lobus medius joylashadi. Bir tuyoqlilar va tuyalarda o’t pufagi bo’lmaydi. O’t pufagiga jigardan doim o’t suyuqligi tushib turadi. Qopqa venaning pastki tomonida umumiy jigar yo’li – ductus hepaticus hosil bo’ladi, o’t pufagidan o’t yo’li – ductus cysticus boshlanadi, bu har ikkala yo’l qo’shilib, umumiy o’t yo’li – ductus choliductus ni hosil qiladi.
Jigarning deyarli o’rtasida jigar qopqasi bo’lib, unga qopqa vena - vena portae, undan bir oz yuqoriga jigar arteriyasi– a. hepatica kelib quyiladi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning jigari o’ng kovurg’alar ostida 7-nchi qovurg’a orasidan boshlab, oxirgi qovurg’alar ro’parasigacha, pastki tomonda esa 10-nchi qovurg’a ro’parasida diafragma birlashgan joygacha etib boradi. Jigarnng og’irligi bo’qalarda 4,5 – 10 kg, sigirlarda 3,4 – 9,2 kg, otlarda 1,5 – 5 kg, cho’chqalarda 2,5 kg gacha, qorako’l qo’ylarda 725 g gacha bo’ladi.



Jigar
A-qoramol, B-kavsh qaytaruvchi, V-otlar, G-cho’chqalar jigari: 1-chap yon tomon bo’lagi, 2-chap tomon o’rta bo’lagi, 3-dum qismi, 4-dum o’simtasi, 5- kvadrat qism, 6-o’ng tomon yon bo’lagi, 7-o’ng tomon o’rta bo’lagi, 8-o’t xaltasi, 9-xalta yo’li, 10-o’t yo’li, 11-qopqa vena
Oshqozon osti bezi – pancreas - so’lak beziga o’xshash tuzilgan bo’lib, ilgari uni qorin so’lak bezi deb atashgan. Bu bez ko’pchilik hayvonlarda ko’kimtir – qizg’ish yoki sariq – qizg’ish bo’lib, jigarning ustrog’ida, 12 barmoq ichakning «S» shaklli burmasida joylashadi. Uning fermenti ba'zi hayvonlarda o’t yo’li bilan birgalikda, ba'zi hayvonlarda (qoramollarda) esa ayrim holda o’n ikki barmoq ichakka ochiladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə