Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Mavzu: Hazm organlarining shakli, tuzilishi va topografiyasi



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə39/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Mavzu: Hazm organlarining shakli, tuzilishi va topografiyasi.

Darsning mazmuni: Hazm organlari eng muhim va murakkab tuzilgan sistema bo‘lib hayvon organizmining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham sodda hayvonlar hazm organlarining tuzilishi ancha oddiy bo‘ladi. Hayvonlar rivojlanib borgan sari, hazm organlari ham murakkablashib boradi. Suvda yashovchi umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning hazm organlari nafas olish organlari bilan juda ham bog‘liq bo‘ladi, chunki ular yonma – yon joylashadi. Nafas olish organlari quruqlikda yashovchi hayvonlarda ovqat hazm qilish organlarining boshlanish joyidan kelib chiqadi. Bu har ikkala organ ko‘krak, qorin va tos bo‘shliqlarida joylashadi. Ovqat hazm qilish organlarning hajmi katta bo‘lib, organizmda murakkab protsess – moddalar almashinuvi uchun xizmat qiladi.
Ovqat hazm qilish sistemasi to‘rtta katta bo‘limga: 1) bosh bo‘lim; 2) oldingi bo‘lim; 3) o‘rta bo‘lim va 4) keyingi bo‘limlarga bo‘lib o‘rganiladi.
Bosh bo‘limga og‘iz bo‘shlig‘i – carum oris va uning atrofidagi organlar: lab, lunj, tish, milklar, til, qattiq va yumshoq tanglay, so‘lak bezlari va halqum kiradi. Bu organlar ovqatni olib, yutishga tayyorlaydi.
Lab - labia yuqorigi va pastki bo‘lim - labium superioret inferior dan iborat bo‘lib, ular bir – biri bilan qo‘shilishi natijasida og‘iz teshigi - rima oris ni hosil qiladi. YUqorigi va pastki labning bir – biriga qo‘shilgan joyi - comissura labiorum bo‘lib, bu joy burchak - angulus oris hosil qiladi. Lablarning shakli har xil hayvonlarda turlicha bo‘lib, harakati ham har xildir. Masalan, bir tuyoqli va kavsh qaytaruvchi mayda hayvonlar labi harakatchan, qoramol va cho‘chqalarniki esa kam harakat bo‘ladi. Ularning bunday bo‘lishi anatomik tuzilishiga bog‘liq, qoramollarning yuqori labida burun – lab yaltirog‘i (ko‘zgusi) bo‘ladi. Lablarning tashqi yuzasi teri, o‘rta muskul va ichki shilimshiq pardadan iborat. Lablar og‘iz bo‘shlig‘ining oldingi qismini o‘pib turish uchun xizmat qiladi. Terisining ustki qismida ta’sirni sezuvchi jun bo‘ladi. Lablarning shilimshiq pardasida so‘lak bezlari - glandulae labialis bo‘lib, ular doim suyuqlik ishlab chiqarib, lablarni namlab turadi.
Lunj - bucca tuzilishi jihatdan labga o‘xshash bo‘lib, teri muskul, shilimshiq pardadan iborat. Lunjlar og‘iz bo‘shlig‘ining yon devori hisoblanadi. Ularning orqa qismi oxirgi jag‘ tishlargacha etib boradi. Lunjlarga bir qancha yuz bo‘limi muskullari kelib birlashadi. Ularning shilimshiq pardasi ko‘p qavatli epiteliy bilan qoplangan. Lunjda so‘lak bezlari - glandula bucalis bo‘lib, ular shilimshiq pardaga hamda muskullarga yaqin joylashadi va doim suyuqlik ishlab chiqaradi. Bular yuqori va pastki so‘lak bezlaridan iborat. Lunjning 3, 4, 5 – jag‘ tishlari ro‘parasida quloq orqasi so‘lak bezining chiqarish yo‘li ochiladi. Qoramol va otlarning lunji boshqa hayvonlarnikiga qaraganda ancha qalin bo‘ladi
Til - lingua (glossa) – muskul organ bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘idajoylashadi. Til harakatchan bo‘lib. oziqni chaynashda, mazasini bilishda va yutishda, suv ichishda muhim rol o‘ynaydi. Tilning atrofini bir qancha organlar: tish, lunj, lablar, tanglay chegaralab turadi.
Tilni harakatga keltirishda, asosan, ikki xil muskul: tilning o‘z muskuli va til osti suyagining muskuli qatnashadi. Tilning ustki yuzasini o‘rab turadigan shilimshiq parda ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan, ustki tomondagi epiteliy muguzlashgan bo‘ladi.
Hayvonlar tili quyidagi qismlarga bo‘linadi: a) tomoqqa yaqin joyda tubi - radix linguae, b) tanasi - corpus linguae, tananing ustki yuzasi - dorsum linguae va ikki yon qismi bor; v) uchki qismi - apex lingual bo‘ladi. Tilning ustki tomondagi shilimshiq pardadan bir qancha so‘rg‘ich bo‘rtib chiqadi, ular ipsimon, zamburug‘simon, konussimon, novsimon va bargsimon bo‘ladi. Ipsimon va konussimon so‘rg‘ichlar kavsh qaytaruvchilarda mexanik funksiya bajarib, qolganlari oziqning ta’mini bilish uchun xizmat qiladi.
Ipsimon so‘rg‘ichlar - papillae filiformes tilning butun ustki yuzasi, qisman, yon tomonlarida joylashib, juda mayda va ko‘p, baxmal tukiga o‘xshash bo‘ladi.
Konussimon so‘rg‘ichlar - papillae conicae til ildizida joylashadi.
Zamburug‘simon so‘rg‘ichlar - papillae fungeformes tilning ipsimon so‘rg‘ichlari orasida joylashadi.
Novsimon so‘rg‘ichlar - papilla valatae s. cercum vallatae tilning ildiz qismida joylashib, anchagina yirik bo‘ladi.
Bargsimon so‘rg‘ichlar - papillae foliatae anchagina ko‘tarilgan, yaxshi rivojlangan va bir qancha taramlarga bo‘lingan bo‘ladi. Til ildizining shilimshiq pardasi ichida suyuqlik ishlab chiqaradigan bezlar - glandula salivales lingualis bo‘lib, ularning teshiklari yaxshi ko‘rinib turadi. Teshiklar oralig‘ida bodomsimon chuqurchalar – fassuculae tonsillaris bo‘lib, ular devorida limfoid hujayralar to‘plami bor, bular til bodomi - tonsilla lingualis ni hosil qiladi.
Yumshoq tanglay - palatum molle, ya’ni tanglay pardasi - velum palatinum muskul pardasidan iborat bo‘lib, qattiq tanglaydan hiqildoq tomonga osilib tushib turadi. Uning orqa qismi tanglay yoyi - arcus palatinus tomoni esa qisqa yoriqcha – isthmus francium hosil qiladi.
Tanglay muskuli - m. palatinus burunning ichki teshigi (xoana) chetiga yopishib turadi. Bu muskul ovqatni yutish vaqtida tanglay pardasini ancha qisqartiradi.
Tanglay pardasini ko‘taruvchi muskul - m. levator veli palatini quloq suyagining muskul o‘simtasidan boshlanadi va bosh suyagi asosidan o‘tib, tanglay pardasi o‘rtasida tugaydi. Bu muskul ovqatni yutish vaqtida yuqoriga ko‘tarilib, burun teshigi tomonni yopadi.
Tanglay pardasini ko‘taruvchi muskul - m. levator veli palatini yuqoridagi muskulning yonidan qanot suyagining ilmog‘i tomon o‘tadi. Bu muskul qisqarganda ovqat xalqum tomonga o‘tadi.
Tanglay bodomchasi - tonsilla palatina bir qancha limfa tugunchalari yig‘indisidan va shilimshiq bezchalardan iborat bo‘lib, bodomchasimon chuqurcha devorida joylashadi. Bodomcha turli hayvonlarda har xil shaklda bo‘ladi.
Cho‘chqalarda tanglay pardasi kalcha va yo‘g‘on, bodomcha toq va bir qancha bodomchasimon chuqurchadan iborat. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda tanglay pardasi hiqildoq usti tog‘ayigacha etib boradi, bodomcha anchagina katta bo‘ladi. Otlarda tanglay pardasi ancha uzun bo‘lib. Til ildizigacha etib boradi. Shuning uchun ham otlar og‘zi orqali nafas ololmaydi. Otlarda juft va toq bodomchalar bo‘ladi.



Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə