Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Mavzu: Nafas olish organlar tizimini anatomik tarkibi. Burun, burun bo’shlig’i, hiqildoq, kekirdak va o’pkani anatomik tuzilishi



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə40/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Mavzu: Nafas olish organlar tizimini anatomik tarkibi. Burun, burun bo’shlig’i, hiqildoq, kekirdak va o’pkani anatomik tuzilishi

Darsning maqsadi: Nafas yo’llari: burun, burun bo’shlig’i, hiqildoq morfofunksional tuzilishini o’rganish, har xil turga mansub bo’lgan hayvonlardagi o’ziga xos tafovutlarni aniqlash.


Ko’rgazmali qurollar: Burun bo’shlig’ini kesimi, hiqildoqning quruq, ho’l preparatlari, mulyajlar, rangli tasvirlari.
Darsning mazmuni: Nafas olish organlari tizimiga burun, burun bo’shlig’i, hiqildoq, kekirdak va o’pkalar kiradi.
Burun bo‘shlig‘i bosh suyagiga nisbatan ancha kichik bo‘lib, ichi burun chig‘anoqlari bilan to‘lgan. Bo‘shliqning kaudal qismida burun to‘sig‘i oxirgacha bormaydi ya’ni yaxlit o‘rta kanal hosil bo‘ladi. Ikkala burun kanallari u orqali burun – halqum sohaga ochiladi.
Bosh suyagining qo‘shimcha bo‘shliqlari tizimi juda murakkab bo‘lib, buzoqlarda yaxshi rivojlanmagan. To‘liq o‘lchamlarga etish uchun bir necha yillar kerak bo‘ladi.
YUqori jag‘ bo‘shlig‘i yuqori jag‘da, tishlardan yuqorida joylashib, katta sohani egallaydi.
Peshana bo‘shlig‘i katta bo‘lib, bir nechta bo‘linmalardan tashkil topgan. Uning orqa bo‘limi asosan peshana suyagi ichida joylashib, bosh miyani yuqoridan o‘rab turadi va shox o‘simtasi ichiga kirib boradi. YOshi katta hayvonning shoxi singanda peshana sinusiga yo‘l ochiladi (Aspinall V., Cappello M. Introduction to veterinary anatomy and physiology textbook. Third edition, 2015).
Burun oldi bo‘shliklar (kovaklar) bosh suyakning vaznini engillashtirish va muskullar unga birikishini osonlashtirish uchun xizmat qiladi. Bu ayniqsa boshi katta hayvonlarga hosdir. Masalan, otning bosh suyakgidagi kovaklar ko‘p bo‘lib, yaxshi rivojlangan. Undan tashqari, bosh kovaklari harorat almashinuvi va shilliq ishlab chiqish uchun xizmat qiladi.
YUqori jag‘ kovagining yallig‘lanishi (gaymorit) yuqori nafas olish yo‘llari yallig‘lanishida, masalan, mushuklar grippida paydo bo‘lishi mumkin. Bu infeksion kasallikni bir nechta viruslar chaqiradi (masalan, Calicivirus). Unda aksirish, til va kon’yunktivada yaralar paydo bo‘lishi, ishtaxa yo‘qolishi va gipertermiya kuzatiladi. Gaymorit qiyin davolanadi va uzoq vaqt davom etadi. Uni davolashda trepanatsiya qilinib, ekssudat chiqariladi va bo‘shliqqa antibiotiklar kiritiladi (Aspinall V., Cappello M. Introduction to veterinary anatomy and physiology textbook. Third edition, 2015).
O‘pkaga boradigan havo burun teshiklaridan kirib, burun bo‘shlig‘iga o‘tadi. Burun bo‘shlig‘i tog‘ay to‘siq orqali chap va o‘ng kameralarga bo‘linadi. Bo‘shliqqa kirish joyi junsiz ko‘p qavatli yassi epidermis bilan qoplangan. Epidermis kuchli pigmentlashgan bo‘lib, ter bezlari bilan yaxshi ta’minlangan. It burnining uchidagi epidermis unikal tuzilishiga ega bo‘lib, odamning barmoq iziga o‘xshaydi.
Burunning chap va o‘ng kameralari mayda spiral shaklida o‘ralgan suyak chig‘anoqlari bilan to‘lgan (ris. 8.2). burun kameralarining devorlari va chig‘anoqlar qon kapillyarlari bilan yaxshi ta’minlangan tebranuvchi shilliq epiteliy bilan qoplangan bo‘ladi.
Burundan qon ketishi bir va ikki tomonlama bo‘lishi mumkin. U shikast, infeksiya, yot narsalar (masalan, o‘t urug‘i) kirib borganda yoki o‘sma rivojlanganda hosil bo‘lishi mumkin.
Burun bo‘shlig‘ining to‘ridagi epiteliyda ko‘p miqdorda sezuvchan nerv uchlari mavjud (hid bilish soha). Ular hidni bilish uchun xizmat qiladi.
Burun shilliq pardasining yallig‘lanishi rinit deb ataladi. Jarayonga burun qo‘shimcha kovaklari ham qo‘shilishi mumkin. Kasallikni ko‘pincha Aspergillus zamburug‘i chaqirishi mumkin. Bu zamburug‘ chang, somon, pichan va o‘tda bo‘ladi. Rinitda aksirish, burun teshiklaridan ekssudat ajralishi, ayrim hollarda esa qon oqishi kabi klinik belgilar kuzatiladi.
Burun – nasus - nafas olish apparatining boshlanish bo’limi hisoblanib, u keng burun bo’shlig’ini hosil qilgan. Uning quyidagi anatomik qismlari tafovut qilinadi: burunning yuqori qismi – dorsum nasi burun bo’shlig’ining qopqog’i hisoblanadi; yon devori –
Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə