Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə41/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

partes laterales nasi; burun ildizi – radix nasi burun bilan peshona oblastida joylashadi; burunning uchki qismi – apex nasi - yuqori labning ustida joylashadi. Burunning uchki qismida burun bo’shlig’iga kiruvchi teshik – burun katagi – nares mavjud.
Burun bo’shlig’i – cavum nasi - kalla suyagining yuz bo’limida joylashib, havoni o’tkazish, hidni aniqlash, havoni isitish, tozalash, namlash kabi funktsiyalarni bajaradi. U burun to’sqichi orqali o’ng va chap bo’laklarga bo’lingan. Har bir bo’lagida kirish (burun katagi), chiqish (xoana) teshigi, qopqog’i, tubi, lateral va medial devorlari bo’ladi. Burun bo’shlig’ining ichki yuzasi uning oldingi bo’limida teri bilan qoplangan bo’lib, burun dahlizi – vestibulum nasi deyiladi va unda ko’z yoshi – burun teshigi bo’ladi. Haqiqiy burun bo’shlig’i – shilliq parda bilan qoplangan.
Burunning yuqorigi chig’anog’i – concha nasi dorsalis uzun va tor bo’lib, uning shilliq pardasi oldingi tomonda to’g’ri burmani – plica rectae hosil qiladi.
Burunning pastki chig’anog’i – concha nasi ventralis keng, uning shilliq pardasi oldingi va yuqorigi tomonda qanotsimon burma – plica alaris, oldingi va pastki tomonda esa burun tubi burmasini – plica fundalis hosil qiladi.
Burun chig’anoqlari burun bo’shlig’ini bir necha yo’llarga ajratadi: a) burunning yuqorigi yo’li – meatus nasi dorsalis tor, burun bo’shlig’i qopqog’i va yuqorigi chig’anoq o’rtasida joylashadi; b) burunning o’rta yo’li – meatus nasi medius yuqorigi va pastki chig’anoq o’rtasida joylashadi, u orqali havo jag’, tanglay, ko’z yoshi, peshona, yuqorigi va pastki chig’anoqlar bo’shliqlariga kiradi; v) burunning pastki yo’li – meatus nasi ventralis keng chig’anoq bilan burun bo’shlig’i tubi o’rtasida joylashadi, xoana yaqinida ikkinchi bo’lakning analogik yo’li bilan tutashadi, burun – tanglay kanali – canalis nasopalatinus orqali og’iz bo’shlig’i bilan qo’shilishadi; g) burunning umumiy yo’li – meatus nasi communis burun to’sqichi bilan chig’anoq o’rtasida joylashadi va yuqorida keltirilgan barcha yo’llar bilan tutashadi.




Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə