Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Til halqum va so‘lak bezlarini tuzilishi mavzusidagi laboratoriya



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə35/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Til halqum va so‘lak bezlarini tuzilishi mavzusidagi laboratoriya
darsinining (2 soat)
PASPORTI


Darsning maqsadi: Qishloq xo’jalik va uy hayvonlarining tish , milk, halqum va so’lak bezlarini topografiyasi va tuzilishini o’rganish.


Ko’rgazmali asbob-uskunalar va jihozlar: Hayvon maketi, tirik hayvon,tishlar, rasm, ishlanma.


Mashg’ulotning o’tkazilish tartibi:
1. Qishloq xo’jalik hayvonlarining hazm organlari tuzilishi.
2. Bosh bo’lim ichaklarining nomi va topografiyasini o’rganish
3. So’lak bezlarining tuzilishi nomi va topografiyasini o’rganish.
4. Qishloq xo’jalik va uy hayvonlarining tishlarini shakli, tuzilishi va topografiyasini tirik hayvonda va preparatda o’rganish.


Adabiyotlar:

  1. Dilmurodov N.B. «Hayvonlar anatomiyasi» fanidan amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2014.

  2. Victoria Aspinall. Veterinary anatomy and Physiology. Textbook. New-York, 2015.

  3. H.E.Konig, H.G.Liebich. Veterinary Anatomy of Domestic Mammals. Textbook and Colour Atlas. New-York, 2007.

  4. Юдичев Ю.Ф. и др. «Анатомия домашних животных». Омск, 2003.

5.www. Ziyo.net.uz.
6.email: zooveterinariya@ mail.ru
Tuzuvchilar:
Dosent N.B.Dilmurodov
Katta o’qituvchi G’.X.Eshmatov
Assistent G.Sh. Raxmanova
Mavzu: Til halqum va so‘lak bezlarini tuzilishi.
Darsning mazmuni: Til - lingua (glossa) – muskul organ bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘idajoylashadi. Til harakatchan bo‘lib. oziqni chaynashda, mazasini bilishda va yutishda, suv ichishda muhim rol o‘ynaydi. Tilning atrofini bir qancha organlar: tish, lunj, lablar, tanglay chegaralab turadi.
Tilni harakatga keltirishda, asosan, ikki xil muskul: tilning o‘z muskuli va til osti suyagining muskuli qatnashadi. Tilning ustki yuzasini o‘rab turadigan shilimshiq parda ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan, ustki tomondagi epiteliy muguzlashgan bo‘ladi.
Hayvonlar tili quyidagi qismlarga bo‘linadi: a) tomoqqa yaqin joyda tubi - radix linguae, b) tanasi - corpus linguae, tananing ustki yuzasi - dorsum linguae va ikki yon qismi bor; v) uchki qismi - apex lingual bo‘ladi. Tilning ustki tomondagi shilimshiq pardadan bir qancha so‘rg‘ich bo‘rtib chiqadi, ular ipsimon, zamburug‘simon, konussimon, novsimon va bargsimon bo‘ladi. Ipsimon va konussimon so‘rg‘ichlar kavsh qaytaruvchilarda mexanik funksiya bajarib, qolganlari oziqning ta’mini bilish uchun xizmat qiladi.
Ipsimon so‘rg‘ichlar - papillae filiformes tilning butun ustki yuzasi, qisman, yon tomonlarida joylashib, juda mayda va ko‘p, baxmal tukiga o‘xshash bo‘ladi.
Konussimon so‘rg‘ichlar - papillae conicae til ildizida joylashadi.
Zamburug‘simon so‘rg‘ichlar - papillae fungeformes tilning ipsimon so‘rg‘ichlari orasida joylashadi.
Novsimon so‘rg‘ichlar - papilla valatae s. cercum vallatae tilning ildiz qismida joylashib, anchagina yirik bo‘ladi.
Bargsimon so‘rg‘ichlar - papillae foliatae anchagina ko‘tarilgan, yaxshi rivojlangan va bir qancha taramlarga bo‘lingan bo‘ladi. Til ildizining shilimshiq pardasi ichida suyuqlik ishlab chiqaradigan bezlar - glandula salivales lingualis bo‘lib, ularning teshiklari yaxshi ko‘rinib turadi. Teshiklar oralig‘ida bodomsimon chuqurchalar – fassuculae tonsillaris bo‘lib, ular devorida limfoid hujayralar to‘plami bor, bular til bodomi - tonsilla lingualis ni hosil qiladi.
Til har xil hayvonlarda turlicha bo‘ladi.
So’lak bezlari – glandulae salivalis – o’txo’r hayvonlarda quruq ovqatni ivitish uchun xizmat qiladi. Lab, lunj bezlaridan tashqari, og’iz bo’shlig’ining devoridan uzoqroqda donador shaklli uch xil yirik so’lak bezi bor. Bu bezlar ustki tomondan biriktiruvchi to’qima pardasi bilan o’ralgan, undan ichki tomonga yupqa parda o’tib, ularni bir qancha donachalarga bo’ladi. Bez naychalarining oxirgi tomoni va al'veolalar so’lak ishlovchi qismlarni, ularning bir nechtasi qo’shilishib esa so’lak chiqarish yo’lini hosil qiladi. Bu yo’l og’iz bo’shlig’ining ma'lum bir joyiga ochiladi.
Quloq oldi bezi - glandula parotis - so’lak bezlarining eng yirigidir. Bu bez quloq suprasining ostida pastki jag’ning orqa qismi bilan atlant oralig’ida quyi tomonga cho’zilgan holda joylashadi. Bu bez zardob suyuqligi ajratadi. Bezning 3 – 4 ta yirik yo’li birlashib, bitta katta yo’l – ductus porotideus ni hosil qiladi. Bu yo’l pastki jag’ suyagining o’rta yuzasidan lunj tomon o’tib, yuqorigi 3 – 5-nchi jag’ tishning ro’parasida kichik bo’rtik – papilla salivalis ni hosil qilib, og’iz bo’shlig’iga ochiladi.
Jag’osti bezi – glandula mandibularis - kattaligi jihatdan ikkinchi o’rinda turadi, u pastki jag’ning ostida, ikki qorinli va qanotsimon muskullar orasida turadi. Bu bez uzunroq bo’lib, orqa qismi atlantning oldingi chuquriga, old tomoni esa til osti suyagining kichik shoxli tanasiga birlashgan joyigacha etib boradi. Jag’osti bezining chiqarish yo’li – ductus submaxillaris - uning oldinroq qismidan boshlanib, jag’lararo muskul oralig’idan o’tadi va til osti so’lak bezining ichki yuzasidan borib, til osti chuqurchasi yaqinida og’iz bo’shlig’iga ochiladi.
Til osti bezi - glandula sublingalis - hajmi jihatdan uchinchi o’rinda turadi, u og’iz bo’shlig’ining pastki qismida, til osti burmasining shilimshiq pardasi ostida joylashib, ikkita: oldingi – qisqa yo’lli va keyingi – uzun yo’lli bezlarga bo’linadi. Qisqa yo’lli bez - glandula parvicanalaris - tilni yon muskulining ichki yuzasida joylashadi. Uning 30 ga yaqin qisqa kanalchalari - ductus sublingualis minoris tilning ostki qismiga ochiladi.
Uzun yo’lli bezi – glandula sublingualis grandicanalis uzun naychalar - ductus sublingualis major bilan til osti bo’rtikchasiga ochiladi.
Halqum – pharynx - og’iz bo’shlig’ining yuqori qismidagi murakkab organ bo’lib, oziq moddalarni qizilo’ngachga o’tkazishda qatnashadi. U burun bo’shlig’ini hiqildoq bilan ham qo’shadi. Halqum ovqat yo’li bilan kesishadigan joyda bo’ladi. Halqumga ettita teshik: ikkitasi o’rta quloqdan – eshitish yo’li – ostium tubae auditivae, ikkitasi burun bo’shlig’idan – havo yo’li va hiqildoqdan, og’iz bo’shlig’i va qizilo’ngachdan ochiladi.
Halqum devorining muskullari ko’ndalang – targ'il muskullar bo’lib, uch juft: oldingi, keyingi va o’rta qisuvchi muskullarga bo’linadi.
Oldingi qisuvchi muskullar – m. constrictor pharyngis cranialis ikkita muskuldan iborat: a) halqum – tanglay muskuli – m. palatinopharyngens tanglay va qanotsimon suyakdan boshlanib, halqumning yon devorini hosil qiladi va uning orqa qismida tugaydi; b) halqumning qanotsimon muskuli – m. pterygopharyngeus qanotsimon suyakdan boshlanib, halqum chokida tugaydi.
O’rta yoki til osti qisuvchi muskullari - m. constrietor pharyngis medius ham ikkita muskuldan iborat bo’lib, ular ko’ndalang joylashadi: a) halqumning tog’ay muskuli – m. chondropharyngeus til osti suyagining o’rta bo’g’imidan boshlanib, halqum chokida tugaydi; b) halqumning shoxcha muskuli - m. keratopharyngeus til osti suyagining katta shoxidan boshlanib, halqum chokida tugaydi, bu muskullar qisqarganda halqumni ko’ndalangiga qisadi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə