Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Teri hosilalariga quyidagilar kiradi



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə31/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Teri hosilalariga quyidagilar kiradi:
Jun – pilus - qattiq shoxsimon organ bo’lib, epidermisning o’zgarishidan kelib chiqqan, cho’ziluvchi va egiluvchan tolalardan tashkil topgan bo’ladi. Jun tolalari tananing ko’pchilik qismini qoplaydi. U ba'zi joylarda juda zich, ba'zi joylarda esa siyrak bo’ladi. Jun terida joylashishiga qarab bir necha xilga bo’linadi: a) qoplovchi jun - mahsulot tayyorlash uchun foydalanilmaydi, faqat hayvonlar tanasini qoplab turadi. Otlar, qoramol va cho’chqalar juni ana shunday jundir; b) dag’al jun - tuzilishi jihatdan anchagina yo’g’on bo’ladi va tananing ayrim joylarida uchraydi. Bularga boshdagi kokil, yol, dum, oyoqdagi uzun junlar kiradi; v) mahsulot beruvchi jun - anchagina ingichka bo’ladi, bularga qo’y, echki va tuyalar juni kiradi; g) ta’sirni sezuvchi jun - juda siyrak bo’lib, og’iz, burun va ko’z atrofida joylashadi. .
Terida bir qancha bez bo’lib, ularning tuzilishi va fiziologik vazifasi har
xildir. Bularga yog’, ter bezlari hamda sut bezlari kiradi.
Yog’ bezlari – glandulae sebaccae - al'veolyar (katakcha holida) tuzilgan bo’ladi. Bu bezning chiqarish yo’li jun, jun ildizining qiniga ochiladi. Bez ishlab chiqargan quyuqlik teri yuzasiga chiqib, uni moylab turadi, surishdan saqlaydi, teri doim elastik holda bo’ladi.
Ter bezlari – glandulae sudoriferae - kalava shaklida bo’lib, jun ildizining qiniga yoki to’g’rirog’i epidermisga ochiladi. Ter bezlari yog’ bezlaridan ancha chuqur joylashgan. Bu bezlar ter – sudor, u bilan birga, har xil tuzlar, oqsil moddalar ajratib chiqaradi. Terda oqsil borligi sababli u ko’piradi. Ter chiqqanda organizm har xil keraksiz moddalardan tozalanadi, jun namlanadi, organizm soviydi.
Sut bezlari – glandulae lactiferae - juda muhim organ bo’lib, faqat sut emizuvchi hayvonlarda rivojlangan. Sut bezlari har ikkala jinsda ham bo’ladi, ammo urg’ochi hayvonlarda yaxshi rivojlanadi, chunki ular tug’ib, bolasini sut bilan boqadi. Sut bezlarining har qaysi bo’lagi tana – corpus uberis va so’rg’ich – papilla uberis dan iborat bo’ladi.
Sigirlarning sut bezi juda yaxshi rivojlangan. Bezning har qaysi bo’lagi bir – biridan ariqchalar orqali ajralib turadi. Sut yo’llari sisterna – s. lactiferus ga ochiladi. Sut bezining har bir bo’lagida so’rg’ichlar (emchaklar) bo’lib, ularning uzunligi 6 – 9 sm, shakli silindrsimondir. Har qaysi so’rg’ichning bittadan teshigi bor.
Sut bezlari aslida teri bezlaridir. Ayrim hayvonlarda, masalan, it va mushuklarda ular ham erkak ham urg’ochi hayvonlarda mavjud, ammo erkak hayvonlarda ular rivojlanmagan. Sut bezlari qorin va ko’krak devorlarida, oq liniyaning ikkala tomonlarida joylashadi. Urg’ochi itda 5 juft, mushukda esa 4 juft sut bezlari bo’ladi. Har bir sut bezi bezli to’qima va stromadan tuzilgan bo’lib, alveolalari ichidan sekretor epiteliy bilan qoplangan. Drenajli kanallarga ishlab chiqarilgan sut cho’ntaklar to’ri orqali yelin so’rg’ichiga tushadi. Itlarda har bir sut bezida bitta so’rg’ich bo’lib, unda bir nechta teshiklar ochiladi.
Cho’chqalarning sut bezi 5 – 6 juft bo’lib har qaysi so’rg’ichga 1 – 3 tagacha teshik ochladi. Qo’y va echkilarning sut bezi bir juft, so’rg’ichlari anchagina uzun, sut sisternasi yaxshi rivojlangan, sut teshigi 1 – 2 ta bo’ladi.



Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə