Ilmiy rahbar: ____________________________
SamDU huzuridagi PKQTMOMM Ingliz tili yo'nalishi malaka oshirish kursi tinglovchisi, Hamdamov Mironshoh Orifjon o’g’lining "DESIGNING AND EVALUATING GRAMMAR ACTIVITIES" mavzusidagi malaka ishiga
TAQRIZ
Hamdamov Mironshohning "DESIGNING AND EVALUATING GRAMMAR ACTIVITIES" mavzusiga bag'ishlangan ishning asosiy maqsadi ingliz tili o'qitiladigan guruhlarda ingliz tilini berilgan mavzuda ishlatishning muhimligi va kerakligi yoritib berilgan. Bunga asos sifatida bitta namunaviy uslubiy ishlanma berilgan bo'lib, unda dars mashg'uloti uchun ta'lim texnologiyasi modeli va xaritasi, undagi o'quv mashg'ulotining rejasi, darsning maqsadi, kutiladigan o'quv faoliyati natijalari va mustaqil ishlash uchun topshiriqlar, darslarda qo'llashga taklif etilgan interfaol o'qitish usullari, darslar uchun berilgan o'quv-uslubiy materiallar to'plami. didactic materiallar, nazorat qilish uchun materiallar keltirilgan. Malaka ishida keltirilgan materiallar va taklif etilgan uslublar o'qituvchiga ta'lim jarayonida multimedia moslamalari, elementlari bilan foydalanishiga ko'maklashadi. Natijada talabalarni ta'lini jarayonining markaziy sub'ekti sifatida darslarda faol qatnashishiga, mustaqil bilim olishiga, darsning maqsadidan kelib chiqqan holda kafolatlangan natijaga olib kelishga hamda ta'lim sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Malaka ishida keltirilgan ma'lumotlardan akademik litsey o'qituvchilari foydalanishi va qo'llashi mumkin. Hamdamov Mironshohning "DESIGNING AND EVALUATING GRAMMAR ACTIVITIES" mavzusidagi bajargan malaka ishi qoʻyilgan talablarga toʻla javob beradi va muvaffaqiyatli himoya qilinganda a'lo baholash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |