Science and Innovation International scientific journal



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix23.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#157881
1   2   3   4   5   6
navoiy-ruboiylarida-axloqiy-mezonlar

2022 
№ 1
833 
bidoya” debochasiga 8 ta, “Mahbub ul-qulub”ga 12 ta, “Majolisun-nafois”ga 8 ta, 
“Vaqfiya”ga 15 ta, “Munshaot”ga 58 ta, “Holoti Pahlavon Muhammad”ga 1 ta, 
“Holoti Sayid Hasan Ardasher”ga 2 ta, “Mezonul-avzon”ga 7 ta, “Muhokamatul-
lug`atayn”ga 3 ta, “Xamsatul-mutahayyirin”ga 3 ta kiritilgan. Olima Ma`rifat 
Rajabova o`zining “”Nazm ul-javohir” manbalari va badiiyati” nomli nomzodlik 
dissertatsiyasida shoirning tarjima asari “Nazm ul-javohir” (“Nasr ul-laoliy”-
“Marvarid hikmatlar” asarining she`riy tarjimasi)da ruboiylar soni 268 ta ekani 
aytilgan.
NATIJA
. Demak, Navoiy turkiy tilida 500 ga yaqin ruboiy bitgan. 
Eykim, qilasen jilva-u ishrat chog`i zeb, 
Mustahsan emas er kishining qilmog`i zeb, 
Gar bo`lsa ishing ko`pragi yo ozrog`i zeb, 
Zohirdin erur sutuda botindog`i zeb.[6] 
“Nazm ul-javohir” devonidan olingan ushbu ruboiyda shoir birinchi
ikkinchi va uchinchi misralarda kitobxonga tanbeh berib, to`rtinchi misrada 
bevosita yakuniy xulosa beradi. Dilmurod Quronov bu haqida: “dastlabki ikki 
misrada g`oya va maqsad, keyingi ikki misrada dalil va xulosa o`z aksini topadi. 
Shundan kelib chiqib hozirgi adabiyotshunoslikda ruboiyni birinchi misrasi tezis, 
ikkinchisi antitezis, uchinchisi moddai ruboiya (yoki xulosa uchun asos bo`ladigan 
ko`prik), to’rtinchi misra esa sintez deyiladi” [B-262] – deydi. Ya`ni ushbu 
ruboiyning xulosasi: “botiniy husn zohiriy husndan yaxshiroqdir”. Shoir 
kitobxonga qalb go`zalligi hamma narsadan ustunligini uqtirmoqda. Ushbu g`oya 
hozirgi davr muammosiga aylandi desak mubolag`a bo`lmaydi, menimcha. Chunki 
ko`pchiligimiz insonning tashqi ko`rinishiga, kiyimiga qarab muomala qilamiz
do`st tanlaymiz. Bundan necha asrlar avval Hazrat Navoiy buning noto`g`ri 
ekanligini ta`kidlab o`tgan. 
Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi, 
Baxtim kibi, har ishta zabunluq qildi, 
Gah kom sari rahnamunluq qildi, 


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə