Seminar mashg`ulotlari uchun uslubiy ko`rsatma


-Mavzu: Oilada tarbiya psixologiyasi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə30/59
tarix05.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#125564
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
Ota-onalik psixologiyasi uslubiy 2

7-Mavzu: Oilada tarbiya psixologiyasi
REJA:

    1. Ota-ona va bola munosabatlari tizimi.

    2. Muloqot usullari va o’zaro munosabat va uning farzand tarbiyasiga ta’siri.

Oila va nikohning paydo bo`lishiga sababchi omillardan biri, ayniqsa, bizning sharoitimizda, farzand tug’ilishidir. Farzandsiz er-xotin aloqalarini, umuman oilaviy munosabatlarini tasavvur qilish mushkul. Ilmiy manbalar tarixan insoniyat ota-ona va farzandlar munosabatlari o`ziga xos bosqichlar va rivojlanish qonuniyatlarini boshidan kechirganligidan guvohlik beradi. Bashar tarixi shundan dalolat beradiki, zamonlar osha ota-onaning bolaga nisbatan xususiy mulkday qarab, uning ustidan hukmronlik qilishi borgan sari farzand ehtiyojlari bilan hisoblashish, uning barcha istaklarini bajo keltirib, unga cheksiz g’amxo`rlik ko`rsatishgacha bo`lgan munosabatlarga aylangan. Ota-ona – bola munosabatlarini agar tarixiy davrlarga bo`ladigan bo`lsak, ota-onaning bolaga yondoshuv usullari bo`yicha qator bosqichlarni boshdan kechirganligini ko`rish mumkin. Olimlarning tavsiflashicha, antik davrlarda erkak va ayol aloqalari oqibatida farzand tug’ilsa, unga deyarli befarq qarash, ya’ni, infantitsid munosabat kuzatilgan, bunday munosabat mohiyatan shafqatsizlikka asoslangan bo`lib, bolani dunyoga keltirganlar uchun uning nasl-nasabi, taqdiri unchalik ahamiyatli bo`lmagan.
Yangi asrga kelib, bu munosabatlar tubdan o`zgargan, odam zotida egoizm, o`ziga tegishli narsaga nisbatan egalik hissining takomillashib borishi o`zidan bo`lgan zurriyodga nisbatan munosabatlarda ham o`z aksini topgan. Mulkchilik shakllarining o`zgarishi, turmush tarzi qadriyatlariga monand kattalarning bolaga nisbatan his-kechinmalari ham o`zgarib borgan. Masalan, XIX asrning boshlari XX asrlarning o`rtalariga kelib, ota-onalar farzandlarining jamiyatda tutajak o`rinlari, ularning ijtimoiylashuviga alohida e’tibor bera boshlaganlar. Keyingi davrlar esa kattalarning kichiklar taqdiriga befarq emasligi, ularni qo`llab-quvvatlash, rivojlanishiga ko`maklashishning ahamiyatini anglash davri bo`lgan. Bu an’ana deyarli bizning davrimizda ham davom etib kelmoqdaki, endilikda tug’ilgan bolaga e’tibor oilaning barcha qadriyatlaridan ustun ham keladi. Lekin bunday g’amxo`rlik psixologiyasi ham madaniy-tarixiy o`ziga O 107 xoslikka ega. Masalan, ayrim xalqlar (aksariyat Yevropa xalqlari) bolaga u kichikligida juda katta mehr va g’amxo`rlik ko`rsatadi, taxminan o`smirlik davridan boshlab, uning erkinligi tan olinadi va ota-ona tomonidan beriladigan tarbiya uslublari o`zgartirilib, unga kattalarcha munosabatlar barqarorlashadi. Boshqa bir madaniy-etnik hududlarda, aksincha, farzand balog’atga yetgani sari ota-onaning unga e’tibori kuchayadi. Masalan, Osiyo xalqlari, xususan, o`zbeklarda ham oila kattaligi va serfarzandligi bois, bolalarning kichik yoshdagi rivojlanish xususiyatlariga tabiiy holatday qarab, juda katta qayg’urish bilan uning ma’naviy, ruhiy rivojlanishiga e’tibor qaratilmaydi. Lekin qiz bola balog’atga yetib, ko`rkamlashib borgani sari, o`g’il bolaning qo`lidan ish kelib, qatorga qo`shilgani sari, ota-onada ulardan g’ururlanish, taqdiriga kuyunish, g’amxo`rlik ko`rsatish ham ortib boradi. Bunday g’amxo`rlik shu qadarki, uylangan o`g’ilning qadam bosishlarini ham hamon ota-ona nazorat qilaveradi, bu ba’zan, qaynonakelin munosabatlarida, yoki ota-o`g’il munosabatlarida tarangliklarni, nizolarni keltirib chiqaradi. Yuqorida qayd etilgan davrlarda tabiiy, ota-ona farzandlarini tug’ish, tarbiya qilish va jamiyatga tayyorlashda o`ziga xos metodlarni qo`llagan.
Boshida o`zidan ajratishni, hayotga tayyorlashni ham bilmagan ota-ona bora-bora bolani jamiyatda ijtimoiylashuviga ahamiyat beradigan, shu jarayonga yordam beradigan bo`lib borgan, ota-onadagi egoizm bolalardagiga aylanib borganki, hozirgi davrda ko`pgina ota-onalar farzandlarining faqat o`zini o`ylashi, ota-onani tushunmasligidan noliydigan ham bo`lib qolgan. Lekin aslida tarixiy rivojlanish tendentsiyalariga e’tibor berilsa, bunga faqat ota-onalarning o`zlari aybdordirlar.
Oila – ta’lim va tarbiya maskani bo‘lib, dunyoga kelgan farzand oilada axloq-odob qoidalarini, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi qadriyatlarni o‘rganadi. Shuning ushun oila davlatning asosiy e’tibor markaziga tushib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 63-moddasida «Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lishi» uni mustahkam himoyada ekanligini belgilab beradi. Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oilani tinchligi bu o‘z navbatida davlat ravnaqining garovi hisoblanadi. Dunyoga kelgan har bir farzand oila deb atalmish muqaddas dargohda otaonasidan poklik, halollik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, ta’lim va tarbiya, odob va ahloq qoidalarini, urf-odat va qadriyatlarni o‘rganadi. «Oila – bu bir kunlik, bir yillik emas, balki bir umrlik makondirki, bu makonda har kun, har soatda qanchadan-qancha voqea hodisalar, yangidan-yangi tashvishu quvonchlar sodir bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev buyuk allomalarning ushbu fikrini keltirib o‘tdilar: «Bola ota-ona qo‘lida bir-omonatdir».
Bolalarimiz, ularning taqdiri, kelajagi, haqiqatan ham, juda omonat ekanini bugungi hayot har tomonlama isbotlamoqda. Agar farzandimizga to‘g‘ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqada uning yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo‘lib turmasak, ularni ilmu hunarga o‘rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo‘yishimiz hech gap emas. Darhaqiqat, farzandga beriladigan tarbiya dastlab oila muhitida bajariladigan eng asosiy vazifadir. Farzandlar o‘z uylarida kuzatgan ma’naviy muhitdan nusxa oladilar». Bizning fikrimizcha ham ota-ona farzandlar tarbiyasi bilan doimiy ravishda qiziqib, uning xatti-xarakatlari bilan o‘rtoqlashib, aloqalarni o‘rnatib borishi ijtimoiy muhitdagi ijobiy munosabatlarga olib keladi. Jumladan, g‘arb va sharq mamlakatlarining ijtimoiy hayotini tartibga soladigan munosabatlarda tafovutlar bo‘lib, Yevropada demokratik(huquqiy) masalalar ustuvor bo‘lsa, Sharq mamlakatlarida esa diniy, axloqiy normalar bilan tartibga solish mexanizmi yuqori hisoblanadi. Bu borada «Islom dinining muqaddas manbaalaridan bo‘lmish Qur’on va Hadislarda ham odob-axloq, ayollarning turmushdagi o‘rni va vazifalari, er va xotin o‘rtasidagi munosabatlar, bolalar tarbiyasi, oila yuritish, nikoh va muhabbat masalalariga keng o‘rin berilgan». Xususan, Qur’oni Karimning Anfol surasining O‘ninchi juz’ida «Allohga va Rasuliga itoat qilingiz va nizolashmangiz, aks holda sustlashib ketursiz va bo‘yingiz (obro‘yingiz) ketib qolur. Sabr qilingiz! Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir» deyilgan.
Ta’kidlash joizki, Qur’oni Karim va Hadislarda oilani muqaddas dargoh ekanligiga, ota-onalarning oila va farzandlari oldidagi burch va mas’uliyatlariga, farzandning esa ota-onasi oldidagi vazifalari haqidagi tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan pand-nasihatlar mavjudligi bilan ham ahamiyatlidir. Qur’oni Karimda «Parvardigoringiz, yolg‘iz uning o‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning birovi yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut hokisor bo‘l va: «Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab o‘stirganlaridek, Sen ham ularga rahm-shafqat qilgin, deb (haqlariga duo qil!)» (Isro surasi, 22-24- oyatlar), deya ta’kidlaydi.
Bu oyat mazmuniga ko‘ra Alloh taolo ota-onaga yaxshilik qilishni bevosita o‘ziga ibodat qilish bilan teng qo‘ygan, ota-onalar keksayib, zaiflashib qolgan hollarda ularga qanday muomala qilish kerakligini uqtiruvchi quyidagi jihatlarga urg‘u berilgan:
1. Hech qachon ularga «uf» demaslik.
2. Beadablik bilan so‘zini qaytarmaslik.
3. Ularga ehtirom bilan xushmuomalada bo‘lish, yaxshi gapirish.
4. Ota-ona oldida mehribonlik bilan hokisor bo‘lish.
5. Minnatdorchilik yuzasidan Allohdan ularga rahmu-shafqat so‘rash».
Shu o‘rinda aytish joizki, har bir farzand ota-ona bilan munosabatga kirishish jarayonida Qur’oni Karimda keltirilgan beshta jihatga e’tiborli bo‘lishi, har biriga amal qilishi o‘zaro munosabatlarni doimiy ravishda ijobiy bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari Kaykovus o‘zining «Qobusnoma» asarida farzand tarbiyasida ota-onaning o‘zaro munosabatlari, o‘zaro ijobiy qarashlari, shaxsiy namunalari kabi xislatlari bilan yondashish zarurligiga to‘xtalgan. «Qobusnoma» asarining asosiy mazmuni farzandlar ota-onani, oila a’zolarini, shuningdek, jamiyatdagi barcha insonlarni hurmat qilish, ardoqlash, e’zozlash hamda vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalanishi haqidagi g‘oyalari bayon etilgan. Kaykovusning yuqorida keltirilgan qarashlari «Qobusnoma» asarining beshinchi «Ota-ona haqini bilmak zikrida» bobida ota-onani hafa qilmaslik haqida «har farzandki, oqil va dono bo‘lsa, hech vaqt ota-onaning mehr haqini ado qilmoqdin xoli bo‘lmag‘usidir. Ota-ona farmonbardordur. Bu farmonbardorlikda ham ish bo‘lg‘ay va ham farmon bo‘lg‘ay. Ota-onaning ishi seni parvarish qilmoqdur va farmoni senga yaxshilik o‘rgatmoqdur. Ey farzand, shul vajdin otaonangni sag‘al ham ranjitmag‘il» degan fikrlarni bayon etgan. Bundan tashqari u oilaviy munosabatlar haqida «Nima eksang, shuni urasan» mazmunidagi maqoli orqali oilada bolani tarbiyasi bilan shug‘ullanishda «biz ijobiy tarbiya bersak, komil inson bo‘lib voyaga yetishi, aksi bo‘lsa bu bolaning kelajagiga zarar yetishi mumkinligi» to‘g‘risidagi tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlarini izohlaydi. Xalqimizda «oshsiz uy bo‘lishi mumkin, lekin nizosiz uy bo‘lmaydi»-degan naql bo‘lib, bu naql oila qanchalik muqaddas dargoh ekanligi, undagi o‘zaro munosabatlar farzand tarbiyasiga juda katta darajada ijobiy va salbiy ta’sirga egaligi, oilada kelishmovchilik yoki nizo sodir bo‘lganda ham oqibati og‘ir natija va jarayonlarga olib kelmasligini aytib o‘tish joiz.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, oilada uchraydigan har qanday qiyinchiliklarga sabr-qanoat, ijobiy muomala va munosabatlar bilan yondoshilsa, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizolarning kelib chiqishini oldini olish mumkin bo‘ladi. Jumladan, oilada ota-onalar farzandlarini yosh davrlar xususiyatlari inobatga olgan holda ularni har tomondan psixik, aqliy, fiziologik, ma’naviy-ma’rifiy, insonparvarlik xislatlarini rivojlantirib, kamol toptirishi zarur. Bu esa o‘z navbatida farzand va ota – ona o‘rtasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli kelishmovchiliklarni oldini olishga olib keladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə