Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü79,5 Kb.
#141231
  1   2
SHARQ ALLOMALARINING MULOQOT ETIKASI VA MAHORATI HAQIDA



O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Ipak yo’li innovatsiyalar universiteti

“IJTIMOIY PSIXOLOGIYA” fanidan


MUSTAQIL ish
Mavzu: SHARQ ALLOMALARINING MULOQOT ETIKASI VA MAHORATI HAQIDA
Ta’lim yo’nalishi:________________________________
Bajardi:_______________________________________
Guruh:________________________________________
Qabul qildi:____________________________________
Olmaliq -2023

REJA:

KIRISH
ASOSIY QISM
1.SHARQ MUTAFAKKIRLARI NUTQ HAQIDA
2. Nutqning to’g’riligi nutq madaniyati haqidagi ta’limotning markaziy masalasi
3. muloqot va notiqlik madaniyatida amal qiladigan qoidalar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Ta’lim orqali millatning ma’naviy va madaniy rivoji, uning intellektual salohiyatini yuksalishi namoyon bo’ladi. Ma’naviy va madaniy yuksalishning muhim omili uzaro muloqotdir. Muloqot bu muomala demakdir. Kishilar bilan munosabat, so’zlashuv shuningdek, ish va xizmat bilan bog’liq aloqaga muomala deyiladi. Eng go’zal muomala lutf-karamdir. Hazrat Alisher Navoiy buni muomala-pardoz deb ataganlar. Xalqimizda odamlar bilan munosib tarzda muomala qila bilishlik madaniyat, olijanoblik alomati hisoblanadi. O’zaro muomala qilishlik, ya’ni muloqot madaniyatining asosiy omili so’z tanlayolishdadir. So’z bu nima? Alisher Navoiyning “Mahbub-ul- qulub” asarida “Falak jismining joni – so’z” deyiladi. So’zlash qobiliyati, nutqi borki, odamlar bir-birlari bilan muomala qiladilar, muloqotda bo’ladilar, fikr bayon etadilar, bir birlarini tushunadilar yoki rad etadilar. So’z odamning beshikdan to tobutga qadar bir umrlik yo’ldoshi. So’zsiz insoniy jamiyat, ma’naviy hayot yo’qdir. SHu sababli ushbu malakaviy ish xalq ta’limi tizimi boshqaruvida muloqot madaniyatining ahamiyatini o’rganishga bag’ishlanadi.


Muloqot turmush tarzimizning ajralmas qismidir, shu sabab har kungi faoliyatimiz o’zaro muloqotdan boshlanadi. Muloqot o’ziga xos ijtimoiy voqiylik bo’lib, uning qanday sodir bo’lishi har birimizning ruhiyatimizga, tafakkurimizga va madaniyatimizga bog’liq bo’lgan hodisadir.
Muloqot, muomala va nutq madaniyati umummadaniyatni belgilovchi asosiy omillardan biri bo’lib hisoblanadi. “Muomala”, “muloqot” so’zlari zamirida butun insoniyat taqdiri mujassam. Insoniyat doimo muomala, muloqotning to’g’ri va ravon yo’llarini izlab kelgan.
SHuning uchun ham muloqot, muomala va notiqlik san’ati, avvalo insondagi mavjud qobiliyat va iste’dodni shakllantirishga qaratilgan sohalar bo’lib, qobiliyat hamda iste’dodni o’rganuvchi va shakllantiruvchi ilm sohasi hisoblanadi.

ASOSIY QISM


Qadimiy xalq og’zaki ijodining ilk tajribalari xususida notiqlik va muloqot, muomala madaniyatining ravnaqiga boy manba bo’lib xizmat qilib kelgan, shuningdek “Alp Er To’ng’a” dostoni, muqaddas kitob “Avesto”, “Urxun va Enasoy” yodgorliklari va boshqa qadimiy yodgorliklar ham Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniyati, tilini o’rganishda muhim manbalar bo’lishi bilan birga, ma’lum darajada ilk muloqot madaniyati, notiqlik san’atiga undovchi manba bo’lib ham xizmat qiladi.
Masalan, miloddan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalarida maydonga kelgan “Avesto”da g’alla yerdan unib chiqqanda devlar larzaga keladi, g’alla o’rib olinganda devlar nola-faryod qiladi, g’alla yanchib un qilinayotganida esa devlar mahv bo’ladi… G’allani mo’lko’l bo’lishi go’yo devlarning labiga qizdirilgan temir bosgandek ularni tumtaraqay qiladi….” deb qayd etilgan.
Qomusiy olim Beruniy (973-1048) o’zining “Geodeziya” asarida yuksak muloqot madaniyatini egallashning muhim yo’llaridan biri rostni yolg’ondan ajratadigan “mezon” bu mantiq ilmi ekanligini ta’kidlab, uni o’rganishni targ’ibot qiladi.
Abu Nasr Farobiy (870-950) to’g’ri so’zlash, to’g’ri mantiqiy mazmundor xulosalar chiqarish uchun mantiqli va go’zal so’zlash uchun leksikologiya, grammatika va mantiq o’rganishning o’rni beqiyos ekanligini ta’kidlaydi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy (vafoti 997 yil) o’zining “Mafotix-ul-ulum”) (“Ilmlar kaliti”) asarida o’sha davr notiqligi, muomala va muloqot madaniyatining ba’zi bir masalalari, adabiyotshunoslik fani istilohlari, ularning ta’rifi haqida, shuningdek devonxona ish qog’ozlari va ularning shakllari, ishlatiladigan terminlar (atamalar) haqida ma’lumot beradi. Aruz va qofiya ilmi hamda she’riyatda ishlatiladigan badiiy tasvir vositalari, ularning fazilatlari va nuqsonlari haqida bahs yuritiladi. Bu shuni ko’rsatadiki, 10 asrdayoq o’lkamizda badiiy nutq-muloqot madaniyati yuksak darajada rivojlangan, uning nazariyasi ishlangan. So’zning qadri, undan foydalanish kam so’zlab, ko’p ma’no yuklash, ravshan fikrlash masalalari ustida XII-XIII asr mutafakkirlari Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiylar ham ibratli fikrlar bildirganlar.
Yusuf Xos Hojib 12-asrning ajoyib yodgorligi bo’lgan “Qutadg’u-bilig” (“Baxt keltiruvchi bilim”) asarida tilning ahamiyatini tushungan holda hovliqmasdan so’zning ma’nolarini yaxshi anglab, ravon nutq tuzishga chaqiradi:
Tilning foydasi talaydir, ortiqcha hovliqma, goho til maqtaladi, goho so’kiladi. Modomiki, shunday ekan, so’zni bilib so’zla. So’zi ko’r uchun ko’z bo’lsin, (u) ko’ra bilsin. Yusuf Xos Hojib til va so’zni avaylashga, og’ziga kelgan so’zni o’ylab gapirishga chaqiradi. Kishi so’z tufayli bo’ladi malik, Ortiq so’z qiladi bu boshin egik. Tilingni avayla-omondir boshing, So’zingni avayla uzayar yoshing.
Adib Ahmad Yugnakiy (XII-XIII asr) shoshmasdan, keraksiz, yaramas so’zlarni ishlatmasdan mazmundor muloqot qilishga chaqiradi: O’qib so’zla so’zni eva so’zlama, So’zing kizla, kedin, boshing kizlama Kaykovus –hijriy 412, milodiy 1021-102 (Kaspiy dengizining janubiy qirg’og’idagi Gilon qabilasiga mansub) o’zining “Qobusnoma” (1082-83) asarining yettinchi bobi “Suxandonlik ila baland marotabali bo’lmoq zikrida” deb nomlangan. Kaykovus farzandiga murojat qiladi: “Kishi suxandon, suxongo’y (notiq) bo’lishi kerak. Ammo, ey farzand sen suxango’y bulg’il va lekin durug’go’y (yolg’onchi) bo’lmag’il. Rostgo’ylikda o’zing shuhrat qozong’il, tokim biror vaqt zarurat yuzidan yolg’on so’z desang qabul qilg’aylar. Har so’z desang ham rost degil va lekin yolg’onga o’xshag’on rostni demag’ilkim, rostga o’xshagan durug’ durug’ga o’xshagan rostdin yaxshidur, nedinkim ul durug’ maqbul bo’lmas. Demak, nomaqbul rostni aytishdan parhez qil, toki mening bila Abu Suvror SHopur binni Abu al-Fazlning orasidagi voqea sening boshingda sodir bo’lmasin. Ey, farzand, so’zning yuzin va orqasin bilg’il va ularga rioya qilg’il, har na so’z desang, yuzi bila degil, to suxango’y bo’lg’aysan. Agar so’z aytib, so’zning nechuk ekanin bilmasang qushga o’xsharsanki, unga to’ti derlar,ul doim so’zlar ammo so’zning ma’nosini bilmas”.
O’zbek xalqining buyuk mutafakkiri A.Navoiy: Olibmen taxti farmonimga oson, CHerik chekmay Xitoydan to Xuroson, deganlar. Navoiy “Mahbub ul-Qulub” asarida: “Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning so’zi, nutqidir; suvning mazasi muz bila, oshning mazasi tuz bila, odam yaxshilig’i so’z bila” deb uqtiradi. A.Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida: “CHin to’g’ri so’zla, nutqingda halol bo’l, ezma bo’lma, befoyda so’zni ko’p aytma, so’zlaganda sharoitni, suhbatdoshingni hisobga ol, beo’rin so’z aytma, gapirganingda qaytariqlardan qoch, chunki ular fikrning ta’sirini susaytiradi, muloyim so’z vahshiylarni ulfatga aylantiradi, sehrgar-ohang bilan o’qib, ilonni inidan chiqaradi”, deb qayd etadi. Va’zxon shunday bo’lishi kerakki, uning majlisiga bo’sh kirgan odam to’lib chiqsin, to’la kirgan odam esa yengil tortib chiqsin, holi qaytsin. Vozolim va halol ish ko’ruvchi bo’lsa, uning nasihatidan chetga chiqqanlar gunohkor bo’ladi, deydi.
Zahiriddin Muhammad Boburning ham badiiy nutq mahorati nihoyatda baland bo’lgan. Buni uning birgina “Yaxshilik” g’azali misolida ham ko’rish mumkin: Bori elga yaxshilik qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q, Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilik. Boburning ruboyilarida birorta ham ortiqcha so’z yo’q.
Nafaqat so’zlar va iboralar, balki alohida harflar va tovushlar she’riy turoq va qofiyalarga shunday mahorat bilan joylashtirganki, birortasining o’rnini almashtirib bo’lmaydi. Bundan tashqari, o’qituvchi mantiqiyligini ta’minlaydigan to’g’rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik soflik kabi qator sifatlar mavjud bo’lib, ularning barchasini o’zida mujassamlashtirgan nutq madaniy hisoblanadi. Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborotni tinglovchiga etkazish, shu yo’l bilan unga ta’sir qilishdan iborat bo’lib, mazkur sifatlarning jami nutqning ta’sirchanligini yuzaga keltiradi.
Nutqning to’g’riligi nutq madaniyati haqidagi ta’limotning markaziy masalasidir. Madaniy nutqning boshqa barcha kommunikativ sifatlari ayni shu to’g’rilik mavjud bo’lgandagina yuzaga keladi. Zotan, to’g’ri bo’lmagan nutqning aniq yoki mantiqiyligi, ifodaliligi yoki boyligi haqida gapirish mumkin emas. Aytish joizki, nutqning to’g’riligi nutq madaniyatining birinchi bosqichi bo’lib, maktab ona tili ta’limining asosiy maqsadi ham o’quvchilarda aynan to’g’ri nutq tuzish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.To’g’rilik sifati nutq tarkibi va qurilishining amaldagi adabiy til me’yorlariga to’la mosligi asosida yuzaga keladi. Amaldagi adabiy til me’yorlariga amal qilinmasdan tuzilgan nutq to’g’ri nutq bo’la olmaydi. Adabiy me’yor til unsurlaridan til sistemasi qonuniyatlariga uyg’un, jamiyat taraqqiyotining muayyan davrida barqarorlashgan ijtimoiy-nutqiy amaliyot va an’anaga muvofiq holda foydalanish qoidalaridir. Adabiy me’yorning shakllanishi va rivojlanishida jamiyatdagi nutqiy amaliyot va atoqli yozuvchilar, so’z ustalari hal qiluvchi rol o’ynaydi. Xuddi shu amaliyotda barqarorlashgan so’z qo’llash doimiy qoida shaklini oladi. Qizig’i shundaki, adabiy til me’yori nutqiy amaliyotdan olinadi va yana shu amaliyotni boshqarishga xizmat qiladi. Til me’yorlari milliy til birligi, butunligining bosh omillaridan hisoblanadi. Ayni shu me’yorlar ko’p shevali o’zbek tili egalarining nutqiy muloqotini birlashtiradi. Ayni paytda ta’kidlash joizki, adabiy me’yorlarni mutlaqo o’zgarmas, davrlar o’tishi bilan hech bir o’zgarishga uchramaydi, deb bo’lmaydi. Adabiy til me’yorlari ayni paytda dinamik hodisa hamdir. Til o’zining ijtimoiy tabiatiga muvofiq jamiyat rivoji bilan bab-barobar takomillashib borar ekan, tilning me’yorlari ham o’zgarib, mukammallashib boradi. Nutqning aniqligi. Kishilar o’rtasidagi muloqotni ta’minlay oladigan nutq to’g’ri bo’lish bilan birga aniqlik sifatiga ham ega bo’lishi shart. Agar nutq aniq bo’lmasa, so’zlovchi yetkazdirmoqchi bo’lgan muayyan fikr tinglovchi tomonidan to’laligicha va aynan anglanishi mahol. U holda fikr chala yoki yanglish tushunilishi mumkin. Aniq nutqda, avvalo, voqelikdagi narsa va uning nomi bo’lgan so’z bir – biriga mos bo’lishi shart. Nutqni aniq tuza olish uchun, eng avvalo, so’zning leksik ma’nosini to’g’ri anglay bilish lozim.
Nutqning mantiqiyligi. Mantiqiylik nutqning tinglovchi tomonidan to’g’ri va to’liq anglanilishi uchun zaruriy bo’lgan sifatlardan biridir. Mantiqiylikdan mahrum bo’lgan biron-bir nutq kishilar o’rtasidagi tayinli aloqani ta’minlay olmaydi. Nutqning mantiqiyligini to’g’rilik va aniqlik sifatlaridan ajralgan holda ham tasavvur etib bo’lmaydi. CHunki to’g’ri va aniq bo’lmagan nutq hech qachon mantiqiy bo’lishi mumkin emas. Zotan, to’g’ri va aniq bo’lmagan nutqdan mantiqiylikni izlab topish mumkin emas. Adabiy til me’yorlariga zid tarzda tuzilgan va tegishli birliklar noo’rin tanlangan nutqqa mantiq begona bo’lishi tabiiy. Umuman, nutqning mantiqiyligi fikr rivojining izchilligi, tushunchalar va fikrlar o’rtasidagi munosabatlarning mantiqiyligi, nutq predmetining aniqligi, fikr libosining fikricha majburiyatsiz loyiqligi asosida yuzaga keladi. Mantiqiylikdan mahrum bo’lgan matn nutqiy muloqot uchun yarashiqsiz va yaroqsizdir. Nutqning sofligi. Har qanday narsaga baho berilganda, avvalo, uning asligi, boshqa keraksiz unsurlardan xoliligi, o’z mohiyatiga muvofiq toza tarkibga egaligi kabi me’yorlardan kelib chiqadi. Soflik sifati nutqni shunday baholash me’yorlaridan hisoblanadi. Aytish lozimki, nutqning bu kommunikativ sifati adabiy til va nutq bilan jamiyat munosabatida namoyon bo’ladi. SHunga ko’ra, nutqning sofligi nutqning adabiy til me’yorlariga va jamiyatdagi ma’naviy – axloq qoidalariga yot bo’lgan unsurlardan xolililigi bilan belgilanuvchi kommunikativ sifat tarzida baholash mumkin. Aytish joizki, kishi nutqining sofligi uning ma’naviy-ma’rifiy, lisoniy-madaniy saviyasini namoyon etadigan ko’rsatkichlardan biridir. Nutqning boyligi. Nutqning boy yoki kambag’alligi unda tilning bir-biridan farq qiladigan unsurlaridan qay darajada foydalanilganlik bilan belgilanadi. Ayni bir til unsuri nutqda qanchalik kam takrorlangan bo’lsa, bu nutqning boylik darajasi shunchalik yuqori bo’ladi yoki, aksincha, muayyan til unsurining takrori ko’p bo’lgan nutq kambag’al nutq hisoblanadi va uning ta’siri ham shunga yarasha bo’ladi.
Boy nutq tuzish uchun ifodalarning bir xilligidan qochish, ayni bir tushuncha yoki fikrga farqli “liboslar” topish va kiydirish lozim. Buning uchun esa nutq tuzuvchida til vositalarining boy va faol zahirasi mavjud bo’lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, notiq yetarli darajadagi so’zlar, ularning ma’nolari, so’z birikmasi va gap modellari, jumlaning intonatsiya va melodika turlari zahiralariga sohib bo’lmog’i talab etiladi. Bugungi kunda ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining obro’si ko’p jihatdan ularda notiqlik madaniyatining qanday shakllanganligiga ham bog’liqdir. SHuning uchun muloqot va notiqlik madaniyatida amal qiladigan qoidalarimiz quyidagilardan iborat bo’lishi lozim deb topdik:
1. Kim erkin so’zlasa, u nutq oldida hayajonlanmaydi. Notiq, avvalo, jamoa bilan erkin gaplashish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
2. Yaxshi tayyorgarlik-a’lo muloqot garovi. Nutq muddati qancha qisqa bo’lsa, unga ko’proq tayyorgarlik ko’rish lozim.
3. Muloqot, notiqlik madaniyatida shunday qoida bor: nima haqida gapirsangiz gapiring, 20 minutdan oshmasin.
4. Gapirib o’ylamang, balki o’ylab gapiring.
5. So’z-kumush, sukut-oltin. Tinglay olish ham mahoratni talab qiladi.
6. Mashq uchun har qanday imkoniyatdan foydalanish kerak. Birinchi navbatda o’zingizga yaqin odamlar oldida nutq so’zlab ko’ring.
7. Nutqdan oldin kamroq ovqat eng.
8. Tajribali notiqgina o’zining ommabop nutqini o’z tajribasiga tayangan holda ko’pchilik oldida dadil nomoyon etishi mumkinligi yodingizdan chiqmasin va ommabop nutq oldidan albatta chuqur o’ylab, anglab, uni tinglaydigan auditoriya va gapiradigan gap o’zingizga bog’liq ekanini his etib olmog’ingiz shart.
9. Agar reglament belgilangan bo’lsa, nutq mazmunini qisqartiring: ko’p yomon gapirgandan ko’ra, oz va soz so’zlang.
10. Har bir nutqning boshlanishi o’rtasi va oxiri bo’ladi. Eng muhimi, muloqotni qanday tugatishni esda saqlang.
11. Ko’pchilik, jumladan, tajribali notiqlar ham muloqotga kirishishdan oldin hayajonlanadi. Agar hayajonlanmasa demak, notiq o’z nutqiga mas’uliyatsiz, auditoriyaga e’tiborsiz. Lekin juda qattiq hayajonlanish ham zararli.
12. Ommaviy auditoriyada chiqish qilayotgan notiq o’ziga ishongan, jismoniy ko’rinishi dadil, jasur va vazmin hamda tashqi ko’rinishi bilan ham jozibali bo’lmog’i lozim.
13. Nutq-muloqot yumshoq va ishonchli bo’lishi, lekin juda cho’zilib ketmasligi kerak.
14. Agar iloji bo’lsa, auditoriyaga tabassum bilan yuzlaning. Oz fursat jimlik saqlang. Agar shovqin boshlansa jimlikni cho’zing. Nutqni kuchli zarb bilan boshlamang, yumshoq va yengil qilib boshlang, bo’lmasa yakunlashga kuchingiz yetmay qoladi.
15. Iloji boricha adabiy tilda gapirishga odatlaning, chet el so’zlaridan kamroq foydalaning, ba’zi notiqlar bir so’zni qayta-qayta takrorlaydi. Auditoriyadagi qochiriq gaplardan qo’rqmang, disskusiyaga yo’l qo’ymang, nutq so’zlayotganda o’zingizni ko’z-ko’z qilishga harakat qilmang. Odamlarning ma’lum guruhi sizni qo’llash-qo’llamasligini aniqlang.


XULOSA

Xulosa qilib aytganda, har bir rahbarda nutq madaniyati bo’lishi zarur, chunki har bir rahbar o’z nutqi, chiroyli va ravon o’qishi, muomala madaniyati bilan o’z xodimlariga namuna bo’ladi. Zamon talabidan kelib chiqqan holda, rahbar doimo o’zining nutq madaniyati ustida ishlashi va takomillashtirib borishi zarur. Bu borada Amerikalik siyosatchi va biznessmen D.Uebsterning quyidagi fikrlarini eslab o’tishni joiz deb topdik: “Menda bor bo’lgan barcha narsani olib qo’ying. Menga so’zlash qobiliyatimni qoldirsangiz bas. Shunda men tez orada barcha yo’qotgan narsalarimni qayta qo’lga kiritaman”.




Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə