Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm


Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi



Yüklə 47,63 Kb.
səhifə11/17
tarix05.06.2023
ölçüsü47,63 Kb.
#115576
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
ghsrj

Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi
Ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg’i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizasiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari, foiz to’lovlari va boshqa xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf- xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo’lib o’rganish mumkin:
bevosita ishlab chiqarish xarajatlari
muomala xarajatlari
Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam bo’ladi. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shu tovarlarni ishlab chiharuvchidan olib, iste'molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi.
Ular ikki guruxga bo’linadi:
qo’shimcha muomala xarajatlari
sof muomala xarajatlari.
Tovarlarni o’rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo’shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.
3.2 Asosiy tayanch tushunchalar. Tashqi xarajatlar va Ichki xarajatlari .
Ichki xarajatlar — korxonaning oʻziga tegishli boʻlgan resurslardan qilingan xarajatlar.
Tashqi xarajatlar — tashqaridan jalb qilingan resurslarga toʻlovlarni amalga oshirishga ketgan xarajatlar.
Doimiy xarajat — ishlab chiqarish hajmiga taʼsir etmaydigan, u oʻzgarganda ham miqdorini oʻzgartirmaydigan xarajatlar.
Oʻzgaruvchi xarajat — ishlab chiqarish hajmining oʻzgarish taʼsir etadigan xarajatlar.
Oʻrtacha xarajatlar — mahsulot birligiga toʻgʻri keladi xarajatlar.
Qoʻshimcha xarajatlar — mahsulotning navbatdagi qoʻshimcha birligini ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar.
Toʻgʻri xarajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilib uning tarkibiga kiradigan xarajatlar.
Egri xarajat — mahsulot tannarxiga ustama boʻlib, narhda aks etadigan xarajatlar.
Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi bo’yicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o’z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo’lishi mumkin.
Shunga ko’ra xarajatlar:
ichki
tashqi
xarajatlarga bo’linadi .

Yüklə 47,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə