SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 3
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 686
IQTISODIY О‘SISHINI TA’MINLASHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY
TADBIRKORLIK FAOLIYATINING О‘RNI
Shoxistaxon Nomanjanovna Axunova
Farg‘ona politexnika instituti
ANNOTATSIYA
Maqolada О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida
kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik subyektlarining о‘rni va iqtisodiy tarmoqlardagi iqtisodiy holatlari chuqur
tahlil qilinib, uning milliy iqtisodiyotni barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati bayon
etilgan.
Kalit sо‘zlar:
kichik biznes, tadbirkor, ishsizlik, bandlik, iqtisodiy barqarorlik,
iqtisodiy tarmoqlar.
THE ROLE OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN
ECONOMIC GROWTH
ABSTRACT
The article deeply analyzes the importance of small business and private
entrepreneurship in the economy of the Republic of Uzbekistan,
its state of the
economy, the author offers suggestions and recommendations for its development in the
national economy.
Keywords:
small business, entrepreneurship,
unemployment, employment,
economic stability, economic sectors.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish О‘zbekistonda
amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yо‘nalishlaridan biridir.
Kichik biznes kapital taqchilligi sharoitida kо‘p va yirik mablag‘ talab etmaydigan
xо‘jalik faoliyati sifatida resurslar aylanmasining yuqori sur’atlarini ta’minlaydi,
iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiy beqarorlik va resurslar chegaralanganligi sharoitida
iste’mol bozorini shakllantirish va uni tо‘ldirish muammosini tez hamda tejamli tarzda
hal etadi. Kichik korxonalar bozor talabining о‘zgarishiga darhol moslashadi va shu yо‘l
bilan iste’mol bozoridagi zaruriy muvozanatni ta’minlaydi. Shuningdek,
kichik biznes
yangi ish о‘rinlarini yaratishi bilan о‘sib boruvchi ishsizlik muammosini yumshatadi.
Bu esa о‘z navbatida respublikamiz aholisining 60% dan ortig‘i qishloq joylarda
yashashini hisobga olsak, ushbu sohani rivojlantirish va taraqqiy etishini ta’minlash
hozirgi kunda eng muhim dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masala
ekanligi yorqin namoyon
bо‘ladi. Bu borada barqaror iqtisodiy о‘sishini ta’minlashda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarning kо‘lamiga