Ii bob. Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni



Yüklə 377,58 Kb.
səhifə1/7
tarix29.05.2023
ölçüsü377,58 Kb.
#114061
  1   2   3   4   5   6   7
2-мазу


II BOB. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNING MOHIYATI VA MAZMUNI
2.1.Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni.
2.2.Tadbirkorlik faoliyati va uni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.
2.3.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni O’zbekiston iqtisodiyotida tutgan o’rni.
2.4.O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlari.
2.5.Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va boshqarishning xorij tajribasi.
2.1.Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni.
Bozor iqtisodiyotida biznes va xususiy tadbirkorlik erkinligining ta’minlanganligi iqtisodiy rivojlanishning muhim sharti hisoblanadi. Shu boisdan biznes va tadbirkorlik funksiyasi, nazariyasi iqtisodiy nazariya fanida muhim o’rin tutadi. XVIII asrdayog Fransuz iqtisodchisi R.Kantiolon, XIX asrda nemis klassik maktabi vakillaridan I.Tyunen va G. Mangolf hamda amerikalik iqtisodchi F. Nayt tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining xususiyatlarini tadqiq etganlar. R. Kantilon tadbirkorlikning muhim xususiyati risk ekanligini asoslab bergan. Uning fikricha tadbirkorni oldindan ko’ra bilish qobiliyatiga ega bo’lgan va risk qilishga qodir bo’lgan, kelajakka intiluvchi, daromad olishdan umidvor bo’lgan va shu bilan birga yo’qotish va zarar ko’rishga ham tayyor bo’lgan har qanday shaxs deb ta’riflagan.
XVIII - XIX asrlarda ijod qilgan R. Kantilon, Y.Tyunen, F.Kene, A.Smit, J.B. Sey iqtisodchi olimlar tadbirkorlikni va biznes, shuningdek, tadbirkor va mulkdor tushunchalarini aynan bir xil ma’noda izohlaganlar. Y.Shumpeter tadbirkor faoliyatining quyidagi maqsadli motivlarni ko’rsatib bergan:
- xukmronlik, hokimiyat va ta’sir doirasiga ega bo’lish extiyoji;
- g’alabaga erishish ishtiyoqi, o’z-o’zini va raqiblarini yengishga intilish;
- ijod quvonchi.
O’zbek olimlaridan I.E.Tursunov, A.B.Qurbonov, F.F.Mamatovlar quyidagicha ta’rif berishadi: biznes va tadbirkorlik bir-biri bilan uzviy bog’liq; bo’lib, bir xil ijtimoiy – iqtisodiy asoslarga va tamoyillarga ega tushunchalardir. "O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to’g’risida"gi qonunda tadbirkorlikka quyidagicha ta’rif berilgan: "Tadbirkorlik – mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida, amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat
ko’rsatishidir".
O’zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida"gi qonun asosida biznes va tadbirkorlik faoliyati tartibga solinadi. Ushbu qonunda ta’riflanishicha "tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy mas’uliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir". Bu ta’rif ayni paytda biznesning ham mohiyatini ochib beradigan ta’rifdir. Tadbirkorlik bu o’z mohiyatiga ko’ra inson faoliyatining ko’p qirrali sohasi bo’lib, u yangilikni yaratish bilan bog’liq va san’at turi kabi ijodiy jarayondir.
Tadbirkorlikning mohiyatini, uning harakat va imkoniyatlari doirasini yaxshiroq tushunib olish uchun, uning mohiyati va iqtisodiyotdagi roliga bo’lgan qarashlar tizimi rivojini tashkiliy, siyosiy - iqtisodiy va ijtimoiypsixologik jihatlar nuqtai nazaridan umumlashgan holda tahlil qilamiz. O’zbek olimlaridan A.O’lmasov va N.To’xliyevning tadbirkorlikni "daromad keltiradigan yoki naf beradigan xo’jalik faoliyati (kasb-kor, mashg’ulot) sohibkorlik- tijorat ishlari bilan shug’ullanish, pul topish maqsadida biror ish bilan band bo’lish" , "...tadbirkorlik - pul topish maqsadida mas’uliyatni zimmaga olgan holda biron iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish", deb ta’riflashgan.
Tadbirkor, ishbilarmon, biznesmenning ma’noviy-ma’rifiy saviyasi, bilim va tajribasi, boshqa shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning harakatlantiruvchi kuchi bo’ladi. Tadbirkorning ishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:
-birinchidan, bozorning tovar va xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini tahlil qilish yo’li bilan iqtisodiy xo’jalik tizimida o’z o’rnini topishi;
-ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga tayyorlik qobiliyati; -uchinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda, dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirishi;
-to’rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlikni to’g’ri yo’lga qo’yish qobiliyati;
-beshinchidan, yangi texnik, texnologik g’oyani birinchi bo’lib hayotga tatbiq etish hamda ushbu g’oyadan amalda foydalanish, undan qanday yakuniy natija, mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur eta olishi.
Tadbirkorlik nazariyasining asoschisi Y.Shumpeter uchta asosiy motivni ajratgan:
-birinchidan, hokimlik qilish, hukmronlik, ta’sir qilishga ehtiyoj;
- ikkinchidan, aniq harakatlarni bajarish orqali erishish yehtimoli bo’lgan g’alabaga iroda, muvaffaqqiyat sari harakat; -uchinchidan, mustaqil ish faoliyati beruvchi ijodkorlik quvonchi. Ammo, Y.Shumpeter tomonidan taklif etilgan motivlashtirish nazariyasi g’arbiy mamlakatlar tadbirkorlarining fikrlash uslubini aks ettiradi. Tadbirkorlikning tarixiy tomirlariga ega O’zbekistonda tadbirkorlikning zamonaviy haqiqatlarga asoslangan o’z motivi bo’lishi kerak. O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bir qator o’ziga xos alomat va xususiyatlar bilan birga bo’ladi. Mamlakatimizda tadbirkorlikni motivlashtirish xususiyatlari quyidagi alomatlarga ega:
-o’z salohiyatini amalga oshirishga harakat qilish;
- eng muhim, ijtimoiy va iqtisodiy samara keltiruvchi g’oyalarni amalga oshirish istagi;
-to’rachilik tuzilmalari bilan bog’liqlikdan qochish, harakatlar erkinligi va faoliyat yuritish jarayonida mustaqil bo’lish; -qiziqarli ish bilan mustaqil va erkin shug’ullanish; -o’zining ijtimoiy maqomi va obrusini oshirishga intilish hamda o’ziga va o’z yaqinlariga munosib turmush sharoitlarini ta’minlash.
«Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning ensiklopedik lug’atida quyidagicha ta’riflanadi: Tadbirkorlik – (ingl. interprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o’z nomidan, o’z mulkiy mas’uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. yentrepreneur) qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo’jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog’ozlar bilan ish olib borish bilan shug’ullanishi mumkin.



Yüklə 377,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə