Ii bob. Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni O’zbekiston iqtisodiyotida tutgan o’rni



Yüklə 377,58 Kb.
səhifə3/7
tarix29.05.2023
ölçüsü377,58 Kb.
#114061
1   2   3   4   5   6   7
2-мазу

2.3.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni O’zbekiston iqtisodiyotida tutgan o’rni.
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishi shuni ko’rsatmoqdaki, mamlakat iqtisodiyotida kichik biz­nes va xususiy tadbirkorlik sohasi iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda mavjud bo’lgan juda ko’p muammolarni hal etmoqda. Chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining ajralmas qismidir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun iqtisodiyotdagi o’zgarishlarga tez moslashuvchanlik va safarbarlik hamda yuqori samaradorlik, eng muhimi bu faoliyatni iqtisodiyotning barcha sohalarida tashkil etish mum­kinligi kabi belgilar xosdir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning keltirilgan ustunliklari milliy iqtisodiyot rivojlanishini rag’batlantiruvchi omil hisoblanadi. Shuning uchun har bir davlat ushbu sohani rivojlantirishni izchil qo’llab-quvvatlashi shartdir.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli va ahamiyatini aniqlashda iqtisodiyot iqtisodiy yoki ijtimoiy nuqtai nazardan o’rganiladi. Ammo bu sohani ko’proq iqtisodiy tomondan o’rganish ahamiyatliroqdir. Jahon tarixida kichik biznes va xususiy tadbir­korlikning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ahamiyati quyidagi ko’rsatkichlar tizimi orqali belgilanadi:
– kichik biznesning mamlakat YaIMdagi ulushi;
– kichik biznesning mamlakat milliy daro­madidagi ulushi;
– kichik biznes sohasida band bo’lganlar ulushi;
– kichik biznesning eksport xajmidagi ulushi;
– jami soliqlar miqdorida kichik biznesdan keladigan soliqlarning ulushi;
– aholi daromadlari tarkibida kichik biz­nesdan olinayotgan daromadlarning ulushi.
Ushbu ko’rsatkichlar ahamiyati ortib borishi bilan kichik biznesning iqtisodiyotdagi roli ortib boradi. Masalan, AQShda real daromad­larning 35foizi, band bo’lganlarning 54foizi, 45foiz aktivlar va YaIMning 52foizi, Evropa Ittifoqi mamlakatlarida band bo’lganlarning 70foizi, YaIM­ning 67foizi, Yaponiyada 55foizi kichik biznes va xusu­siy tadbirkorlik ulushiga to’g’ri keladi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tad­birkorlikni rivojlantirish va erkinlashti­rishga katta e’tibor berilishi natijasida uning YaIMdagi ulushi 56,7foizga etdi yoki 2000 yilga nis­batan 1,8 barobar oshdi, aholi daromadlari tar­kibida tadbirkorlikdan olinayotgan daromadlar 2010 yildagi 47,1foizdan 52foizgacha oshdi. Ish bilan band jami aholining 77foizdan oshig’i ushbu sohada mehnat qilmoqda.
Umuman olganda mamlakatimizda ishbilar­monlik muhitini yaxshilash borasida olib bori­layotgan ishlar xalqaro iqtisodiy tashkilotlar­ning reytingida o’z ifodasini topmoqda. Jum­ladan, 2015 yil oktyabr oyida Jahon bankining «Biznes yuritish» reytingiga ko’ra, O’zbekiston bir yilning o’zida 16 pog’onaga ko’tarilib, 87-o’rinni, «yangi biznesni qo’llab-quvvatlash» mezoni bo’yicha jahonda 42-o’rinni, tuzilgan shartnomalar ijrosini ta’minlash bo’yicha 32-o’rinni, «Kichik biznes sub’ektlariga kredit berish» deb nomlangan ko’rsatkich bo’yicha so’nggi uch yil ichida 154-o’rindan 42-o’ringa ko’tarildi va o’tgan yilning o’zida reytingini 63 pozitsiyaga yaxshiladi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning faoliyat samaradorligi natijalariga ko’ra, YaIMda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi o’rtacha 60 foizni tashkil etgan. Sanoat sohasida, 2015 yilda 40,6 foizni tashkil etgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 2020 yilga kelib, 27,5 foizga tushgan. Qurilish sohasida esa, tadbirkorlikning ulushi barqaror o’sish tendinsiyasiga ega. Tahlil natijalariga muvofiq 2015 yilda qurilish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi, 66,7 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2017-2020 yillarda mamlakatimizda qurilish sohasini qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar ta’sirida ushbu sohada tadbirkorlining ulushi o’rtacha 74 foizni tashkil etgan. Sohaning bandlikni ta’minlashdagi ulushi ham ijobiy ahamiyatga ega. Ayniqsa, bugungi kunda mehnatga faol aholining qariyb 74 foizini mazkur sohada faoliyat olib borayotganligi fikrimizni asoslash uchun xizmat qiladi. Tashqi savdo faoliyatida ham tadbirkorlikning ulushini alohida qayd etish maqsadga muvofiq. Ammo, 2020 yillar natijalariga muvofiq tadbirkorlikning tashqi savdo hajmidagi ulushida eksport va import o’rtasidagi farqli ko’rsatkich 2020 yilda qariyb 2,5 barobarni tashkil etadi (2.1-rasm).





Yüklə 377,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə