O‘zbekiston respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi



Yüklə 170,32 Kb.
səhifə1/16
tarix29.11.2023
ölçüsü170,32 Kb.
#138716
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
ГАССИН хат наъмуна



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI TOSHKENT VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI SOHASIDA HUDUDIY NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI

111500,Toshkent vil. Nurafshon sh.I.Hakimov ko'chasi, 3 uy, tel: (95) 142-04-17, e-xat: g.abdullayeva@exat.uz, info@tvdaqn.uz


X/r: 2021 0000 9001 2948 1001 ATB “Asaka” Shayxontohur filiali, MFO: 00969, INN: 201789816 IFUT 71110

01/__________ «_____» ___________ 2023 yil




Chirchiq shahar, “Yoshlik” MFY,
Furqat ko‘chasi, 5-uy, 17-xonadon
M.F.Usmanovaga

Sizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Xalq qabulxonasi orqali 2023 yilning 25 sentyabrdagi 92549-xq/23-sonli yuborilgan Chirchiq shahar, Yoshlik MFY, Furqat ko’chasi, 5-sonli ko’p xonadonli uyning tomini ta’mirlash va yerto’lasidagi quvurlarning nosozligi hamda Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko’p xonadonli uydagi muammolar o’z vaqtida bartaraf etilmayotganligi to‘g‘risidagi murojaatingiz Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.


O’rganish natijasiga ko’ra, “INVESTMENT CHIRCHIK” MCHJ shaklidagi Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Yoshlik MFY, Furqat ko’chasi, 5-sonli ko’p xonadonli uyning yerto’la qismidagi tik quvurlar to’liq ta’mirlanganligi va tom qismining ta’mirtalab qismlari joriy ta’mirlanganligi ma’lum bo’ldi.
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 07 noyabrdagi “Ko’p kvartirali uylarni boshqarish to’g’risida”gi 581-O’RQ-sonli Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi PQ-5152-sonli “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish” to‘g‘risidagi Qarori talablariga ko’ra, ko’p xonadonli uy va ko’p xonadonli uyga tutash hududlariga texnik xizmat ko’rsatilishi Boshqaruv servis kompaniyasi zimmasiga yuklatilgan.
Shu sababli, Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan “INVESTMENT CHIRCHIK” MCHJ shaklidagi Boshqaruv servis kompaniyasi rahbari R.S.Sobirovga joy mulkdorlaridan yig’ilgan pul mablag’lari hisobidan 5-sonli ko’p xonadonli uyning tomini ta’mirlash vazifasi yuklatildi.
“INVESTMENT CHIRCHIK” MCHJ shaklidagi Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan texnik xizmat ko’rsatilishi sifatsizligi yoki norozi bo’lsangiz shaxsan o‘zingiz yoxud advokat xizmatidan foydalangan holda tegishli sud organlariga da’vo arizasi bilan murojaat qilishingiz mumkinligi, bizning javobdan qoniqmagan taqdirda, yuqori tashkilotimiz O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga yoki tegishli sud organlariga belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqingiz borligi tushuntiriladi.

Yüklə 170,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə