O‘zbekiston respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi



Yüklə 170,32 Kb.
səhifə5/16
tarix29.11.2023
ölçüsü170,32 Kb.
#138716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
ГАССИН хат наъмуна

Inspeksiya boshlig‘ining
o‘rinbosari Sh.T.Madjitov


Ijrochi: U.Y.Xurramov Telefon: (97) 003-33-28



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI TOSHKENT VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI SOHASIDA HUDUDIY NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI

111500,Toshkent vil. Nurafshon sh.I.Hakimov ko'chasi, 3 uy, tel: (95) 142-04-17, e-xat: g.abdullayeva@exat.uz, info@tvdaqn.uz


X/r: 2021 0000 9001 2948 1001 ATB “Asaka” Shayxontohur filiali, MFO: 00969, INN: 201789816 IFUT 71110

01/__________ «_____» ___________ 2023 yil




Chirchiq shahar, “Madaniyat” MFY,
25-uy, 35-xonadon
Mirzaraximova Saadat Komilevnaga
Sizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoni orqali 2023 yil 4 oktyabrdagi 680112/23-sonli yuborilgan Chirchiq shahridagi “PERFECT BEAVER INTENITION” MCHJ shaklidagi BSK faoliyatidan noroziligingiz va hisoblangan qarzdorlikni asossiz ekanligi to‘g‘risidagi murojaatingiz Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.
Siz tomoningizdan oxirgi 2 yil mobaynida BSK tomonidan belgilangan 1m2 uchun 700 so’m (xonadonning umumiy maydoni 28 m2) majburiy badal to’lovlarini o’z vaqtida to’lamaganligingiz sababli, 670.000 so’m qarzdorlik mavjudligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish” to‘g‘risidagi PQ-5152-sonli Qarori talablariga ko’ra, Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko’p xonadonli uylarga texnik xizmat ko’rsatilishi va yig’ilgan majburiy badal pullari “Mening uyim” Billing tizimi asosida yuritilishi belgilangan.
Shu sababli, sizning xonadoningizning umumiy maydonidan kelib chiqqan holda hisoblangan majburiy badal qarzdorligi “Mening uyim” Billing tizimi asosida yuritilib kelinayotgan tizimda mavjudligi ma’lum bo’ldi.
Chirchiq shahridagi “PERFECT BEAVER INTENITION” MCHJ shaklidagi BSK tomonidan texnik xizmat ko’rsatilishidan norozi bo’lsangiz shaxsan o‘zingiz yoxud advokat xizmatidan foydalangan holda tegishli sud organlariga da’vo arizasi bilan murojaat qilishingiz mumkinligi, bizning javobdan qoniqmagan taqdirda, yuqori tashkilotimiz O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga yoki tegishli sud organlariga belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqingiz borligi tushuntiriladi.



Yüklə 170,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə