Ii bob. Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni


O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlari



Yüklə 377,58 Kb.
səhifə5/7
tarix29.05.2023
ölçüsü377,58 Kb.
#114061
1   2   3   4   5   6   7
2-мазу

2.4.O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlari.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda rivojlangan mamlakatlarda qo‘llaniladigan kichik biznesni rivojlantirishni tartibga solish shakllaridan nusxa olishga katta qiziqishlar uchrab turadi. Biroq, tahlillarning ko‘rsatishicha, mamlakatimiz hududlarida qo‘llaniladigan, bunday mexanik ravishda amalga oshiriladigan xorijiy tajribalar, ko‘pincha bu sohani rivojlantirishga yordam bermasdan, balki uning haqiqiy xususiyatlarining deformatsiyalanishiga va tadbirkorlikning ilg‘or shakllarining zaiflashuviga olib kelmoqda. O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan shart –sharoitlarning o‘ziga xosligi, ishlab chiqarish tuzilmasinig joriy ahvoli, ularni o‘zgartirishga yetarli darajada katta xarajatlarni talab qiladi.
Ishlab chiqarishda monopollashtirish darajasining yuqoriligi kichik biznesni rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillardan hisoblanib – u narxlarning o‘sib borishi, shartnoma munosabatlarini bajarishda loqaydlik qilish, ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun rag‘batlarning yo‘qligi, mahsulot sifatini oshirish va xarajatlarni kamaytirish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarishdagi raqobatbardoshlikning pastligi aksariyat sohalarda texnologik bazaning ortda qolganligi, quvvat va resurslar sig‘imining yuqoriligi, mahsulot sifatining pastligi va xarajatlarning ko‘pligi sababli sodir bo‘lmoqda. Ayni paytda mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarishning o‘sishi ta’minlanayotgan bo‘lishiga qaramasdan buni talab darajasida deyish qiyin. Yangi iqtisodiy munosabatlar uchun huquqiy asosni shakllantirish va ular ijrosini ta’minlash masalasi to‘liq amalga oshirilgan emas. Normal bozor muhitining shakllanishi uchun iqtisodiy islohotlar jarayonida yetarlicha nazorat tizimi shakllantirilmagan. Salbiy hodislar va vaziyatlarni bartaraf etish mexanizmi hali yaratilmagan. Kichik biznes passiv sharoitlarda, yetarlicha davlat ko‘magisiz ishlab chiqarishning kuchli rag‘batlantiruvchi omiliga aylana olmaydi, boshqa rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida egallagan o‘rniga chiqa olmaydi. G‘arbning yuqori rivojlangan mamlakatlarida kichik biznes uchun issiqxona sharoitlarini yaratish tajribasi doim ham sodir bo‘lavermasligi kutilmagan imkoniyatlarni ko‘rsatib berdi. Mamlakatimizdagi yirik va kichik samarasiz davlat korxonalarining uzoq vaqtdan beri davom etayotgan qo‘llab – quvvatlashning natijalari bo‘lsa mutlaqo aksi bo‘ldi. Ushbu holatda korxonaning hajmi mohiyatni o‘zgartirmaydi. Bunday sharoitda davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlashning asosiy tamoyili kichik biznesni ma’muriy va boshqaruv jihatidan nazorat qilishni bosqichma –bosqich qisqartirish va bozor iqtisodiyotini yaxshi shakllantirish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish kerak bo‘ladi. Davlatning kichik biznesni qo‘llab – quvvatlashi soha, geografik, milliy, tarixiy ustunliklari va odatlarini, shuningdek xalqaro tajribani hisobga olgan holda kichik biznesning rivojlanish va raqobatbardoshligi uchun zarur iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarni shakllantirish orqali namoyon bo‘lishi kerak.
Kichik biznesni davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlashning asosiy vazifasi shundan iboratki, kichik va yirik korxonalar o‘rtasidagi iqtisodiy imkoniyatlar yuzasidan bo‘shliqni kamaytirish, kichik korxonalarning haqqoniy huquqlarini ta’minlash, O‘zbekistonda bozor tizimini boshqarishni shakllantirish jarayoni tarkibida kichik va yirik biznesning optimal nisbatini ta’minlashdan iborat. Bu, birinchi navbatda, bozorning raqobat kurashida huquqiy jihatdan teng sharoitni yaratish, uning turi va shakli tanlovini mustaqil amalga oshirish va tadbirkorlikni namoyon qilish usullarida erkin harakatlanish, biznesni amalga oshirish uchun teng imkoniyatlarni yaratish, huquq va javobgarliklarni belgilab qo‘yish masalasida namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, kichik biznesning muvaffaqiyatli rivojlanishi faqatgina qulay ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy va boshqa sharoitlar mavjud bo‘lgandagina ta’minlanishi mumkinligini anglatadi.
Ushbu jarayonda hamma narsa muhim ahamiyat kasb etadi, siyosiy barqarorlikdan tortib hokimiyatning vakillik va ijro etuvchi organlarigacha, tadbirkorlarning xususiy faoliyatini jinoiy elementlar himoyasidan keng ma’noda fuqarolik huquqlarini ta’minlashgacha. Bunday sharoitlarning yo‘qligi kichik biznesni qo‘llab– quvvatlash tizimi faoliyatini samaradorligiga putur yetkazadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri - bu iqtisodiy o‘sishga erishish, aholi uchun yuqori darajadagi turmush tarzini ta’minlaydigan samarali iqtisodiyotni yaratish va global iqtisodiy hamjamiyatda faol ishtirok etishini ta’minlashdir.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarni modernizatsiyalash va yangilash, tarkibiy o’zgarishlar va diversifikatsiya jarayonlarini samarali amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining ishtirokini yanada faollashtirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim hisoblanadi:
-kichik biznesning texnologik, tashkiliy, funktsional va tarmoq jihatidan tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish. Xususan, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanib, zamonaviy talabga javob beruvchi tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi, innovatsion loyiha va ishlanmalarni amalga oshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalarni ustuvor darajada rivojlantirish zarur;
-kichik korxonalarning «hayotiy sikli»da ko’lam jihatidan rivojlanish yo’nalishini kuchaytirish. Ya’ni, ularning sekin-asta yirik korxonalarga o’sib o’tishini rag’batlantiruvchi iqtisodiy mexanizmni ishlab chiqish va yo’lga qo’yish muhim hisoblanadi;
-yirik korxonalarning kichik biznes bilan kooperatsiya aloqalarini yanada mustahkamlash va boshqalar. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda ta’kidlash mumkinki, mamlakatimizda iqtisodiyotni tubdan isloh etish, bozor munosabatlari asoslarini shakllantirish va kengaytirish, tarkibiy o’zgartirishlar orqali zamonaviy tarmoq va sohalarni yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash orqali barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning imkoniyatlaridan keng foydalanib kelinmoqda. Ushbu jarayonlarning muvaffaqiyati va yuqori samarali bo’lishida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan islohotlar strategiyasining aniq va izchil amalga oshirilganligi mustahkam asos bo’lib xizmat qilmoqda.
Qisqa va oʼrta muddatli istiqbolda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashning asosiy yoʼnalishlari qoʼyidagilar boʼlishi maqsadga muvofiqdir:
1. Kichik biznes subʼektlarini tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga talabni qoʼllab-quvvatlash va yangi bozorlarni oʼzlashtirish. Kichik biznes subʼektlari ishlab chiqargan mahsulotlarini sotish imkoniyatlarni izlab topishda koʼp hollarda muammoga duch kelishadi. Ularning mahsulotlariga talabni ragʼbatlantirish uchun quyidagi vazifalar hal etilishi zarur:

  • kichik korxonalarni taʼminotchilar zanjiriga kirishini ragʼbatlantirish;

  • kichik korxonalarning davlat xaridlari tizimidan foydalanish samaradorligini oshirish;

  • mahsulotlarni oʼtkazish va logistika infratuzilmasini yaratish;

  • kichik korxonalarning eksport faoliyatini qoʼllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish.

2. Kichik biznesni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash samaradorligini oshirish. Raqobatni rivojlantirish uchun davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibini takomillashtirish, ularni sotish mexanizmlari va tartibotlari samaradorligini oshirish, shuningdek tabiiy monopoliya subyektlari faoliyati shaffofligini oshirishga yoʼnaltirilgan amaliy chora tadbirlar:

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida davlat institutini tashkil qilish.

  • kichik biznesni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha dasturi samaradorligini oshirish.

  • kichik biznes subyektlariga nisbatan nazorat-kuzatuv faoliyati sifatini oshirish.

  • kichik biznes subyektlariga nisbatan monopoliyaga qarshi meʼyorlarni asossiz qoʼllash amaliyotini tugatish.

  • tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun mulkiy asoslarni yanada mustahkamlash.

  • kichik biznes subyektlarining axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish.

  • muhandislik-texnik ta’minot tarmoqlariga ulanish sohasida ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish.

3. Kichik biznes subyektlariga nisbatan soliq siyosatini takomillashtirishning qo‘shimcha yo‘nalishlarini aniqlash.
4. Kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi samaradorligini oshirish.
5. Kadrlar bilan ta’minlash va mehnat munosabatlarini tartibga solish tizimini takomillashtirish.


Yüklə 377,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə