Shaxs va jamiyat


o‘quv PREdmETininG o‘zlAShTiRiliShiGA



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

o‘quv PREdmETininG o‘zlAShTiRiliShiGA 
doiR TAlABlAR
1. O‘quv predmetini umumta’lim fanlari yo‘nalishi bo‘yicha 
o‘qitish natijalariga ko‘ra quyidagi talablar qo‘yiladi:
– insonning kelib chiqishidan tortib, uning asosiy fenomenlari 
sifatlarigacha bo‘lgan bilimlarni o‘zlashtirish, tushunish;
– ijtimoiy jarayonlarni hamda ularni tartibga solib turuvchi
asosiy institutsional tuzilmalarning tabiatini yetarli darajada mulohaza 
qilish va tushunish;
– sivilizatsiyalarning ijtimoiy-madaniy jarayonlar sifatidagi 
tavsiflarini lozim darajada bilish;
– sharq va g‘arb sivilizatsiyaviy umumiyliklari va farqlari hamda 
bularning ilgarigi va hozirgi jihatlarini mulohaza etish;
– mustaqil O‘zbekiston jamiyatining ijtimoiy-ma’daniy tashkil 
etuvchilari tizimidagi tub o‘zgarishlarning mohiyati, mazmuni va 
yo‘nalishlarini tushunish;
hozirgi dunyo, globalizatsiya va global muammolar hal 
etilishining shart-sharoitlari hamda shakllanayotgan axborotli-
texnologiyaviy sivilizatsiyaning asosiy konturlari to‘g‘risidagi 
bilimlarni mulohaza etish.
2. O‘quv predmetini o‘zlashtirgan talabalar quyidagilarni 
uddalashi lozim:
– ijtimoiy hodisa, jarayon yoki faktni zamonaviy ilmiy pozi-
tsiyadan turib qarab chiqish;
– ijtimoiy ma’no va mazmun kasb etgan axborotlarni tegishli 
ilmiy atama, tushunchalarda tahlil va tasnif etish hamda ularni bir 
belgi tizimi (matn, sxema, diagramma va boshqalar)dan boshqasiga 
ko‘chirish;
– ijtimoiy obyektlarning umumiy va xususiy jihatlarini qiyosiy 
farqlash hamda bularga oid bilimlarni «shaxs va jamiyat» predmeti 
tushunchalarida ifodalash;
– o‘rganilayotgan obyektlarni shaxslararo, shaxs va jamiyat
jamiyat va tabiat, har xil kichik tizimlar va hokazolar o‘rtasidagi 
aloqalarida ko‘rsatish va tushuntirish;
– shaxs, ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar va xalqaro subyektlarning 
turli sohalaridagi xatti-harakatlarini axloqiy me’yorlar, siyosiy 
demokratiya va ilmiy ratsionallik nuqtayi nazaridan baholay olish;

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə