Sintaktik aloqa ва муносабатлар



Yüklə 150 Kb.
səhifə3/20
tarix18.05.2023
ölçüsü150 Kb.
#111119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
1-20 ona tili

SB va so’z. So’z bir tushunchani ifodalaydi. Sbda esa birdan ortiq tushuncha munosabatga kirishgan holda nutqda voqelanadi. So’z asosida leksema va morfema hamda ularning birikuv qonuniyatlari yotsa, Sbga esa leksemalar hamda ularning birikuvlarini tartibga soluvchi LSQ asos bo’ladi. Aytilganidek, so’zda tushuncha, ma‘no keng va mavhum bo’ladi. So’z birikmasida esa bu kenglik va mavhumlik bir qadar barham topgan bo’ladi. Masalan: qiziq kitob birikmasida kitobning bir belgisi namoyon bo’lgan. Shu jihatdan u muayyanlik kasb etgan. Ammo bu muayyanlik nisbiy va biryoqlamadir. Chunki, masalan, uning badiiy yoki ilmiyligi hanuz mavhum va noaniqdir. Qiziq badiiy kitob birikmasida bu belgi ham muayyanlik kasb etadi. So’z birikmasida so’z boshqa so’zlarni o’ziga biriktirib kengayishi bilan ma‘noviy jihatdan torayib boradi. Demak, shakliy kengayish ma‘noviy torayishni keltirib chiqarsa (so’z birikmasida), shakliy torlik (so’zda) ma‘noviy kenglik bilan munosibdir.
SВdagi tushunchalar o’zaro munosabatga kirishar ekan, bunda ular yaxlitlanib, bir «vujud»ga aylanib ketmaydi. Ular bir-biriga qancha yaqinlashmasin, baribir o’z mustaqilliklarini saqlab qoladi. Masalan, toza havo birikmasida bir tushuncha ikkinchisiga muayyanlik kiritish uchungina xizmat qiladi, lekin, baribir, bunda ikki tushuncha mavjud.
Sodda gapda so‘zlarning birikish usullari

Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat butunlik bo’lishiga qaramasdan, yaqin yillargacha sintaktik tadqiqotlarda, asosan, gapning shakliy tomoniga e’tibor berilgan. Faqat ayrim o’rinlardagina (masalan, gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlarini belgilashda ikkinchi darajali bo’laklarning ichki tasnifida) mazmun tomoniga murojaat qilindi. Hozirgi kunda gap mazmunini o’rganuvchi mazmuniy sintaksis deyarli hamma tilshunoslar tomonidan e’tirof etilgan bo’lsa ham, ammo mazmuniy sintaksis maqomi masalasida bir xillik yo’q. Ular orasida ikki qaramaqarshi qo’nalish ajralib turadi. Birinchi yo’nalish tarafdorlari gapning zaruriy unsurlarining grammatik ma’nosiga asoslanadilar.


Bu yo’nalishda gapning xar bir tuzilish tarixning umumiy grammatik ma’nosini topishga xarakat qilinadi va tuzilish tarixining umumiy grammatik ma’nosi doirasida mazmuniy tuzilish aniqlanadi. Ularning fikriga ko’ra, mazmun grammatik shakllanmay, o’z xolicha mavjud bo’lmaydi. Shuning uchun gapning barcha sintaktik xususiyati gap mazmunining ifodachisi bo’lib xizmat qiladi.
Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari gapning nominativ minimumi uzvlarining leksik ma’nolariga asoslanadi. Bunga muvofiq, gapning mazmuniy tuzilishi tuzilish tarxlari doirasida emas, balki undan tashqarida ajratiladi. Tuzilish tarxlari va mazmuniy tuzilish bir-biri bilan kesishmaydigan yonma-yon qatorlarga teriladi.
O’zbek tilida gaplar grammatik asoslarining miqdoriga ko’ra 2 ga bo’linadi: Sodda va qo’shma: Bu shaharda tanish bilish yo’qligi Mirzayevga shu bugun bilindi. Kampirning ko’zlarini allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.
Sodda gaplar eganing ishtirok etish etmasligiga ko’ra 2 xil bo’ladi: Egasi mavjud gaplar va egasiz gaplar: Biz yangi filmni tomosha qildik – yangi filmni tomosha qildik.
Sodda gaplar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga ko’ra 2 ga bo’linadi: sodda yig’iq gap (Kamola kirib keldi), sodda yoyiq gap: (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi).
O’zbek tilida gapda so’zlar o’zaro grammatik munosabatga kirishib gap bo’laklarini hosil qiladi. Har bir gap bo’ladi boshqa gap bo’laklari bilan bo’lgan grammatik munosabatiga ko’ra belgilanadi, ya’ni har bir gap bo’lagi o’zi munosabatga kirishgan so’z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo’ladi: Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi – bu gapda so’zlar qo’yidagicha sintaktik aloqaga kirishgan: 1. Dildora gapirdi. 2. Zavqlanib gapirdi. 3. Uchrashuv haqida gapirdi. 4. Kechagi uchrashuv.
Kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimda ifodalangan ish harakatning bajaruvchisini ko’rsatadi. Kesim qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: fe’l kesim, ot kesim. Tuzilishiga ko’ra esa sodda kesim va murakkab kesimga bo’linadi.
Fe’l kesim qo’yidagi ko’rinishlarga ega:
A) sof fe’l kesim: Men maktabga boraman.
B) Ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Motor gurullab, mashina oldinga intildi.
S) Sifatdosh bilan ifodalangan kesim: It xurar – karvon o’tar.
Fe’ldan boshqa so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so’z, harakat nomi) bilan ifodalangan kesim ot kesimdir:
A) Yaxshi ro’zg’or – jannat, yomon ro’zg’or – do’zax.
B) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq.
S) Birniki – mingga, mingniki – tumanga.
D) Maqsadim – shu.
E) Sizdan umidim ko’p.
Yo) Mening g’am ulug’ niyatlarim bor.

Yüklə 150 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə