Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


INVESTITSIYA FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISHNING NORMATIV - HUQUQIY ASOSLARI



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə29/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   182
to\'plam tayyor

INVESTITSIYA FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISHNING NORMATIV - HUQUQIY ASOSLARI
Zaylobitdinova Husnida Xaliljon qizi
Farg‘ona davlvt universiteti o‘qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada investitsiya faoliyatini rivojlantirish va uni moliyalashtirishni takomillashtirish yangi bosqichga olib chiqish, bu jarayonda investitsiya faoliyatini maqsadsiz va samarasiz imtiyoz va preferensiyalar bilan rag‘batlantirish tizimidan sekin-astalik bilan voz kechish, bunga bir qator ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, ular qatorida bugungi kunga kelib iqtisodiyotda erkin tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish uchun barcha zaruriy moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlar va mexanizmning yaratilganligi tadqit etilgan.
Kalit so`zlar. investitsiya faoliyatini, rag‘batlantirish, samarasiz imtiyoz, investitsiya muhiti.
Аннотация. В данной стате рассматривается развитие инвестиционной деятелности и совершенствование ее финансирования, виведение на новий уровен, постепенний отказ от системи стимулирования инвестиционной деятелности нетселевими и неэффективними лготами и преференциями в процессе, ряд факторов, влияюших на это, среди которих на сегодняшний ден имеются все необходимие финансово-экономические условия для организатсии и развития свободной предпринимателской деятелности в экономике. изучени условия и создание механизма.
Ключевие слова. инвестиционная деятелност, стимули, неэффективние лготи, инвестиционная среда
Annotation. This article explores the development of investment activity and the improvement of its financing to a new level, in the process of slowly abandoning the system of stimulating investment activity with aimless and ineffective benefits and preferences, a number of factors affecting it, among which, to date, the creation of all the necessary financial and economic conditions and mechanism for the organization and development of free.
Keywords. investment activities, incentives, inefficient privilege, investment environment
Investitsiya faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish, birinchidan, cheklangan resurslardan samarali foydalangan holda investitsiyalarning dinamikasini ta’minlash, ikkinchidan, pul mablag‘lari tarkibi va soliq imtiyozlaridan unumli foydalanish hisobiga risk va xarajatlarni kamaytirishga asoslanishi lozim. Bu tamoyilning samarali ishlashini ta’minlash davlat tomonidan investitsiya faoliyatini amalga oshirish hamda rivojlantirish uchun qulay tizimni tashkil etishni talab etadi.
Investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya muhim ahamiyat kasb etib, bunda investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning huquqiy jihatdan tartibga solish va takomillashtirish eng muhim masalalardan hisoblanadi. Ma’lumki, mamlakat iqtisodiyotining taraqqiyoti bevosita investitsiyalar oqimiga bog‘liq. Bu borada Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotga joriy etish, mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish hamda investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Investitsiya faoliyatining samarali tashkil etilishi uning huquqiy jihatdan ta’minlanganlik darajasiga ham bog‘liqdir. O‘tgan yillar davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish uchun qulay investitsiya muhitini shakllantirish, chet el investorlari ishtirokidagi korxonalarning samarali faoliyat yuritishi uchun bir qator islohotlar amalga oshirildi.
Ammo, sohada yutuqlar bilan bir qatorda ayrim kamchiliklar ham mavjud. Xususan, amaldagi investitsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari huquqni qo‘llash amaliyotida ayrim murakkabliklarni keltirib chiqarayotgan edi. Aniqroq qilib aytganda, investitsiya faoliyati va chet el investorlari huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq aksariyat tartib-taomillar tarqoq holda bir nechta qonunlar bilan tartibga solinganligi, aksariyat qoidalarning takrorlanishi, shuningdek ayrim muhim masalalar qonun darajasida emas, balki nizom va yo‘riqnomalar bilan belgilanganligi ular o‘rtasida ba’zi nomuvofiqlik va qarama-qarshiliklarni vujudga keltirayotgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5495 sonli Farmonida belgilanganidek, investitsiya kiritish uchun eng qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan, investitsiya faoliyati sohasidagi unifikatsiya qilingan qonun hujjati loyihasini yanada takomillashtirib tez fursatda hayotga tatbiq etish zarur edi. Dastlab investitsiya sohasidagi yagona hujjat sifatida Investitsiya kodeksi konsepsiyasi ishlab chiqilib muhokamaga qo‘yildi. Keyinchalik loyiha “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun nomini oldi.
Mazkur qonun “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”, “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”, “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”, “Konsessiyalar to‘g‘risida”, “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa hujjatlarda, shuningdek bir qator qonunosti hujjatlarda mavjud bo‘lgan normalarni tizimli ravishda o‘zida mujassamlashtirdi.
Shu asosda tayyorlangan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 25 dekabr kuni imzolandi.
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun ilgari investitsiyaga oid qonun hujjatlarida mavjud bo‘lmagan yangi tartib va qoidalar bilan yanada takomillashtirildi. Xususan:
- investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari belgilandi;
- qonun hujjatlarining investor uchun noqulay o‘zgarishlariga qarshi kafolatlari yanada mustahkamlandi;
- mahalliy davlat hokimiyati organlarining investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini tartibga solish bo‘yicha vakolatlari kengaytirildi;
- “Investitsiya vizasi” va uni rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha norma kiritildi;
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasi tuzish tartibi belgilandi.
Qonunda ilk bor investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari mustahkamlab qo‘yildi. Bu esa investitsiya sohasida huquqiy tartibga solishning mazmuni va yo‘nalishlarini belgilab berdi. Mazkur prinsiplar investitsiya qilish va investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llaniladi.
Ushbu pritsiplar qatorida investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi, ularga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik kabilarni alohida ta’kidlash joiz. Bu kabi pritsiplarning qonun darajasida belgilanishi investitsiya faoliyati subyektlarining huquq va majburiyatlariga rioya etilishida muvozanatni ta’minlashga xizmat qiladi.
Ma’lumki ilgari investorlar faoliyatining kafolatlari alohida qonun bilan tartibga solinardi. Shuningdek, ushbu kafolatlar boshqa qonun va qonun osti hujjatlarida ham tarqoq holda berilgan. Bu o‘z navbatida kafolatlar to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga olgan turli normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida takrorlanish va ziddiyatlarni keltirib chiqarayotgan edi.
Investorlar uchun birinchi navbatda kafolatlanishi zarur bo‘lgan sohalarni huquqiy jihatdan tartibga solishga ehtiyoj sezilayotgan edi. Shu maqsadda, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash shartlarini yomonlashtirsa, investitsiya kiritgan sanada amalda bo‘lgan qonun hujjatlari investorlarga nisbatan o‘sha sanadan boshlab o‘n yil mobaynida qo‘llanilishi, shuningdek, ushbu kafolatlarning aynan qaysi holatlarda amal qilishi aniq belgilab qo‘yildi. Investorlar huquqlarining davlat tomonidan kafolatlashning bunday turi chet el sarmoyadorlari uchun qulay investitsiya muhitini yaratishda muhim rol o‘ynaydi.
Milliy iqtisodiyotga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmi alohida hududlar bo‘yicha taqsimlanish holati va undagi dinamik o‘zgarishlar tahlil qilinganida hududiy tafovutlar va nomutanosibliklar mavjudligini ko‘rish mumkin. Ushbu tavofutni qisqartirish esa oldimizda turgan muhim vazifalardan hisoblanadi, buning uchun mavjud tabiiy-iqtisodiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga shu orqali iqtisodiyotning hududiy tarkibini takomillashtirishga erishish mumkin. Bu ham davlatimiz tomonidan olib borilgan oqilona va samarali investitsiya siyosatining natijasidir.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə