Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə31/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   182
to\'plam tayyor

Fiskal siyosati tahlili.
Tursunov Ozodbek Badalovich
Rahimova Kizlarxon Ne’matjon qizi
FarDU sirtqi bo’lim o’qituvchilari
Akbarova Gulnoza Rasuljonovna
Omonjonov Iskandar Orifjon o’g’li
FarDU sirtqi bo’lim iqtisodiyot yo’nalishi
3-bosqich talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada o`rta muddatli fiskal siyosatning mazmuni va uni joriy qilishnining ob’yektiv zarurligi asoslangan. O`zbekistonda o`rta muddatli byudjet daromad va xarajatlarini prognozlashtirishning tashkiliyiqtisodiy asoslari tahlil qilingan.
Kalit so’z. O`rta muddatli fiskal siyosat, prognoz, rejalashtirish, byudjetni operativ boshqarish, unumdorlik printsipi, byudjetlashtirish.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashga oid tub islohotlarning o`tkazilishi davlatning iqtisodiy siyosatining samarali ijrosini ta`minlashni taqozo etadi. Bizga ma`lumki, islohotlar strategiyasi davlat iqtisodiy siyosatining keng qamrovli dastaklarini o`z ichiga oladi. Mana shunday eng muhim dastaklardan biri davlatning izchilolib borilayotgan moliyaviy siyosatidir. Moliyaviy siyosat qo`yilgan maqsadlarnihayotga tatbiq etish uchun, bajarilishi lozim bo`lgan vazifalarning ijrosini ta`minlashda asosiy o`rinni egallaydi. Moliyaviy siyosat haqida so`z yuritar ekanmiz,uning nihoyatda ko`p qirrali va murakkab kategoriya ekanligini alohida ta`kidlash lozim. Hozirgi kunga qadar moliyaviy siyosat tushunchasi borasida yagona fikr mavjud emas. Masalan, G`arb iqtisodchilari Stenli Fisher, Rudiger Dornbush va Richard Shmalenzilar moliyaviy siyosat tushunchasiga fiskal siyosat tushunchasi orqali yondashadilar. «Fiskal siyosati esa davlatning o`z daromadlari va xarajatlari bo`yichaqaror qabul qilishi bo`lib hisoblanadi», — deb ta`kidlashadi.
Amerikalik mashhur olimlar K.R.Makkonnell va S.L.Bryular taklifga yo`naltirilgan fiskal siyosatni qo`llab-quvvatlaydilar. Fiskal siyosat esa jami talabga va soliqlarni o`zgartirish orqali esa taklifga ham ta`sir ko`rsatadi. Byudjetdan transfert to`lovlari va soliq tizimi, bu olimlar fikricha, turli iqtisodiy vaziyatlarda talab qilingan muvozanatni ta`minlashi mumkin.
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish xisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat vositalari katori fiskal siyosat orqali xam erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, byudjet-solik siyosati deb ham aytiladi.
Byudjet-solik siyosati deganda noinflyatsion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to`lik bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o`sishni ta`minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turgunlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat tomonidan ragbatlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya`ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliklarni kamaytirish, yoxud ikkalasini bir vaktning o`zida olib borish evaziga xal etadi. Uzok muddatda davlat xarajatlarining yukori bo`lishi va soliklarni kamaytirish ishlab chikarish omillarining o`sishiga va natijada, iqtisodiy saloxiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul xolatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to`lik bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chikishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliklarni (T) oshirish yoki bo`lmasa ikkala tadbirni bir vaktda olib borish orkali iqtisodiyotning davriy o`sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzok muddatli davrlarda esa yukori soliklar iktisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy saloxiyatini izdan chikaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo`shimcha turtki bo`lishi mumkin.
Iqtisodchilar M.Sharifxo`jaev va A.O`lmasovlar fikricha fiskal siyosat bu davlat byudjetini to`ldirish maqsadida o`tkaziladigan chora-tadbirlar yig`indisidir. Byudjet kodeksida keltirilishicha byudjet tizimi bir necha prinsiplarga asoslanadi va ulardan biri byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarni rejalashtitrish prinsipi bolib, bunda byujet tizimi yu etla ini tuzishda byujet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz qiladi. Byudjet daromadlarini rejalashtirish byudjet tasnifiga muvofiq amalga osjiriladi. . Byujet Kodeksining 3bobida Byujet tasnifiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bo’lib , byujet tizimi byujetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi”
Fiskal siyosatni amalga oshirish natijasida daromad va xarajatlarni mutanosibligini ta`minlashga erishilish ko`zda tutilgan ekan, shuni masalani to`g`ri yo`lga qo`yish maqsadida byudjetni daromadlarini to`g`ri rejalashtirish maqsad qilib qo`yilgan. Shu munosabat bilan qabul qilingan Byudjet Kodeksida davlat byudjeti daromadlari umumiy tarza berilgan bo`lsada, Respublika va mahalliy byudjet daromadlari, jumladan viloyat, shahar va tuman byudjet daromadlari ham alohida alohida, manbalari ko`rsatilgan holda berilgan. Avvalgi “Byudjet tizimi to’g’risidagi qonun” esa daromadlar umumiy qilib berilgan edi. Xuddi shunday byudjet xarajatlari ham ushbu kodeksda har bir byudjet bo`yicha alohida keltirilgan.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə