Sportchilarni tayyorlashda yuklamaga umumiy tavsif


Bu maqsadda Polsha xotin - qizlar sprinterlarini mikrosikl variantiga nazar tashlang



Yüklə 160 Kb.
səhifə7/17
tarix19.12.2023
ölçüsü160 Kb.
#151255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Asila kurs ishi

Bu maqsadda Polsha xotin - qizlar sprinterlarini mikrosikl variantiga nazar tashlang. (GANSE materiali).

Kunlar

Tayyorgarlik davrining oxiri

Musobaqa davri


Dushanba


Gimnastik mashqlar


Gimnastik mashqlar


Seshanba


Tezkorlik


Tezkorlik


Chorshanba


Tezkor-chidamlik


Tezkor-chidamlik


Payshanba


Dam olish


Dam olish


Juma

Dam olish

Gimnastika


Shanba

Texnika

Musobaqa


Yakshanba


Texnika

Musobaqa

Mikrosikllar tuzilishini aniqlovchi shart va sharoitlarga quyidagilar kiradi.


1. Sportchilar hayotidagi umumiy rejim (o’qish va mehnat qilish faoliyatidagi) va unga bog’lik bo’lgan ishchanlik dinamikasi.


2. Mikrosikldagi yuklamani umumiy kattaligi mashg’ulotlar soni va mazmuni.
Bu omillarni ta’sir ko’rsatishi sport mutaxassisligi hamda tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi. Masalan: Mashg’ulotlarning mazmuni, ularning mikrosikldagi soni, yuklamaning xajmi, xar bir sport turida yengil atletikachilarda, gimnastlarda, suzuvchilarda, kurashchilarda, bokschilar va x.kada har xil bo’ladi. Bundan tashqari boshlovchi sportchilar va yuqori razryadli sportchilar mashg’uloti jarayonida xam shunday farqni ko’rish mumkin.
3.Mashg’ulot yuklamasi va bioritmik faktorlarga nisbatan javob berish reaksiyasining individual xususiyatlari.
Shug’ullanuvchilar organizmi bir xil xajm va shiddatdagi yuklamaga xar xil javob beradi. Bu esa ularning organizmini xar xil xususiyatlariga bog’liq. Shunga nisbatan, mashg’ulot yuklamasiga ham xar xil sportchini organizmi individual moslashish (adaptatsiya ) beradi. NS. Qucherov va boshqalarni ko’rsatishiga qaraganda mikrosikl fazalarini xaftalik bioritm fazalari bilan kelishtirish maqsadga muvofiqdir.
1. Mikrosikllar yuklamasining tuzilishi, siklning ichida o’zgarishi mumkin, % yuklama hajmi siklning yuqori ahamiyatiga qarab chang’ida balandlikdan sakrovchilarning musobaqa davridagi mikrosikldagi yuklamaning dinamikasi. 2. Mikrosikllarning tuzilishi, mashg’ulot davrlari va bos-qichlarini tuzilishiga qarab, uni qaysi (joyga qo’yish rejala-shtirladi) jarayoniga borliq. O’zini shakli va mazmuniga qarab, tayyorgarlik davrining umum tayyorgarlik bosqichidagi mikrosikl hech qachon shaxsiy musobaqa davridagi mikrosiklga o’xshamaydi, Xamma davrlar uchun ishlatiladigan universal mikrosikl xam bo’lishi mumkin emas. Mashqlar komplksini asosiy va qo’shimcha mashg’ulotlarining tartibini almashtirish, yuklama va dam olishni o’zgartirish bilan murabbiy mashg’ulot jarayonining o’sib borishini va sportchi organizmining yuqori natija ko’rsatishi uchun tayyorlab boradi.
Mikrosikllarning turlari va ularning alohida xususiyatlari.
Sport mashg’ulot jarayonida quyidagi mikrosikl turi aniq-lanadi;
- tortuvchi
- zarbdor
- yaqinlashtiruvchi
- musobaqa
- qayta tiklovchi

a) tortuvchi mikrosikllar:- katta bo’lmagan hajmdagi yukla-malardan tuzilib, sportchi organizmini shiddatli mashg’ulot-larga kiritilishiga qaratiladi. Bular fundamental davrni 1-(umumtayyorgarlik) bosqichida ishlatiladi.


b) zarbali mikrosikllar: - katta hajmdagi yuklamani shid-datli bajarishga qaratiladi, Bularni asosiy vazifasi sport-chilarning organizmi moslashish jarayoning asosiy texnik va taktik, jismoniy ahloqiy, irodaviy maxsus psixologik va integral vazifalarni yechishda yordamlashishdan iboratdir. Bularni asosiy o’rni fundamental davrni 2- maxsus tayyorgarlik bosqichi va shaxsiy musobaqa davrlarida ishlatiladi.
v) yaqinlashtiruvchi (modelli) mikrosikllar-asosiy vazifasi musobaqaga yaqinlashtirishdan iboratdir. Bularni ichki qismida kelguvchi musobaqalarni rejimi takrorlanadi. Murabbiy asosan sportchini mehnat rejimiga, uning organizmini tiklanishiga, dam olishiga, asosiy diqqatini jalb qilib, charchatmasdan musobaqaga olib chiqishi zapyp.
g) qayta tiklovchi mikrosikllar - bular bilan ko’pincha zarbali mikrosikllar seriyasi tugallanadi. Shuningdek shiddatli musobaqa faoliyatidan keyin ham (rejalashtiriladi) rivojlan-tiriladi.
d) musobaqa mikrosikllari - musobaqada qatnashish. Bu yoki u sport turining dasturiga binoan tuziladi. Mashg’ulot mikro-sikllarini tuzish uchun quyidagilarni bilish shart.
- sportchini organizmiga, har xil hajmdagi va yo’nalishdagi yuklama qanday ta’sir ko’rsatishini.
- yuklamalardan keyin organizmni qayta tiklanish dinamikasi va davom etish vaqtini.
- katta jismoniy yuklamadan keyin qayta tiklanish jarayonni tez-lashtirish maqsadida va o’rta darajadagi yuklamalarni ishlatish imkoniyati
Mikrosikllardagi yuklama va dam olishni almashtirish organizmni quyidagi 3 xil tipdagi reaksiyaga olib kelishi mumkin.
a) mashq bilan chiniqqanlikii maksimal rivojlanishiga.
b) mashg’ulotnini kam samaradorligiga yoki uni butunligicha yo’qligiga
v) sportchini holdan toyishi yoki madori furishiga.
Birinchi tipidagi reaksiya - mikrosiklga katta va anchagina yuklamali, optimal mashg’ulot soni kiritib ular o’zapo ratsional holda hamda kichik yuklamali mashg’ulotlar bilan almashtirilgan takdirda organizmni reaksiya orqali javob berishga olib keladi.
Ikkinchi tipdagi reaksiya - mikrosiklga kiritilgan mashg’ulotlar soni va ularning yuklamasi mashq bilan chiniqqanlik darajasiga kam ta’sir ko’rsatsa, uchinchi tipdagi reaksiya - mikrosiklga kiritilgan mashg’ulotlar ratsional almashtirilmagan taqdirda organizmni tez reaksiya berishiga olib keladi.

Yüklə 160 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə