Standartlashtirish asoslari


Ekspert kengash quyidagi huquqlarga ega



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə11/32
tarix10.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132752
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
Standartlashtirish asoslari

Ekspert kengash quyidagi huquqlarga ega:
Kengash a’zolari ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlarning taqdimoti bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbarining buyrug‘i (farmoyishi) bilan tayinlanadi.
Kengash a’zolari kengash ishida ishtirok etadi, kengash tomonidan qaror qabul qilishda ovoz beradi, texnik reglamentlarning loyihalari bo‘yicha tegishli takliflarni beradi.
Kengash a’zolari boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida tuziladigan kengash ishida qatnashishi mumkin.
Kengash o‘z faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Kengash raisi: kengash ishini tashkillashtiradi;
kengash majlisi bo‘ladigan sana va joyni belgilaydi;
kengash majlislarida raislik qiladi.
Kengash raisi bo‘lmagan hollarda uning vazifalarini kengash raisining o‘rinbosari bajaradi.
Kengash kotibi o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan majlislar to‘g‘risida kengashning barcha a’zolarini xabardor qiladi.
Texnik reglament loyihalari texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlariga muvofiq kengash tomonidan ishlab chiqiladi.
Kengash tuziladigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi texnik reglamentlar ishlab chiqilishi to‘g‘risidagi xabarlarni belgilangan tartibda nashr qiladi.
Kengash texnik reglamentning talablari tatbiq etiladigan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning guruhi va turlarini aniqlaydi. Mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash usullari belgilanadi.
Texnik reglamentning loyihasi kelishilishi lozim bo‘lgan tegishli tashkilotlarning ro‘yxati kengash tomonidan belgilanadi va ularga yuboriladi.
Texnik reglament loyihalari 30 kun mobaynida kelishilishi lozim.
Texnik reglament loyihasi bo‘yicha kelishilishi lozim bo‘lgan tegishli tashkilotlarda taklif va e’tirozlar mavjud bo‘lmasa, bu haqda kengashga xabar berilishi lozim.
Kengash tomonidan ishlab chiqilgan texnik reglament loyihasi bo‘yicha kelib tushgan barcha taqrizlar kotib tomonidan umumlashtiriladi va bu haqda 5 kun mobaynida ma’lumot tayyorlanadi.
Kelib tushgan taqrizlar kengash majlisida ko‘rib chiqiladi.
Taqrizlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra texnik reglamentning yakuniy loyihasi tayyorlanadi.
Texnik reglamentlar loyihalari aniq ifodalanishi, qonun hujjatlariga muvofiq kelishi, ko‘rib chiqilayotgan masalaning puxta tahlilini va xolis bahosini o‘z ichiga olgan bo‘lishi, texnik reglamentdan foydalanuvchilar oldiga aniq maqsad va vazifalarni qo‘yishi, shuningdek ularning talablarini bajarishning aniq muddatlarini belgilashi lozim.
Texnik reglament loyihasiga kengash raisi, uning o‘rinbosari va barcha a’zolari tomonidan rozilik imzosi qo‘yiladi. Rozilik imzosi qo‘yilgan loyiha belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tish uchun tayyor deb hisoblanadi.
Texnik reglamentlarning yakuniy loyihasi 3 ish kuni mobaynida belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli vakolatli davlat organiga yuboriladi.
Texnik reglamentlar loyihalarining ekspertizasi faoliyatlarining yo‘nalishlari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari huzurida tuziladigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasi tomonidan texnik reglament loyihasi belgilangan talablarga nomuvofiqligi haqida xulosa qabul qilingan taqdirda, ushbu xulosa kelib tushgan kundan boshlab 15 kun mobaynida texnik reglament loyihasi kengash tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.
Texnik reglamentning oxiriga etkazib ishlab chiqilgan loyihasi ushbu Nizomning 25 va 26-bandlariga asosan qayta ekspertizadan o‘tkazish uchun topshiriladi.
Texnik reglament loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturida o‘rnatilgan muddatlarda kengash tomonidan ishlab chiqilishi kerak.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishilgan.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə