Standartlashtirish asoslari


Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengash



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə10/32
tarix10.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132752
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Standartlashtirish asoslari

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengash
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari to‘g‘risida nizomO‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 7 yanvarda 2060-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2009 yil 11 dekabrdagi 534-sonli buyrug‘iga ilova
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009 y., 4-son, 140-modda) muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari huzurida tuziladigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarining faoliyatlarini tartibga soladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari (bundan keyingi o‘rinlarda kengash deb yuritiladi) umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalarni ishlab chiqish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun tashkil etiladi.
Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardir:
umumiy va maxsus texnik reglamentlar loyihalarini ishlab chiqish;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni bekor qilish to‘g‘risida takliflar tayyorlash.
Kengash o‘ziga yuklatilgan asosiy vazifalardan tashqari quyidagilarni amalga oshiradi:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining vakolatlari doirasida texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha ish rejalarini ishlab chiqish;
standartlashtirish bo‘yicha tarmoq va tarmoqlararo texnika qo‘mitalariga belgilangan tartibda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi reja va tadbirlar ishlab chiqishda uslubiy yordam ko‘rsatish.
Kengash o‘z faoliyati davomida texnik tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga amal qiladi.
Kengash texnik reglament loyihalarining tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan kelishilishini ta’minlaydi.
Kengash tarkibi rais, rais o‘rinbosari va a’zolardan iborat bo‘ladi. Ish yuritishni tashkillashtirish uchun kotib tayinlanadi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbarining o‘rinbosari - kengash raisi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi tarkibiy tuzilmasining rahbari - kengash raisining o‘rinbosari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi tarkibiy tuzilmasining mas’ul xodimi - kengash kotibi etib tayinlanadi.
Kengash a’zoligiga texnik reglamentlarni joriy etuvchi tashkilotlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek texnik reglamentlar qabul qilinishi munosabati bilan qayta ko‘rib chiqilishi, o‘zgartirish kiritilishi yoki bekor qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar bo‘yicha o‘zaro bog‘liq normativ hujjatlarni tasdiqlagan tashkilotlar, standartlashtirish bo‘yicha bazaviy hamda tarmoqqa oid tashkilotlar vakillari tayinlanadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə