Standartlashtirish asoslari


O‘Zbekiston Respublikasi Halqaro Xamkorlik Munosabatlarini O‘Rnatishda Butunjahon Savdo Tashkilotiga A’zo Bo‘Lishning Dolzarbligi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə18/32
tarix10.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132752
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Standartlashtirish asoslari

O‘Zbekiston Respublikasi Halqaro Xamkorlik Munosabatlarini O‘Rnatishda Butunjahon Savdo Tashkilotiga A’zo Bo‘Lishning Dolzarbligi
Mamlakatimizda mahsulot ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, kichik biznes sub’ektlari va tadbirkorlar tomonidan mahsulotlar tayyorlanishida, xizmatlar ko‘rsatilishida hamda ichki va tashqi savdo munosabatlarida tug‘ilishi mumkin bo‘lgan texnik to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik asoslarini yaratishga alohida e’tibor qilinmoqda.
Bu o‘rinda Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 10 noyabrdagi «Butunjahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo kengashni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan va Senat tomonidan joriy yilning 27 martida ma’qullangan «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi qonunni alohida qayd etish lozim. Qonun amaldagi standartlashtirish davlat tizimini takomillashtirish, xalqaro standart talablarga uyg‘unlashish, texnik jihatdan yagona qonunchilik asoslarini yaratish, tartibga solish sohasida davlat siyosatining maqsad va yo‘nalishlarini aniqlash hamda savdoda mavjud to‘siqlarni bartaraf etishni nazarda tutadi.
Bundan tashqari, ushbu qonunning ijtimoiy hayotga tatbiq etilishi hozirgi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ularni ichki va tashqi bozorga olib kirishda muayyan afzalliklarni yaratadi.
Tovarlar, kapitallar va odamlarning erkin o‘tkazish yo‘lida chegaralarni yo‘q qilish yo‘li bilan yagona global bozorning shakllantirish jarayoni savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishni talab qiladi.
Texnik me’yorlashtirishning xalqaro tajribasida alohida etibor mahsulot, ish va xizmatlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yagona, uyg‘unlashgan talablar o‘rnatilishiga berilmoqda, bu esa savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishning muhim sharti hisoblanadi.
Pirovardida Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotining “ISO” – “Barcha joyda tan olinadigan bitta standart, bitta sinov” formulasi ro‘yobga chiqarilmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston 1994 yilning iyun oyida BSTda kuzatuvchilik maqomini qo‘lga kiritgan edi. 1994 yilning dekabrida esa O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan O‘zbekistonning BSTga teng huquqli a’zosi bo‘lib kirishi to‘g‘risida ariza topshirildi. 1995 yilning yanvarida esa O‘zbekistonning BSTga qo‘shilishi bo‘yicha maxsus ishchi guruhi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasining rasmiy delegatsiyalari BSTning Singapur (1996), Jeneva (1998) va Sietl (1999) da bo‘lib o‘tgan vazirlar darajasidagi konferensiyalarda ishtirok etdilar. 1998 yilning sentyabr oyida O‘zbekiston hukumati BST Kotibiyatiga respublikaning tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi Memorandumini taqdim etdi va uning rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu yuzasidan Avstraliya, Evropa ittifoqi, YAngi zelendiya va AQSH hukumatlarining savolnomalari olindi va shunga muvofiq BST Kotibiyatiga javoblar tayinlandi.
2002 yilning 17 iyulida esa SHveysariyaning Jeneva shahrida O‘zbekistonning BSTga a’zo bo‘lib kirishi bo‘yicha majlisi bo‘lib o‘tdi. Bunda O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi Memorandumining yangi tahriri ko‘rib chiqildi. Mazkur majlis natijalari bo‘yicha bir qator mamlakatlar tomonidan Memorandum bo‘yicha yozma sharx va savolnomalar takdim etildi. O‘zbekistonning BSTga a’zo bo‘lib kirishi bo‘yicha ishchi guruhining birinchi majlisi davomida kelib tushgan savolnomalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, respublikamizga qo‘yilgan asosiy talablar a’zolikka davogar mamlakatlar qo‘yilgan umumiy talablarga to‘liq mos keladi.
BST bilan samarali faoliyat tashkil qilish maqsadida, mamlakatda BST bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya tuzildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 14 dekabridagi 520-sonli Qaroriga muvofiq uning tarkibi tasdiqlandi. Unga TIAA, Iqtisodiyot Vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qumitasi va boshqa vazirlik hamda idoralardan vakillar kiritildilar. BST bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya kotibiyati vazifasini bajarish TIAA zimmasiga yuklatildi. BSTga kirish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni tayyorlash maqsadida respublikaning vazirliklar va idoralarida ishchi guruhlar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Butunjahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi quyidagi afzalliklar bilan bevosita bog‘liqdir:
1. CHet el bozorlariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lish
2. Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘z zimmalariga olgan majburiyatlardan chekinish imkoniyatlari chegaralanganligi sababli a’zo mamlakatlar orasida nisbatan barqaror tashqi savdo muhiti qaror topadi. Bu mamlakatning tashqi savdo siyosati istiqbollarini ishlab chiqish uchun qulay bo‘lib uning barqarorligini oshiradi.
3. Butunjahon savdo tashkiloti qoidalar, subsidiyalar, demping kabi tashqi savdoning nopok vositalarini taqiqlab ulardan himoyalanish maqsadida tegishli choralar ko‘rish imkoniyatini beradi.
4. CHet el investorlariga O‘zbekiston Respublikasining Butunjahon savdo tashkilotiga a’zoligi ularning O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan o‘z mahsulotlarini to‘siqlarsiz jahon bozoriga olib chiqish va o‘z faoliyatlari uchun jahon bozoridan to‘siqsiz mahsulot, asbob-uskuna va texnologiyalarni olib kirish imkoniyatini yaratadi.
5. CHet el bozorlariga to‘siqsiz chiqish imkoniyati O‘zbekiston Respublikasi tovar va xizmatlarining eksporti hajmini oshiradi va o‘z o‘rnida iste’molchilarning jahon bozoridagi arzon tovarlarga bo‘lgan extiyojini samaralirok kondirish imkoniyatini beradi.
6. Nizolarni hal etishning samarali yo‘liga kirish. YA’ni biror bir mamlakat tomonidan Butunjahon savdo tashkiloti qoidalari buzilishi oqibatida zarar ko‘rgan holda O‘zbekiston Respublikasi bu tashkilotning nizolarini hal etish oralig‘ida nizolarni adolatli va samarali hal etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
7. Ko‘p tomonlama savdo tizimiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lish. Bu imkoniyat O‘zbekiston Respublikasining Butunjahon savdo tashkiloti doirasida o‘tkazilgan ko‘ptaraflama savdo muzokaralarida ishtirok etib o‘z manfaatlarini ifoda etish imkoniyatidan kelib chiqadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hukumati BSTga a’zo bo‘lib kirishni jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvning asosiy shakllaridan biri sifatida qarab kelmoqda va mazkur tashkilotga teng huquqli a’zo bo‘lib kirish borasida dadil qadamlar tashlanmoqda.
O‘zbekistonning BSTga a’zo bo‘lib kirishi mamlakat hukumati va olib borilayotgan iqtisodiy siyosatga jahon hamjamiyati va salohiyatli investorlar ishonchini yanada oshiradi va savdoning rivojlanishi, investitsiyalar oqimining ko‘payishi, shuningdek, tezkor iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkonini beradi. Iqtisodiyotni imkoniyat darajasida qayta qurish, tarmoqlarning qo‘shilgan qiymati yaratishi bilan bog‘liq yuksak taraqqiyot darajasini ta’minlash, BSTga a’zo mamlakatlar bozorlariga kirib borishning muhim kafolati bo‘lib hisoblanadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə