Standartlashtirish asoslari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə15/32
tarix10.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132752
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Standartlashtirish asoslari

Nazorat savollari

  1. Texnik reglamentlar qaysi me’yoriy hujjat asosida ishlab chiqiladi?

  2. Texnik reglamentlarni ishlab chikish tartibi ko‘rsating.

  3. Umumiy texnik reglamentlarni tasdiklash tartibi qanday olib boriladi.

  4. Maxsus texnik reglamentlarning tasdiklash tartibi.

  5. Texnik reglamentlarni belgilanish tartibini ko‘r




5-AMALIY MASHG‘ULOT.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA” GI TAHLIL QILISH VA MUNOZARA YURITISH
O‘zbekiston Respublikasida “Texnik jihatdan tartibga solish” to‘g‘risidagi 2009 yil 23 apreldagi qonunning qabul qilinishi jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun xalqaro tajribalarga uyg‘unlashtirilgan me’yoriy hujjatlar ishlab chiqishga sabab bo‘ldi.
“Texnik jihatdan tartibga solish” to‘g‘risidagi qonunning asosiy maqsadi mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Umuman ushbu qonun mahsulotlar, uni ishlab chiqarish jarayonlari, ishlab chiqarish, ishlatilishi, saqlanishi, tashilishi, foydalanilishi, zararsizlantirilishi va xizmatlar ko‘rsatilishini bajarilishi majburiy bo‘lishi texnik talablarni tartibga solishini belgilaydi, texnik reglament talablarini bajarilishi yuzasidan davlat nazorati va tekshiruvini, hamda tartibga solishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi va ushbu borada yagona texnik siyosat olib borilishiga yunaltirilgan.
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari inson hayoti, sog‘ligi va davlat mol-mulkining xavfsizligini, atrof-muxitning muxofaza qilishi, shuningdek resurslardan oqilona foydalanilishini, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishni ta’minlashdan iboratdir.
Qonunda belgilangan vazifalarni bajarish hamda kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish uchun texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi tuzilgan va u qo‘yidagilardan tashkil topgan:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari:
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi;
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida o‘z vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari.
Qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi, Texnik jihatdan tartibga solish sohasida o‘z vakolatlari doirasida ish olib boradilar.
Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi 2- rasmda keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlarning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;
texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlaydi;
umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi va boshqalar.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan takliflar kiritadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqishga doir faoliyatini o‘z vakolati doirasida muvofiqlashtiradi hamda tashkil etadi;
umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasini tuzadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni o‘z vakolati doirasida ekspertizadan o‘tkazadi;
o‘z vakolati doirasida: xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan o‘z vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida o‘z vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning xavfsizligiga doir, ularda inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lgan moddalar, kasallik tug‘diruvchi organizmlarning mavjudligi, kasallik tashuvchilarning kirib kelishi yoki tarqalishining oldini olish, tibbiyot uchun mo‘ljallangan buyumlar, tibbiy texnika va dori vositalarini ishlab chiqarish hamda qo‘llash bo‘yicha majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi shaharsozlik faoliyatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tabiiy resurslardan foydalanishda hamda atrof muhitni ifloslanish va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari o‘z vakolati doirasida:
texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari va umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash yuzasidan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga takliflar kiritadi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi hamda ularni ekspertizadan o‘tkazadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarini tuzadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ekspertizadan o‘tkazadi;
umumiy texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi va h.k.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari yuzasidan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga takliflar kiritadi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarini tuzadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirishda ishtirok etadi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalarni ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari huzurida tuziladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalarni ishlab chiqish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari huzurida tuziladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarining faoliyati O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan hamda o‘z vakolatlari doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan shakllantiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi umumiy va maxsus texnik reglamentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari, davlat boshqaruvi organlari o‘zlari tasdiqlagan maxsus texnik reglamentlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirish va yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Amaldagi, ishlab chiqilayotgan va qabul qilingan texnik reglamentlar to‘g‘risidagi axborot yuridik va jismoniy shaxslar erkin foydalana oladigan bo‘lishi kerak. Davlat sirlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar tarqatilmasligi kerak.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi yuridik va jismoniy shaxslarning so‘rovlariga ko‘ra:
amaldagi, ishlab chiqilayotgan va qabul qilingan texnik reglamentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash tartib-taomili to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi xalqaro tashkilotlarga a’zoligi va xalqaro shartnomalardagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
ishlab chiqilayotgan, qabul qilingan texnik reglamentlarni va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarni e’lon qilishning rasmiy manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Qabul qilingan konunga munofiq O‘zbekiston Respublikasida umumiy va maxsus texnik reglamentlar qo‘llaniladi. Umumiy texnik reglamentlar maxsulot, xizmatlar va jarayonlar guruhlariga majburiy talablarni belgilab, O‘zbekiston Ruspublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadi, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi va mazkur reglamentlarni bekor qiladi.
Maxsus texnik reglamentlar alohida maxsulot, xizmatlar va jarayonlar turlariga majburiy talablarni belgilab, vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
Umumiy va maxsus texnik reglamentlar o‘rnatilgan tartibda, tuzilgan ekspert kengashlari tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilangan tartibda ekspert komissiyalari tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi.
Barcha umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqish Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə