Standartlashtirish asoslari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə21/32
tarix10.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132752
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Standartlashtirish asoslari

Nazorat savollari
1. “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tekshiruvi to‘g‘risida” Qonunining tahlili.
2. “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tekshiruvi to‘g‘risida” Qonunining maqsadi.

9 -AMALIY MASHG‘ULOTI.
ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA” GI QONUNINI TAHLIL QILISH VA MUNOZARA YURITISH
Qonun iste’molchining - shaxsiy iste’mol yoki foyda ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lmagan, xususiy xo‘jalikda foydalanish maqsadida mol, ish yoki xizmatni sotib oluvchi, buyurtiruvchi yoki buyurtma berishni niyat qilgan fuqaro (jismoniy shaxs) ning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Iste’molchi huquqlarini buzganlik uchun qonunga muvofiq xaridga chiqarish uchun mol tayyorlovchi, ishlab chiqaruvchi, ishni bajaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi, sotuvchi javobgarlikka tortiladi.
Iste’molchi mol (ish, xizmatlar) to‘g‘risida, shuningdek tayyorlovchi (bajaruvchi, sotuvchi) to‘g‘risida ishonchli va to‘liq. ma’lumot olish .huquqiga ega.
Qonun tayyorlovchi (bajaruvchi, sotuvchilar) tomonidan iste’molchiga beriladigan zarur ma’lumot hajmini belgilaydi. Bunda tayyorlovchi to‘g‘risida ham, taklif etilgan mol (xizmatlar) to‘g‘risida ham to‘liq axborot berish ko‘zda tutilgan. Zarur axborotning yo‘qligi yoki ishonchsiz ma’lumot berganligi uchun javobgarlik belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” qonuniga muvofiq va iste’molchilarni iste’mol mollari to‘g‘risida davlat tilida ishonchli axborot bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 5 dekabr 2002 y. № 427 “O‘zbekiston Respublikasiga iste’mol mollarini kiritishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida” qaror qabul kilingan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin muomalaga chiqariladigan, import qilingan iste’mol mollarining alohida turlarini davlat tilida majburiy tamg‘alash ko‘zda tutilgan. Import qilinadigan istemol mollarini tamg‘alash tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlangan. Bu Nizomda tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar va importchilarning majburiyatlari belgilangan.
Qonunda iste’molchining sovdo-sotiq va boshqa xizmat turlari sohasida shartnoma tuzish va sotib olinadigan mol (ish, xizmatlar) sifatini tekshirish huquqi belgilangan. Bunda iste’molchining shartnoma tuzish yo‘li bilan mol (ish, xizmatlar) ni erkin sotib olish huquqi ko‘zda tutilgan. Bu shartnoma bo‘yicha sotuvchi (tayyorlovchi, bajaruvchi) iste’molchiga uning mulki sifatida molni ma’lum miqdorda va zarur sifatli qilib berish majburiyatini oladi, iste’molchi esa shartnomada kelishilgan miqdordagi pulni to‘lash majburiyatini oladi.
Qonunda iste’molchining sotib oladigan molining sifatini, butligini, massasini va bahosini tekshirish huquqi va bu huquqlardan foydalanish uchun sharoitlar yaratib berishga oid sotuvchining majburiyatlari ko‘zda tutilgan.
Qonunda iste’molchining molning xizmat muddati yoki yaroqlilik muddati davomida xavfsizligi kafolatlangan holda sotib olish huquqi belgilangan.
Iste’molchilarning hayoti, sog‘ligi, mulkiga va atrof muhitga xavfli mol chiqarilgani uchun quyidagilar javobgar bo‘ladi:
– tayyorlovchi (bajaruvchi);
– me’yoriy hujjatni tasdiqlagan idora;
– muvofiqlik sertifikatini bergan idora;
– xavfli molni chiqarishga yoki xarid qilishga ruxsat bergan sog‘liqni saqlash, tabiatni muhofaza kilish, veterinariya xizmatlari va boshqa idoralar.
Qonunda, shuningdek molning butun hayotiy faoliyati davrida xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tayyorlovchi (sotuvchi) ning javobgarligi shu jumladan iste’molchiga ko‘rilgan zararni to‘lashi belgilangan.
Inson hayoti, sog‘ligi va mulki uchun xavfli kamchiliklari bo‘lgan mol (ish, xizmatlar), shuningdek tayyorlovchi (bajaruvchi, sotuvchi) ning nohuquqiy xatti-harakati (faoliyatsizligi) tufayli ko‘rilgan moddiy ziyonlarni ma’naviy zararni to‘liq, hajmda to‘lash ko‘zda tutilgan.
Qonunda iste’molchiga kamchiliklari bor bo‘lgan molni sotganda, bu kamchilik tufayli ko‘rilgan zararga mulkiy javobgarlik, ma’naviy zararni sud orqali to‘latish tartibi belgilangan.
Qonunda belgilanganidek, davlat iste’molchilarning huquqlarini va mol sotib olishda va moldan foydalanishda qonun bo‘yicha himoyalanadigan manfaatlarini kafolatlaydi, iste’molchilarning huquqlarini davlat tomonidan himoyalanishini davlat xokimiyati va boshqarmasining idoralari va sudlar ta’minlaydi. Bunda davlat hokimiyati va boshqarmasining idoralari o‘zlarining vakolatlari doirasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonunlarning bajarilishini tekshiradi.
Mollar (ishlar, xizmatlar) ning xavfsizligini va sifatini tekshiruvchi davlat boshqaruv idoralarining vakolatlari va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi konunni buzganligi uchun tayyorlovchilarning moddiy javobgarligi ko‘zda tutilgan. Moddiy javobgarlik davlat boshqarmasining vakolatli idoralari tomonidan jarima solishdan iborat bo‘ladi.
Qonun iste’molchilarning o‘z huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘ngilli jamoat birlashmalarini tuzish huquqlarini belgilaydi.
Qonun qabul qilingan paytdan boshlab tashabbuskor guruhlar va mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan joylarda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tuzila boshladi. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” Qonunni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 28 noyabr 2002 y. №414 “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishda jamoatchilikning ishtirokini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul kilindi. Qarorda Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasini tuzish va iste’molchilarning huquqlarini himoya kilish jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi maqullangan. Hukumat qarori bilan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Mahkamalararo kengash tashkil etilgan va uning nizomi tasdiqlangan. Mahkamalararo kengash tarkibiga davlat boshqaruv idoralari, vazirliklar, mahkamalar, respublikada iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 16 vakili kiritilgan.
Mahkamalararo kengashning asosiy vazifalari quyidagicha belgilangan:
– O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” Qonunini amalga oshirish bo‘yicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari va mahkamalar, respublikada iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
– Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlarning qo‘llanilish samarasini tahlil qilish;
– Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni amalga oshirish mexanizmini yaratish va takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish va ularni bajarishda qatnashish;
– Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida qo‘shma harakatlarni ishlab chiqish maqsadida boshqa davlatlarning davlat va jamoat tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va ularni kengaytirishga ko‘maklashish sohasida manfaatdor xalqaro hukumat va nohukumat tashkilotlar bilan muloqatlarni ta’minlash;
– Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha jamoat fikrini o‘rganishni tashkillashtirish;
– Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilayotganligi to‘g‘risida respublika aholisini ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilish.
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” Qonun nizomlarini va hukumat qarorlariga muvofiq yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Mahkamalararo kengashga keng huquqlar berilgan.
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida jamoat birlashmalarining harakat faoliyatlariga iqtisodiy va tashkiliy sharoitlarni ta’minlash, kafolatlash va rag‘batlantirish maqsadida Hukumat qarori bilan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi huzurida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyat harakatini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi (fondi) tuzilgan.
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlarining o‘zaro munosabatlari mahkamalararo va mahkamalar me’yoriy hujjatlarida yoritiladi. O‘zstandart Agentligi agentlik tashkilotlarining iste’molchilar jamiyati bilan o‘zaro hamkorlik kilishi tartibi to‘g‘risida rahbariy hujjat qabul qilgan.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə