Davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari



Yüklə 292,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix16.01.2023
ölçüsü292,8 Kb.
#98671
  1   2   3   4   5
10-mavzu



10-mavzu: STANDARTLASHTIRISH BO’YICHA TEXNIK 
QO’MITALAR FAOLIYATI 
Reja: 
1.1
 
Davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari 
1.2
 
Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar 
1.3 
Standartdashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar 
O„zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to„g„risida” Qonunida 
ko„rsatilishicha, O„zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo„yicha ishlarni 
olib borish tashkiliy-texnikaviy qoidalarini belgilovchi standartlashtirish davlat 
tizimi (O„z SDT) amalda qo„llaniladi. O„zbekiston Respublikasi standartlashtirish 
davlat tizimining asosiy tamoyillari Vazirlar Mahkamasining 2 mart 1992 y. № 93 
“O„zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo„yicha ishlarni tashkillashtirish 
to„g„risida” gi qarori bilan belgilangan. 
“Standartlashtirish 
to„g„risida” 
Qonunga 
muvofiq 
respublikada 
standartlashtirish bo„yicha ishlarni tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va 
ta‟minlashni quyidagilar bajaradi: 
– xalq xo„jaligi tarmoqlarida - O„zstandart Agentligi; 
– qurilish, qurilish industriyasi, shu jumladan loyihalash va konstruksiyasini 
tuzish sohasida – Davlatarxitekturaqurilish; 
– tabiiy boyliklardan foydalanishni tartibga solish va atrof muhitni 
ifloslanish va boshqa zararli ta‟sirlardan muhofazalash – Tabiatni muhofaza qilish 
davlat qo„mitasi; 
– tibbiyotga mo„ljallangan mahsulot, tibbiyot texnikasi buyumlari, dori-
darmon vositalari sohasida, shuningdek respublika sanoatida ishlab chiqariladigan 
va import bo„yicha yetkazib beriladigan mahsulotda inson uchun zararli 
moddalarning borligini aniqlash bo„yicha masalalarda - Sog„liqni saqlash vazirligi; 
– davlat va xo„jalik boshqaruvi idoralari o„zlarining vakolatlari doirasida 
standartlar va texnik shartlar (keyinchalik – standartlar), shuningdek 
“Standartlashtirish to„g„risida” Qonunni qo„llanish bo„yicha yo„riqnomalar va 
tushuntirishlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi, chop etadi. 
O„zstandart Agentligiga Qonun bo„yicha, respublikada standartlashtirsh 
ishlarini olib borish umumiy qoidalarini o„rnatish bilan bir qatorda manfaatdor 
tomonlarning davlat va xo„jalik boshqaruv idoralari bilan hamkorlik qilish 
shakllari va metodlarini aniqlash vazifasi ham yuklatilgan. 
“Standartlashtirish to„g„risida” Qonunda belgilanishicha, standartni 
tasdiqlagan idoralar standartlarning axborot-tarmoq jamg„armalarini yaratadi va 
olib boradi, manfaatdor iste‟molchilarni xalqaro (davlatlararo, hududiy) 
standartlar, O„zbekiston Respublikasining standartlari, xorijiy mamlakatlarning 
milliy standartlari, shuningdek standartlashtirish sohasida xalqaro shartnomalar, 
texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborot davlat tasniflagichi, standartlashtirish bo„yicha 


qoidalar, meyorlar va tavsiyalar to„g„risida axborotlar bilan ta‟minlaydi. 
Standartlarni nashr etish va qayta chop etishni ularni tasdiqlagan idora bajaradi. 
O„zstandart Agentligi respublikada standartlashtirish ishlarini tashkillashtirish, 
muvofiqlashtirish va ta‟minlash uchun mahsulotni standartlashtirish, metrologiya, 
sinash va sertifikatashtirish masalalarida davlat boshqaruv idoralarini, tegishli 
vazirliklar, mahkamalar, assotsiatsiyalar, konsernlar, korxonalar, tashkilotlar, 
jamoa birlashmalarini jalb etish huquqiga ega. 
O„z SDT (O‟z DSt 1.0:1998) ning asosiy qoidalarida belgilanishicha, davlat 
va xo„jalik boshqaruv idoralari o„z vakolatlari doirasida va O„zstandart Agentligi 
bilan kelishilgan holda standartlashtirish bo„yicha ishlarda qatnashadi, O„z SDT 
doirasida standartlashtirish tarmoq tizimlarini ishlab chiqishi va tasdiqlashi 
mumkin. 
Iqtisodiyot tarmoqlarida va faoliyatning boshqa sohalarida standartlashtirish 
bo„yicha ishlarni tashkillashtirish, rejalash va muvofiqlashtirish uchun xos 
boshqaruv idoralari standartlashtirish bo„linmalarini (xizmatlarini) yaratadi va 
(yoki) standartlashtirish bo„yicha tayanch tashkilotlarni tayinlaydi.
Davlat va xo„jalik boshqaruv idoralari davlat va tarmoq standartlashtirish 
dasturlari bo„yicha standartlashtirish ishlarini olib boradi. 

Yüklə 292,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə