Davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari


Korxonalarda standartlashtirish xizmatlari



Yüklə 292,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix16.01.2023
ölçüsü292,8 Kb.
#98671
1   2   3   4   5
10-mavzu

Korxonalarda standartlashtirish xizmatlari
Standartlashtirishning asosiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda va amaldagi 
qonunlarning talablarining bajarilishini ta‟minlash uchun tadbirkorlik subyektlari 
standartlashtirish bo„limlarini (xizmatlarini) tashkil etadi. Bu bo„limlar 
standartlashtirish bo„yicha ishlarga tashkiliy-metodik va ilmiy-texnik rahbarlik 
qiladi, standartlashtirish bo„yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik va 
boshqa ishlarni bajaradi, korxonaning boshqa bo„limlari olib borayotgan 
standartlashtirish buyicha ishlarni bajarishda qatnashadi. 
Standartlashtirish bo„yicha ishlarni tashkillashtirishda siyosatning birliligini 
va bir xil yondoshishni ta‟minlash maqsadlarida O„z RH 51-051-96 “Korxonalarda 
(tashkilotlarda) standartlashtirish xizmatlari to„g„risida namunaviy nizom” 
tasdiqlangan. Bu Nizomda mulkdorlik shaklidan qat‟iy nazar korxonalar va 
tashkilotlar standartlashtirish xizmatlarining umumiy nizomlari, asosiy vazifalari 
va huquqlari o„rnatilgan. 
Standartlashtirish xizmatlari tadbirkorlik subyektlari (bo„limlar, shu‟balar, 


guruhlar) ning bo„limlaridan iborat bo„ladi. Kichik korxonalarda muhandis-texnik 
xodimlar sonining kamligi sababli mahsus bo„lim tuzishga imkon bo„lmaganda, 
standartlashtirish bo„yicha ishlarga mas‟ullik muhandis-texnik xodimlarning biriga 
yuklatiladi. 
Standartlashtirish xizmatlariga quyidagi vazifalar yuklatiladi; 
– korxonaning meyoriy hujjatlar tizimini tuzish buyicha ishlar majmuini 
bajarish; 
– standartlashtirishning istiqbolli va yillik rejalari (dasturlari) ga oid 
takliflarni, zarur bo„lganda, boshqa bo„limlar bilan birgalikda ishlab chiqish; 
– ilmiy-texnikaviy dasturlarga mahsulotning texnik darajasi va sifat 
ko„rsatkichlarini oshirish istiqbollarini aniqlash qismida qatnashish va takliflar 
tayyorlash, shuningdek mahsulotga istiqbolli talablarni belgilovchi meyoriy 
hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish; 
– meyoriy hujjatlarning loyihalari bo„yicha fikr-mulohazalarni tayyorlashni 
tashkillashtirish; 
– korxonaning iqtisod xizmati bilan birgalikda standartlashtirishning texnik-
iqtisodiy samarasini aniqlash; 
– davlat nazorat idoralari tomonidan o„tkazilayotgan meyoriy hujjatlarga 
rioya qilinayotganligini tekshirishlarda qatnashish; 
– ilmiy-texnikaviy, tajriba-konstruktorlik ishlarida va mahsulotni ishlab 
chiqarishga qo„yish jarayonida xavfsizlik, boyliklarni tejash, atrof muhitni 
muhofazalash, o„zaro almashinuvchanlik va mos keluvchanlik talablarini hisobga 
olgan holda jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot chiqarishni ta‟minlovchi 
ko„rsatkichlarning o„rnatilishini ta‟minlash; 
– MH ni joriy etish va rioya qilishni tashkiliy-metodik jihatdan ta‟minlash; 
– xalqaro, davlatlararo, hududiy standartlashtirish, standartlashtirish 
sohasida ikki tomonlama hamkorlik, shuningdek xalqaro standartlarni va chet 
mamlakatlarning milliy (firmalarning) standartlarini qo„llanish bo„yicha ishlarni 
bajarish. 
Bundan 
tashqari, 
standartlashtirish 
xizmatlariga 
majburiy 
sertifikatlashtirilishi 
lozim 
bo„lgan, 
chiqarilayotgan 
mahsulotning 
sertifikatlashtirilishini ta‟minlash bo„yicha vazifalar ham yuklatilishi mumkin. 
Korxonalarda standartlashtirish bo„yicha olib borilayotgan ishlar asosiy 
ishlar turiga kiradi. 
Jahon amaliyoti korxonalarda mavjud bo„lgan o„qitilgan va tajribali 
mutaxassislar bilan jamlangan standartlashtirish xizmatlarining iqtisodiy maqsadga 
muvofiqligini tasdiqlaydi. 

Yüklə 292,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə