Davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari


Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar



Yüklə 292,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix16.01.2023
ölçüsü292,8 Kb.
#98671
1   2   3   4   5
10-mavzu

1.2 Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar 
 
Bir turdagi mahsulot va tarmoqlararo foydalaniladigan mahsulot uchun 
meyoriy hujjatlarni yaratish bo„yicha faoliyat ishchi idoralar – standartlashtirish 
bo„yicha texnik qo„mitalar (TQ) tomonidan olib boriladi. Bunday amaliyot xalqaro 
tashkilotlar ishida qo„llaniladi. Jumladan, ISO o„z vazifalarini 200 dan ortiq TQ, 
2000 yordamchi qo„mitalar va ishchi guruhlar orqali bajaradi. Xalqaro 
elektrotexnik qo„mita (MEK) ham 100 ga yaqin TQ, 1000 dan ortiq yordamchi 
qo„mita va ishchi guruhlar tuzgan. Mazkur turdagi mahsulotni ishlab chiqarishda 
yetakchi bo„lgan har bir mamlakat – xalqaro tashkilot a‟zosi TQ ni boshqaradi. 
Xalqaro tashkilotlarning texnik qo„mitalari har yili o„rtacha 500-800 nomli 
standartlarni, qo„llanmalarni, qoida va meyorlarni ishlab chiqadi. 
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo„yicha Davlatlararo 
kengash qatnashchi-mamlakat boshqaradigan davlatlararo texnik qo„mitalar 
tuzgan. Ipak va paxta bo„yicha TQ ni O„zbekiston olib boradi. 
Xalqaro va davlatlararo texnik qo„mitalarni bunday olib borish amaliyoti 
davlatlarning savdo-iqtisodiy o„zaro hamkorligidagi savdo va texnik to„siqlarni 
bartaraf etishga ko„maklashadi. 
Vazirlar Mahkamasining 3 oktabr 2002 y. № 342 qaroriga muvofiq, 
O„zstandart Agentligining asosiy vazifalaridan biri sifatida bir turdagi mahsulot 
standartlarini ishlab chiqish bo„yicha tarmoq tuzilmalarini tashkillashtirishga 
ko„maklashish, ularning faoliyati ustidan ilmiy-metodik rahbarlikni ta‟minlash va 
tekshirish vazifasi yuklatilgan O„zstandart Agentligiga iqtisodiyot tarmoqlari bilan 
birga standartlashtirish bo„yicha TQ ni belgilangan tartibda shakllantirishda 
qatnashish vazifasi qo„yilgan. 


O‟z RH 51-013:1993 “O„z SDT. Standartlashtirish bo„yicha texnik qo„mita 
to„g„risida namunaviy nizom” da standartlashtirish bo„yicha TQ ning umumiy 
qoidalari, asosiy vazifalari, shuningdek ularning tuzilmasi va tarkibi belgilangan. 
TQ manfaatdor tomonlarning mutaxassislari-vakolatlangan vakiliridan iborat 
bo„lib, mahsulotning ma‟lum turlari, texnologiyalar va standartlashtirishning 
boshqa obyektlari bo„yicha ixtisoslashtirilgan va davlat hamda mahsulot 
(xizmatlar) iste‟molchilari (buyurtmachilari)ning manfaatlarida davlat, tarmoq, 
davlatlararo va xalqaro standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
sohasida ishlarni olib borish uchun eng yuqori ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega 
tashkilotlar asosida tuziladi. 
Mahsulotning asosiy iste‟molchilari (buyurtmachilari) – korxonalar, 
mahsulotni ishlab chiquvchi va tayyorlovchilar – korxonalar, jamoat birlashmalari, 
davlat nazorati idoralari va manfaatdor boshqa korxonalar TQ ga a‟zo bo„lishlari 
mumkin. Bunda TQ tarkibiga asosiy iste‟molchi (buyurtmachi), O„zstandart 
Agentligi, 
Davlatarxitekturaqurilish, 
Davtabiatqo„mita 
va 
O„zbekiston 
Respublikasining sog„liqni saqlash vazirligi (biriktirilgan faoliyat sohalari 
bo„yicha) vakillarining kirishi majburiydir. 
TQ ni rais boshqaradi. Rais tashkilotlar, korxonalarning rahbarlari yoki 
ularning 
muovinlari, 
Bosh 
konstruktorlar, 
bosh 
texnologlar, 
tashkilot 
bo„linmalarining rahbarlari, TQ tarkibiga kirgan yetakchi olimlar va mutaxassislar 
ichidan saylanadi. TQ raisining muovinlari etib asosiy iste‟molchi va O„zstandart 
Agentligi (davlatarxitekturaqurilish, Sog„liqni saqlash vazirligi, Tabiatni muhofaza 
qilish davlat qo„mitasining vakolatlari doirasida) vakillari tayinlanadi. 
TQ o„z faoliyatida O„zbekiston Respublikasi hududida amaldagi 
standartlashtirish bo„yicha meyoriy-huquqiy hujjatlarga tayanadi va quyidagi
vazifalarni bajaradi: 
davlatlararo, davlat va tarmoq yangi standartlarini ishlab chiqadi, qayta 
ko„rib chiqadi yoki amaldagilariga o„zgartirishlar kiritadi; 
– standartlashtirish bo„yicha xalqaro va hududiy tashkilotlarning TQ ning 
ishlarida qatnashadi; 
– davlatlararo, davlat va tarmoq standartlashtirish dasturlariga takliflarni 
ishlab chiqadi; 
– standartlashtirish bo„yicha xalqaro, davlatlararo, hududiy tashkilotlarda 
ovoz berish uchun O„zbekiston fikrini tayyorlaydi; 
– barcha darajalardagi meyoriy hujjatlarning ilmiy-texnikaviy ekspertizasini 
bajaradi. 
TQ ta‟sis etuvchilar-korxonalarning birgalikdagi buyrug„i, shuningdek 
O„zstandart Agentligi, Davtabiatqo„mita, Davarxitekturaqurilishqo„m, O„zbekiston 
Respublikasining sog„liqni saqlash vazirligi (biriktirilgan faoliyat sohalari 
bo„yicha) buyrug„i bilan tuziladi. 
TQ ning faoliyat sohasi juda keng bo„lib, tarmoq va davlat 
standarlashtirishdan boshlab, xalqaro va davlatlararo standartlashtirishgacha 
boradi. 
TQ tarkibida yordamchi qo„mitalar (YOQ) va ishchi guruhlar (IG) tuzilishi 
mumkin. 


TQ ning standartlashtirish bo„yicha faoliyatini takomillashtirish va 
vakolatlarini kengaytirish uchun belgilanganki, TQ faoliyati natijalari bo„yicha 
qabul qilingan bayonnoma qarori hujjat (loyiha) ning TQ ga a‟zo barcha 
tashkilotlar bilan kelishilganligini tasdiqlaydi. 

Yüklə 292,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə